Pokrovka qamoqxonasida ham ochlik aktsiyasi boshlandi
Chuy vloyatida joylashgan 27- va 47-sonli qamoqxonalarda mazlum birodarlarimiz boshlagan ochlik aktsiyasiga 10 kundan oshgan boʻlsada na rasmiy hukumat va na inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar va na Ombesman bu ishga eʼtibor bermay, birodarlarimizning talablarini qamoqxona maʼmuriyati qoʻliga topshirib qoʻyib kelishmoqda.
Uzoq kunlardan beri ochlikni davom ettirayotgan birodarlarimizning sillasi qurib, hushlarini yoʻqotish darajasiga kelishgan boʻlsada rasmiy hukumat, Bosh prokuratura, Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi (JIEBB- GUIN) bunga eʼtibor qaratmay kelmoqda. Qamoqxona maʼmuriyati oʻz imkoniyatidan kelib chiqqan holda birodarlarimizning ayrim talablarini qondirgan boʻlsada, ammo ularning asosiy talabi – jazo turini noqonuniy oʻzgartirish masalasi hamon javobsiz qolib kelyapti. Birodarlarimiz oʻz ahdlarida qatʼiy turib, qoʻygan talablari toʻliq bajarilmaguncha ochlikni davom ettirishlarini maʼlum qilishyapti.
27- va 47- sonli qamoqxonada mazlum musulmonlar tomonidan boshlangan ochlik aktsiyasi ortidan Pokrovkadagi 3-sonli qamoqxonadasidagi mazlum musulmonlar ham ochlik eʼlon qilishdi. Bugungi kunda mazkur qamoqxonada 13ta musulmon mahbuslar oʻz haq-huquqlari paymol etilishiga norozilik sifatida ochlik aktsiyasini boshlagan.
Qamoqxonada mazlum musulmonlar boshlagan ochlik aktsiyasidan OAV orqali xabar topgan birodarlarimizning oila aʼzolari ularning taqdiridan xavotirga tushib, dodini kimga aytishni bilmay turishibdi. Ularning bunga qadar bir qator rasmiy idoralarga qilgan murojaatlalari eʼtiborsiz qoldirib kelingani sababli farzandlari taqdiriga befarq qarab kelayotgan hukumatga qarshi norozilik aktsiyasini boshlashga kirishishdi. Ayrim xolis musulmon birodarlarimiz qamoqxonalardagi mazlumlarni ijtimoiy tarmoqlarda, xususan Feysbuk orqali qoʻllab-quvvatlab aktsiyasini boshlab yuborishdi.
Bugun Qirgʻiziston hukumati oʻz xojalarini rozi qilish ilinjida Islom diniga qarshi kurashni kuchaytirish yoʻlida navbatdagi qadamini tashladi. Agar bizlar hukumatning bu ishiga sukut saqlaydigan boʻlsak, qirgʻiz hukumati ham xuddi Oʻzbekiston jallodi tashkil etgan “borsa kelmas” nomi bilan mashxur boʻlgan Jasliq kabi alohida qamoqxonani barpo etib, diniy ayblovlar bilan qamalgan mahbuslarga zulm oʻtkazish, kerak boʻlsa ularni jismonan yoʻq qilish yoʻliga oʻtadi.
Unutmaylik, bizlar hukumatning musulmonlarga qarshi olib borgan zulm va istibdodiga sukut saqlaganimiz uchun javobgarmiz. Bu zulmlar oldini olib qolishga befarq boʻlganimiz, zolim qamoqxonalarida azoblangan, bu azoblar ortida jon taslim qilgan birodarlarimiz uchun Qiyomat kunida Allohning oldida javob beramiz.
Ibn Umar roziyallohu anhumudan rivoyat qilingan hadisda paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Musulmon musulmonning birodaridir. Unga zulm qilmaydi, dushmaniga topshirib qoʻymaydi. Kim birodarining hojatini chiqarish yoʻlida boʻlsa, Alloh uning hojatini chiqarish yoʻlida boʻladi. Kim musulmon kishidan bitta gʻam-tashvishini aritsa, Alloh undan Qiyomat kunining gʻamlaridan bir gʻamni aritadi. Kim bir musulmonning aybini yashirsa, Alloh uning aybini Qiyomat kuni yashiradi”. (Muttafaqun alayh).
Turkiston