MXDQ: Terrorchilikni moliyalashni koʻzlagan uyushgan guruh qoʻlga olindi
“Turmush” nashrining xabariga koʻra, Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi (MXDQ) Qirgʻiziston hududida terrorchilikni moliyalashtirish maqsadida xorijiy valyutani tayyorlash, oʻtkazish va sotish bilan shugʻullangan uyushgan guruhni qoʻlga oldi. Bu haqida MXDQning matbuot xizmati maʼlum qildi.
MXDQning maʼlum qilishicha, 20 yanvar kuni Chuy viloyatidan U.J.M va K.I.Sh ismli ikki fuqaro qoʻlga olinib, ularning yonidan 56 ming dollar miqdorida qalbaki banknotlar topilgan. Bu xodisa boʻyicha JKning 198-modda, 2-qismi (qalbaki pullar va qimmatli qogʻozlarni tayyorlash, saqlash yoki sotish) asosida jinoiy ish qoʻzgʻatilgan.
“Yirik miqdordagi mablagʻlarning aniqlanishi tufayli MXDQ boshqa davlatlar tegishli tuzilmalari bilan sheriklik aloqalariga eʼtibor qaratmoqda”, – deyiladi xabarda.
Tergov maʼlumotiga koʻra, qalbaki dollarlar “yuqori texnologiyalar darajasida” tayyorlangan. MXDQning maʼlum qilishicha, mahkama Qirgʻizistonga qalbaki valyutani olib kirishda Istanbulda yashirinib yurgan qirgʻiz fuqarolari Mansur Suvonov va Ilyos Sobirovlarning aloqasi borligini gumon qilmoqda. Sobirov Qirgʻiziston tomonidan xalqaro qidiruvga berilgan. Uni Bishkekdagi Xitoy elchixonasi hududida oʻtgan yilning 30 avgust kuni terakt sodir etishda ayblashmoqda.
Turkiston:
MXDQ xar bir jinoiy ishlarni Islomga bogʻlaydigan boʻlib qolibdi. Xatto sharʼan xarom boʻlgan qalbaki valyutalar savdosini xam Islom va musulmonlarga toʻnkashga xarakat qilyapti.
Nega turk xukumatining oʻzi aybdor boʻlishi mumkin emas? Yoki, qalbaki valyuta ishlab chiqara oladigan imkoniyatlari keng boʻlgan olamiy kufr sistemasining qoʻli boʻlishi mumkin deyilmaydi?! Nega xar bir jinoyatda faqat islomiy jinoiy izlar qidiriladi?! Nega bu xalqaro jinoyatchilarni roʻykach qilib, faqat Xizb ut-Taxrir singari siyosiy yoki fikriy islomiy daʼvatchilar xibsga olina boshlanadi?!
Gumondorlar qatoriga MXDQ xodimlarining oʻzlarini xam qoʻshish mumkin. AbdilьSegizbayevning “belizgeyt” afyorasidagi xujjatlari qalbaki ekanligi isbotlandiku! Endi navbatda Dacha-suu qishlogʻiga qulab tushgan samolyotdagi noqonuniy mulk muammosi turibdi. Bu ishda xam MXDQ va xokimiyat vakillarining qoʻli bor albatta! Biz nega bu kazzoblar aytayotgan taxlillarga ishonishimiz kerak?! Balki MXDQning oʻzi, qoʻlga olingan valyutalarni qalbaki pullar bilan almashtirib qoʻygandir!!! Balki, chigallashib borayotgan vaziyatlardan kutulish uchun, oʻzlari bu jinoiy afyorani uyushtirishgandir!! Balki, Boshi berk koʻchaga qarab borayotgan vaziyatlaridan, jamoatchilikni chalgʻitish maqsadida shunday qilgandir!!!