Xoxom Dov Lior: G’azoni er bilan yakson qiling

336
0

ввIsroilning G’azoga qilgan hujumi ortidan o’lganlar soni ortib borar ekan, isroillik bir xoxom Falastinliklarni bitta qoldirmay qirib tashlab, G’azoni dunyo xaritasidan o’chirib tashlashni talab qildi.

Xoxom Dov Lior Isroil armiyasidan Falastinliklarni qirib tashlashni talab qilar ekan Tavrot mana shunga buyurishini ta’kidlab, “Tavrot bizga janglarda qanday ish yuritishimizni o’rgatadi”, dedi.

“Koshki, butun falastinliklarni o’ldirishsa va G’azo tamoman yo’q qilinsa edi”, deya qo’shimcha qildi Isroil armiyasi oqizgan qonlarga to’ymagan Lior

Isroil axborot agentliklariga intervyu bergan xoxom Lior “Qassam” guruhi G’azodan chiqqanligini tilga olib, shu bois isroilliklar uchun g’azoliklarning qoni muboh ekanligini bildirdi.

“Bu jangchilar G’azo xalqining ichidan chiqqan bo’lsa, demak butun G’azo biz uchun dushmandir. Ularning har birini o’ldirishimiz kerak. “Qassam” guruhi bilan urush holatida bo’lganligimiz uchun G’azo xalqining elektrini uzib qo’yish, ularga turli zulmlar o’tkazish va hujumlar qilish mubohdir. Ular shunga loyiq”, dedi Dov Loir.

Bu xoxom Isroil mudofaa vazirini harbiylarga qat’iy buyruq berishga chaqirdi. Xoxomga ko’ra G’azodagi yosh bolalar va ayollarni ham bitta qoldirmay qirib tashlash kerak.

“Isroil mudofaa vaziri armiyaga buyruq berishi lozim. G’azoni er bilan yakson qilishlari shart. Chunki agar bu xalq yo’q qilib tashlanmasa harbiylarimizning “Qassam” guruhi borasida shikoyatlari aslo bitmaydi”, dedi u.

Bundan avval Isroil parlamentidagi ayol deputat Aelet Shaked ham Falastinlik muslima onalarni o’ldirishlikka chaqirgan edi. Alloh Taolo o’zining kitobida bu sarkash yahudiylarni sifatlab naqadar rost so’zladi:

 قَدْ بَدَتْ الْبَغْضَاءُ مِنْ أَفْوَاهِهِمْ وَمَا تُخْفِي صُدُورُهُمْ أَكْبَرُ

“Ularning sizlarni yomon ko’rishlari og’izlaridan oshkor bo’ldi. Dillaridagi adovatlari esa yanada kattaroqdir”.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.