OAV: Si Tszinьpin Donalьd Tramp bilan muzokaralar oʻtkazdi
Xitoy raisi Si Tszinьpin Amerika prezidenti Donalьd Tramp bilan oʻtkazgan telefon orqali muloqotida Vashington bilan savdo va investitsiyalar sohasida hamkorlik qilish istagini bildirdi. U, shuningdek, AQShning “yagona Xitoy” siyosatiga sodiqligini yuqori baholagan. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi xabar qilmoqda.
“Biz Amerika tomoni bilan savdo, investitsiya, energetika, infratuzilmalar qurilishi sohalarida oʻzaro foydali hamkorlikni mustahkamlash hamda mintaqaviy va xalqaro masalalar boʻyicha aloqalarni kuchaytirish va muvofiqlashtirishga, birgalikda xalqaro tinchlik va barqarorlikni qoʻllab-quvvatlashga tayyormiz”,- degan Si Tszinьpin.
Xitoy televideniyesiga koʻra, Donalьd Tramp “yagona Xitoy siyosati” oʻtkazilishining muhimligini eʼtirof etgan holda, AQSh hukumati bu qoidaga qatʼiy amal qilishiga vaʼda bergan. XXR raisi, oʻz navbatida, Trampning bu bayonotini yuksak qadrlashini aytar ekan, ayni shu jihat Xitoy-Amerika munosabatlarining siyosiy poydevori ekanini taʼkidlagan.
Ikki davlat rahbarlari qalin aloqani saqlab qolishga hamda tez orada shaxsan uchrashishlariga umid bildirishgan.