Oʻt ochishni toʻxtatish nafaqat yolgʻon gʻalaba, hatto muqarrar taslim boʻlish hamdir!

828
0

Oʻt ochishni toʻxtatish nafaqat yolgʻon gʻalaba, hatto muqarrar taslim boʻlish hamdir!

Jangchi guruhlarni Shom qoʻzgʻolonini muqarrar xavfdan qutqarish uchun birlashish lozimligiga toʻxtovsiz ravishda chaqirilgach, nihoyat, guruhlar yetakchilari birlashishdi. Biroq ular ayollar va bolalar qotili, nomuslar tajovuzkori bilan oʻt ochishni toʻxtatish atrofida birlashishdi. Olti yil davomida berilgan qurbonliklarni unutishdi, daryo boʻlib oqqan shahidlar qonini mutlaqo oʻylashmadi. Vaholanki, yo zafar quchish yoki shahid boʻlishga ahd qilgan, Alloh yoʻlida jihod qilishga soʻz bergan mana shu qoʻmondonlar edi. Biroq, qoʻllab-quvvatlovchi davlatlar bu qoʻmondonlar nopok muzokaralar bozoridagi dallollarga aylanishlari uchun ahdini buzib soʻzidan qaytishlarini istashdi.

Shubhasiz, oʻt ochishni toʻxtatishga erishish, AQSh-Rossiya kelishuvi natijasi boʻlib, u Vena konferentsiyasining bir yildan koʻproq vaqt oldingi qarorlaridan biri edi. AQSh uni bir tishi Rossiya ikkinchi tishi Turkiya boʻlgan ombir yordamida amalga oshirishga muvaffaq boʻldi. Shom yurtida mana shunday sharmandalik va xorlik kelishuvi oʻz aksini topdi, qoʻzgʻolonni siyosiy bitimlar kundasiga qoʻyib, Amerikaning siyosiy yechimiga erishish koʻzlandi. Bu siyosiy yechim ilmoniy demokratik fuqarolik davlatida hamda armiya va xavfsizlik xizmati kabi qirgʻin qiluvchi, vayron etuvchi vositalarni saqlab qolishda, qolaversa, jangchi guruhlar qonxoʻr rejim bilan Shom ahliga qarshi bitta xandaqda boʻlishi uchun ularni ham rejimga birlashtirishda namoyon boʻlmoqda.

Bunday bitimga rozi boʻlish kechagi dushmanni bugungi doʻstga, kechagi birodarni esa bugungi gʻanimga aylantirib, oralarida ulkan darz paydo qiladi… Bu esa oʻz navbatida, qoʻllovchi bilan inkor etuvchi oʻrtasini ajratmay vayron qiladigan ichki urushga zamin tayyorlaydi… Kofir Gʻarbning istagi aynan shudir, bunga bahonalar oʻylab topishdan uni hech narsa toʻsolmaydi. Bundan tashqari, oʻt ochishni toʻxtatishga tomonlarning faqat bittasi, yaʼni bitimga imzo chekkan guruhlar amal qiladi. Imzo chekishdan bosh tortgan guruhlar esa, terrorizmga qarshi kurash niqobi ostida nishonga olinadi… Bu shuni anglatadiki, demak, hali bombardimon qilish, vayron etish va azob-uqubatlar davom etadi. Ayni paytda, Shom togʻutining qonuniyligi tiklanib xavfsizligi taʼminlanadi va uni taxminiy dushmanlaridan qoʻriqlanadi.

Ey Islom diyori markazi boʻlgan Shom musulmonlari!

Shom qoʻzgʻoloni ustida til biriktirganlar va ularga laqqa tushgan guruh yetakchilari Halabni boy berish bizni qoʻzgʻolondan voz kechishga yetaklaydigan ruhiy zarba boʻlishini hamda bu bilan qoʻzgʻolonga barham berishni va bizning oʻzimizga boʻlgan ishonchimizni yoʻq qilishni istashdi. Shuning uchun ham oʻzlarining bunday qattol yechimlarini “Biz qon toʻkishni toʻxtatishni, odamlar mashaqqatlariga barham berishni istaymiz”, degan daʼvolari bilan oqlashga urinishdi. Aslida esa, guruh yetakchilari qoʻzgʻolonni tiriklayin koʻmish jinoyatiga rozi boʻlish bilan farzandlarimiz va shahidlarimiz toʻkkan qonga allaqachon bepisand qarashdi, ayollarimiz nomusini sariq chaqalik qadrlashmadi. Hatto bulardan ham dahshatlisi, ular Alloh Azza va Jalla diniga bepisand qarab, dinni davlatdan ajratuvchi demokratik ilmoniylik asosidagi muzokarani qabul qilishdi. Bular nopok siyosiy molga uchishning natijasi va harbiy jihatdan dushmanlar eplolmagan ishni siyosiy jihatdan uddasidan chiqqan qoʻllovchi davlatlarga ishonishning oqibatidir. Shuningdek bu – bizning maʼrufga buyurish va munkardan qaytarishdan iborat muhosaba qilish farzidan voz kechganimiz natijasidir. Bas, shunday ekan, ey aqliraso insonlar, es-hushingizni yigʻib, kemangizni choʻkmasidan oldin qutqarib qoling, axir, uning teshigi kattaygandan kattaydi. Shuningdek, devoringizni ham vayron boʻlmay turib barpo qiling, barchamiz halok boʻlmasimizdan oldin adashganlarni yoʻlga soling. Yuz burib ketmang, aks holda, oʻrningizga boshqa insonlar almashtirilishi mumkin, Alloh azza va Jalla

وَلَا تَكُونُوا كَالَّتِي نَقَضَتْ غَزْلَهَا مِنْ بَعْدِ قُوَّةٍ أَنْكَاثًا

“Xuddi oʻzi toʻqigan narsasini pishiq-puxta boʻlganidan soʻng parcha-parcha qilib buzib-chuvatib tashlagan xotinga oʻxshab qolmangiz!” [Nahl 92]

deya sifatlagan kimsalardan boʻlib qolmang. Bilingki, Alloh kofirlarni makri bilan qoʻshib oʻrab oluvchidir, Alloh Azza va Jalla Oʻz vaʼdasini xolis moʻmin bandalariga nusrat va gʻoliblik berish bilan roʻyobga chiqaradi. Alloh Taolo bunday dedi:

إِنَّا لَنَنْصُرُ رُسُلَنَا وَالَّذِينَ آمَنُوا فِي الْحَيَاةِ الدُّنْيَا وَيَوْمَ يَقُومُ الْأَشْهَادُ

“Biz rosullarimizga va moʻminlarga dunyo hayotida ham, guvohlar hozir boʻladigan Kunda ham albatta nusrat berurmiz” [Gʻofir 51]781

Hizb ut-Tahrir-Suriya viloyati matbuot boʻlimi

Skype: TahrirSyria

Elektron pochta: media@tahrir-syria.info – ahmadabdalwahab2@gmail.com

Suriya viloyati rasmiy sayti: www.tahrir-syria.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.