Qamoqdagi zulmlar oshib bormoqda

509
0

Qamoqdagi zulmlar oshib bormoqda

Uzoq yillardan buyon Islom va musulmonlarga qarshi kurashib kelayotgan Qirgʻiziston hukumati daʼvat yukini koʻtarib chiqqan musulmonlarni turli xil toʻqima ayblov va tuhmatlar bilan qamoqqa tashlab, oʻz tanlagan yoʻllari va daʼvatlaridan voz kechdirish uchun turli-tuman qiynoqlarni qoʻllab kelayotgan edi. Bu zulmlar ostida hatto bir nechta birodarlarimiz zolim qamoqxonasida jon taslim qilib, shahidlik martabasiga erishishdi, inshaAlloh.

Ammo zolim hukumat tomonidan qoʻllanilayotgan zulm va tazyiqlarga qaramay qamoqxonalarda ham daʼvatchi birodarlarimiz oʻz zimmalaridagi omonat – Islom daʼvatini yetkazayotgani rasmiy hukumat tinchini buzdi. Chunki, avval oʻgʻrilik qaroqchilik va boshqa jinoyatlar bilan qamalgan odamlarni qamoqxonalardan Islom daʼvatchisi boʻlib chiqayotgani sababli hukumat musulmon mahbuslarni qolgan mahbuslardan ajratish bahonasida yopiq turdagi qamoqxona qurishga kirishdi. Ishlab turgan qamoqxonalarda esa musulmonlar uchun alohida yopiq turdagi boʻlim tashkil etib, oʻtgan yilning kuz oyidan boshlab ularni qonunga xilof ravishda yopiq turdagi qamoqxonalarga oʻtkazish ishini boshlab yuborgan edi.

Biroq bu yopiq turdagi qamoqxonalarda ham musulmon mahbuslarning haq-huquqlari toptalib, qamoqxona maʼmuriyati tomonidan gʻoyriinsoniy munosabat qoʻllanishi, birodarlarimizni nafaqat ozodlikdan, balki oddiy insoniy huquqlardan ham mahrum qilib, uchrashuv vaqtlarini qisqartirilishi, oila aʼzolari olib kelgan oziq-ovqatlardan urib qolinishi mazlum birodarlarimizni bu zulmlarga nisbatan oʻz noroziliklarini izhor qilishga olib keldi.

Mana avvalo 1 yanvardan boshlab, Chuy viloyatida joylashgan 3 zona, 27- va 47-sonli qamoqxonalarda mazlum musulmon birodarlar ochlik eʼlon qilishdi. 3 zonadan 3 maxbus, 27-sonli qamoqxonada ushlab turilgan 44 mahbusdan 41tasi, 47-sonli qamoqxodan esa 5ta mazlum musulmon birodarlar ochlik eʼlon qilishdi.

Ular qoʻygan talab quyidagilardan iborat:

Qonunga xilof ravishda jazo turini yopiq tartibga oʻtkazilishi:
Soqolni majburan olib tashlashni toʻxtatish:
Axborot vositalari (televizor, radio) bilan taʼminlash:
Shaxsiy gegiyena vositalari bilan taʼminlash:
Jismoni harakat qilish uchun sayr vaqtini uzaytirish: (bir sutkada faqat bir soatga sayrga olib chiqilar ekan)
Oziq-ovqat va kiyim-kechak normalariga toʻliq rioya qilish va ovqat tayyorlashga ruxsat berish: (chunki, qamoqxonada beriladigan ovqat faqat tirik qolishgagina yetadi)
Qamoqxona xodimlari mahbuslarga nisbatan insoniy muomilada boʻlishi.
Mazlum birodarlar yuqoridagi talablar bilan avval qamoqxona boshligʻi va maʼmuriyatiga murojaat qilishgan. Qamoqxona maʼmuriyati mahbuslarning qonuniy talablarigi eʼtiborsiz qarashganidan soʻng, tegishli joylarga xat orqali murojaat qilishgan. Biroq qamoqxona maʼmuriyati ular tomonidan yozilgan arz va shikoyat xatlarini oʻzlari ushlab qolib, teshigli organlarga joʻnatishmaganidan soʻng mazlum birodarlar norozilik bildirib, ochlik eʼlon qilishdi.

Mazlum birodarlarimiz qoʻygan yuqoridagi talablar barchasi qonuniy boʻlib, ular oʻz haq-huquqlariga toʻla rioya qilinishini talab qilishyapti. Avvalo, mahbuslar jazo muddatini oʻtaydigan tartib (rejim) faqat sud hukmi bilangina oʻzgartirilishi mumkin. Qolaversa ular faqat – aslida tuhmat va yasama ayblovlar bilan – ozodlikdan mahrum qilinishgan xolos. Yashash, insoniy huquq va insoniy muomila qilinishidan mahrum qilinishmagan. Ular oila aʼzolari bilan uchrashish, insondek kiyinib, insondek yashash huquqiga egadirlar.

Mazlum musulmon birodarlar ochlik eʼlon qilishganiga oʻn kundan oshgan boʻlsada qamoqxona maʼmuriyati va davlat (GUIN) mutasaddiylari, ularning bu talablarini oʻrganib chiqishga xali ham kirishgani yoʻq. Maxalliy va olamiy matbuot xizmatlari, ombutsmen va boshqa nodavlat inson xuquq ximoyachilari xam, bu zulmga qarshi norozilik aktsiyasiga xozirgacha xech qanday munosabat bildirganlari yoʻq.

Turkiston

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.