Qirgʻizistonda “oʻlimga chorlovchi” oʻyin vahimasi

870
0

Qirgʻizistonda “oʻlimga chorlovchi” oʻyin vahimasi

Qirgʻizistonda “oʻlimga chorlovchi” oʻyin haqida juda kuchli vahima koʻtarilib boryapti. Lekin shu kungacha bu oʻyin kasofatidan birorta bola halok boʻlgani haqida malumot tasdiqlangani yoʻq. Bu haqida oʻspirinlar ustida ish olib borish inspektsiya boshqarmasining yetakchisi maʼlum qildi.

“Qirgʻizistonda, shu kungacha birorta oʻspirin shu oʻyin kasofatidan halok boʻlganligi haqida bir dona ham dalilli fakt yoʻq”, dedi IIMning oʻspirinlar ustida ish olib borish inspektsiyasining sobiq rahbari Azamat Abdurahmanov, “kloop.kg” bilan eksklyuziv suhbati vaqtida.

4 fevralь kuni “Sentyabr” telekanali orqali, Ilьich Kulnazarovning feysbuk sahifasida yozgan “Sыrduu jүktүn tolkunun toktotkon – “Siniy kit je ya v igre” oyundarы” maqolasi oʻqib eshittirildi. Makolada yozilishicha “qonli oʻyin” vahimasi, 16 yanvar kuni Dacha-suu qishlogʻiga qulab tushgan samolyot ichidagi qimmatbaho yuklar kimga oid ekanligini aniqlash haqida kuchayib borayotgan harakatlardan chalgʻitish maqsadida, atayin oʻylab topilgan.

Turkiston:

Shu kunlarda Bishkek va uning atrof rayonlaridaga maktablarda, oʻquvchilarni tintuv qilish va choʻntak telefonlarini tekshirish ishlari kuchayib boryapti. Organ xodimlarining bu hatti-harakatlari, oshkora, vahimali va shov-shuv bilan olib borilayotgani haqida xabarlar mavjud. Bundan tashqari bu tintuvlar va shaxsiy telefonlarni tekshirish amaliyotlari tegishli hujjatlarsiz yoki sud sanktsiyasi boʻlmagan holda konunga zid ravishda olib borilyapti. Ota-onalar va jamoatchilik ikki guruhga boʻlinib qolishdi. Yaʼni baʼzilari bu harakatlarni maʼqullasa, qolganlari bu chora-tadbirlarga qarshi fikr bildirib chiqishmoqda.

Aslida bunaqangi ommaviy tekshiruvlar yoki ommaviy qarshilik harakatlari faqat ommaviy qirgʻin yoki shunga oʻxshash xatar paydo boʻlganida, yo yirik tabiiy ofatning oldini olish maqsadida, yoxud epidemiya tarqagan holdagina amalga oshirilishi mumkin. Bundan tashqari, hali hech kimning hayotiga xavf solgani tasdiqlanmagan oʻyinni oldini olish uchun bunday chora-tadbirlar qoʻllanilmaydi. Hatto bu oʻspirinlarga xavf tugʻdiryapti deyilayotgan oʻyindan, ular aytayotgan darajada xavf kelyapti, deb tasavvur qilgan taqdirimizda ham, uni toʻsib qolish chora-tadbirlari, militsiya xodimlarining yuqoridagi vahima bilan shov shuv koʻtarib olib borayotgan hatti harakatlari orqali olib borilmaydi, bu tarzda muolaja ham qilinmaydi. Aksincha, bu maqsadsiz va tadbirsiz harakatlar oʻspirinlarni shu oʻyinga targʻib qilib, bilmaganlarga ham bildirib, reklama qilib beradi. Mabodo bu oʻyin farzandlarimizni oʻz domiga tortib, ularning hayotlariga xavf yoki zarar yetkazgan taqdirda ham, unga qarshi militsiya orqali qoʻrqitish yoʻli bilan kurashib boʻlmaydi. Chunki oʻz joniga qasd qilishni maqsad qilgan oʻspirinning organ xodimlari tarafidan qoʻrqitilishi uni oʻz maqsadi sari yanada ilgarilab borishga undaydi. Chunki ular koʻtarayotgan qalbaki vahimalarni rost deb qaraganimizda ham, bu muammo – kuch bilan hal qilib boʻlmaydigan muammo hisoblanadi. Bu ishga, jamiyatimizning betayinligi va dinsizligidangina kelib chiqadgan buzuq mafkuraning taʼsiri deb baho berish mumkin xolos.

Demak, organ xodimlarini ishga solayotgan hukumat kuchlarining maqsadi boshqa. Ular bu oʻyinni oʻzlarining jamiyatdagi taʼsirini kuchaytirib olish uchun atayin oʻylab topishgani rost. Yaʼni, fuqorolarni oʻz farzandlarining tashvishi bilan chalgʻitib, jamiyatni yoʻq vahima bilan ovvora qilib qoʻishmoqchi boʻlishyapti. Bu chalgʻituvchi taktika fuqorolarni islomiy xavf xatarlardan qoʻrqituv ishlari bilan paralel olib borilyapti. Maqsadlari, yuqoridagi muxbirlar va boshqa tahlilchilar aytishayotganidek, yetakchilikka qarshi oyoqqa turgan siyosiy muxolif quvvatning harakatlaridan xalqni chalgʻitishdir. Bu ish matbuotni boshqa tarafga burib yuborish uchun, shuningdek matbuot orqali fuqorolarni kontrobanda yoʻli bilan kirib kelayotgan samolyot ichidagi qimmatbaho tovarlarga boʻlgan qiziqishlaridan chalgʻitish maqsadida amalga oshirilayotgan yirik afyoraning davomi boʻlishi mumkin. Hukumatning bu hatti-harakatlari, samalyot ichida jinoiy, kontrobanda mol mulklar bor boʻlganiga va bu mulk egalari prezident atrofidagi unga yaqin shaxslar va yuqori lavozim egalari ekaniga yana bir bor ishora qiladi.

Eʼtiborli joyi shundaki, hukumat oʻz manfaatlari yoʻlida nafaqat islomiy jamoatchilikni, balki oʻspirin farzandlarimizni ham siyosiy intrigalar qurboniga aylantirib yuborishga tayyor ekan. Ular oʻz hatolari va boshqaruv sistemasining notoʻgʻri asosi sababli yuzaga kelayotgan balo ofatlarni yopib yuborish maqsadida shu kabi jirkanch amaliyotlarga qoʻl urishyapti. Bir necha marotaba qoʻporuv amaliyotlarini uyushtirishdi. Uning ortidan yuzlagan musulmonlarni taʼqib qilib, qamab yuborishdi. Qamoqxonada ham musulmonlarga alohida zulmlar tashkillashtirib, jamiyatning islomiy taʼsirini zaiflashtirish ishlarini olib borishyapti. Oxirgi vaqtda prezident atrofidagilarning jinoiy ishlari fosh boʻla boshladi. Ogoh boʻlaylik ular oʻzlarining jinoiy ishlarini yopish maqsadida har bir tarmoqni qurbon qilib yuborishlari mumkin!!!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.