Ey Amina Erdogan!

513
0

Ey Amina Erdogan!

Suriya ayollari va bolalari sening quruq gaplaringga, maktublaringga muhtoj emas, balki ularni ozod etishga qodir boʻlgan turk armiyasiga muhtojdirlar

2016 yil 26 dekabrda axborot vositalari Turkiya prezidenti rafiqasi Amina Erdogan dunyo rahbarlari rafiqalariga maktub yuborib, ularni Xalqaro Hamjamiyatni Suriyadagi musulmonlar bolalari va ayollarini himoya qilish uchun bor kuchlarini sarflashga daʼvat qilgani toʻgʻrisida xabar tarqatdi. Maktubda bunday deyilgan: “Biz shunday bosqichdamizki, Suriya uchun faqat yigʻlash bilan kifoyalanmasligimiz lozim. Men dunyo ayollarini suriyalik ayollar va bolalarga yordam berish tomon amaliy qadam tashlashga daʼvat qilaman. Bugun suriyalik ayollar va bolalar oldida hamma imkoniyatlar yopilgan. Ular oziq-ovqat, suv va tibbiy yordamlar yoʻqligi oqibatida hatto oʻlim darajasiga yetib borganlar… Urushda suriyalik ayollar, bolalar va oddiy fuqarolar qirgʻin qilinmoqda… Qalblarimiz bu alamlarni ortiq koʻtara olmaydi… Men Suriyadagi gumanitar ahvolni sizning vijdoningizga havola qilaman”.

Biz Amina Erdoganga bunday deymiz:

Eringiz dunyoda yettinchi oʻrinda turuvchi eng katta armiyaga rahbarlik qilishiga qaramay, olti yildan beri aka-ukalaringiz va opa-singillaringizning qatli om etilayotganini oʻz koʻzlari bilan koʻrib-bila turib, bunga sukut saqlab kelmoqda, sukut saqlabgina qolmay, hatto uchoqlarini yahudiylar davlatida chiqqan yongʻinni oʻchirish uchun, Suriyadagi urush olovini esa alanga oldirib, musulmonlarni qirgʻin qilish uchun safarbar qilmoqda. Mana shunday bir paytda ayni maktubni yozishga uyalmaysizmi?!

Bu gaplaringiz anavi eringizga aytilsa, uning taʼsiri kuchli boʻlardi, deb oʻylamaysizmi?! Chunki bu kimsa gʻarblik mustamlakachi xoʻjayinlarini rozi qilish yoʻlida, “Furot qalqon”i amaliyoti orqali mujohidlarni boʻlib, tarqatib tashladi, Halabni jangchilardan boʻshatib berdi. Bu esa u yerda qatli om sodir etilishiga olib keldi… Bu bilan eringiz islomiy qoʻzgʻolonga, shahidlar qoniga xiyonat qildi.

Siz Suriyadagi insoniy mashaqqatlar haqida gapirib, buni insonlar tuygʻusiga havola qilyapsiz. Lekin eringiz tuygʻusiga nima deymiz. Axir, Mustamlakachilarning Suriya shimolida musulmonlar boshiga bomba yogʻdirishda foydalanishi uchun Turkiyadagi havo bazasini ochib bergan ham, ular bilan birin-ketin xoinona bitimlarga imzo chekib yotgan ham shu eringizku?! Suriya qirgʻinlarida sherik boʻlayotgan rus josuslik shaytonlari bilan bitimlar tuzib, Suriyadagi qoʻzgʻolonni yoʻq qilish va qonxoʻr Asad rejimini saqlab qolish yoʻlida ular bilan maʼlumot almashayotgan ham mana shu eringizku?! Aslida, Halabning qulashi borasida, Putinning mana bu soʻzlarini butun dunyo juda yaxshi anglab turibdi: “Sodir boʻlayotgan ishlar Turkiya prezidenti bilan Sankt-Peterburgga kelgan paytda kelishib olganimizdek ketmoqda”.

Ey Amina Erdogan!

Aytgan gaplaringizda haqiqatdan rostgoʻy boʻlsangiz, qalbingizning bu alamlarni ortiq koʻtara olmayotgani rost boʻlsa, u holda eringizdan talab qiling, Ummatga qoʻlini berib, oʻzining islomiy burchini ado etsin, mustamlakachi Gʻarb kuchlari bilan ittifoqchilikka yakun yasab, oʻzi maqtanayotgan armiyasini darhol safarbar qilsin, Suriyadagi musulmonlarni mudofaa qilib, Shom yurtini qonxoʻr Asaddan ozod etsin, suriyalik musulmonlarning va Islom Ummatining Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini barpo etish ishini qoʻllab-quvvatlasin, musulmonlar qalqoni boʻlajak va ushbu Ummatni xavfsizlik, kuch-qudrat, taraqqiyot bilan taʼminlashda misli koʻrilmagan yutuqni qoʻlga kiritajak davlatni qoʻllab-quvvatlasin.

Alloh Subhanahu va Taolo bunday demoqda:

وَمَا لَكُمْ لاَ تُقَاتِلُونَ فِي سَبِيلِ اللّهِ وَالْمُسْتَضْعَفِينَ مِنَ الرِّجَالِ وَالنِّسَاء وَالْوِلْدَانِ الَّذِينَ يَقُولُونَ رَبَّنَا أَخْرِجْنَا مِنْ هَـذِهِ الْقَرْيَةِ الظَّالِمِ أَهْلُهَا وَاجْعَل لَّنَا مِن لَّدُنكَ وَلِيًّا وَاجْعَل لَّنَا مِن لَّدُنكَ نَصِيرًا

“(Ey moʻminlar), sizlarga nima boʻldiki, Alloh yoʻlida va “Robbimiz, bizni egalari zolim boʻlgan bu shahardan ozod qil va bizga oʻz huzuringdan bir doʻst bergin, bizga oʻz huzuringdan bir yordamchi qilgin”, deyayotgan erkaklar, ayollar hamda bolalardan iborat boʻlgan bechoralar(ni ozod qilish) yoʻlida jang qilmayapsiz?!” [Niso 75]781

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot boʻlimi ayollar qismi

telefon-faks: 00961 1 30 75 94

uyali telefon: 00961 71 72 40 43

elektron pochta: ws-cmo@hizb-ut-tahrir.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.