Daʼvat yukini zimmasiga olgan muslima onamizning vafot etgani toʻgʻrisida xabar
Hizb ut-Tahrir – Qirgʻiziston daʼvat yukini zimmasiga olib, uzoq yillar bu yoʻlda tinimsiz harakat qilgan muslima onamiz Abduraimova Soraxon ayaning uzoq davom etgan kasallikdan soʻng 28 yanvar kuni vafot etgani haqida chuqur qaygʻu bilan xabar qiladi.
1938-yili Botken viloyati Qadamjoy tumanida tugʻilgan Soraxon aya Hizb ut-Tahrir fikrlari bilan tanishgan dastlabki kundan boshlab Paygʻambarlik minhoji asosidagi Xalifalikni barpo etish orqali islomiy hayotni qayta boshlash yoʻlida harakat olib bordi. Soraxon aya 1998 yil Hizb safiga kirdi va oʻsha vaqtdan buyon Hizb safida faoliyat qilib keldi.
Soraxon aya yoshi oʻtib qolgani, sogʻligi yomonlashib borishiga qaramay, umrining soʻnggi kunigacha qoʻni-qoʻshnilarini, qarindoshlarini, barcha musulmonlarni ezgulik va haqqa daʼvat qilib keldi. Hamma uni Hizb ut-Tahrir aʼzosi sifatida tanirdi.
Biz Hizb ut-Tahrir-Qirgʻiziston viloyati aʼzolari Alloh Taolodan Soraxon ayani Oʻzining keng rahmatiga burkashini, jannatda paygʻambarlar va siddiqlar bilan birga qilishini soʻraymiz.
Soraxon ayaning ortida qolgan oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur taʼziya izhor qilamiz. Alloh Taolodan ularga sabri jamil ato etishini soʻraymiz.
Soraxon aya! sizning oʻlimingiz bizlarni chuqur qaygʻuga solgan boʻlsada, Allohni rozi qiluvchi soʻzdan boshqasini aytmaymiz:
إنا لله وإنا إليه راجعون
“Albatta biz Allohning bandalarimiz va albatta Oʻziga qaytajakmiz” [Baqara 156]
Hizb ut-Tahrir – Qirgʻiziston.