Qozogʻiston qirgʻiz goʻshti va sutini oʻz hududi boʻylab avtomobilda olib oʻtishni taqiqladi
“Kun.uz” saytining xabar qilishicha, Qozogʻiston 2017 yilning 1 yanvaridan boshlab qirgʻiz goʻshti va sut mahsulotining oʻz hududi boʻylab avtomobilь transporti orqali tranzitini taqiqladi. Bunday xat Qirgʻiziston qishloq xoʻjaligi vazirligi Davlat veterinar va finosanitar inspektsiyasiga yuborilgan.
Unga koʻra, 15 korxona mahsuloti taqiqlangan. Ular Rossiya roʻyxatiga 2016 yilning fevralida kiritilgan. Bu korxonalar oʻz mahsulotini RF hududida sotish huquqiga ega, biroq Qozogʻiston reyestriga kiritilmagan. Ularga mahsulotni faqatgina temir yoʻl transporti orqali olib oʻtishga ruxsat berildi.
Qirgʻiziston hukumati Qozogʻiston rahbariyatiga vaziyat yuzasidan izoh berishni soʻrab maktub yoʻlladi. Xususan, qozogʻistonliklar nima uchun qishloq xoʻjaligi vazirligi transport sohasidagi siyosatni belgilayotganini tushuntirib berishlari kerak.
Qirgʻiziston vazirlar mahkamasi Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasiga ham murojaat qilgan. U bu masalani 2017 yilning 13 yanvarь kuni koʻrib chiqadi.
Turkiston:
Maʼlumki, Qirgʻiziston prezidenti Almazbek Atambayev Sankt-Peterbergda boʻlib oʻtgan YeOII davlat rahbardlari yigʻilishi chogʻi jurnalistlarga bergan intervьyusida Qirgʻizistonni YeOIIga aʼzo boʻlishi mamlakatda salbiy iz qoldirayotgani haqida noligan va Bojxona kodeksini imzolashni paysalga solgan edi. Atambayev bunga asosiy sabab qilib Qozogʻiston hukumatini veterinar nazoratini bahona qilib Qirgʻizistonda yetishtirilgan qishloq xoʻjalik maxsulotlarini oʻz hududi orqali oʻtishida toʻsiqlar paydo qilayotganini keltirib oʻtgan edi.
Atambayevning bu harakati ortidan Qozogʻiston veterinariya sohasida texnik yordam koʻrsatish uchun 100 million dollar ajratishga vaʼda bergan va prezident tomonidan Bojxona kodekisi imzolagan edi. Qozogʻiston hukumati Qirgʻizistonga vaʼda qilgan pul ajratilmay turib qozoq tomoni yana bir xunarini ishga soldi. Endilikda Qirgʻizistonda yetishtirilgan sut va goʻsht mahsulotlari qozoq hududidan faqat temir yoʻl orqali olib oʻtilishini mahlum qildi.
Rossiya boshchiigida tuzilgan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi Qozogʻistonga qoʻl keldi. Qozogʻiston vaziyatdan foydalanib oʻzining dexqon va ishbilarmonlarini himoya qilish maqsadida, Qirgʻizistondan ittifoq mamlakatlari bozorlariga oʻtib borayotgan baʼzi mahsulotlarni Yevroosiyo ittifoqi hududiga kirishdan man qila boshladi. Yaʼni oʻzida ishlab chiqarilayotgan maxsulotlar va yetishtirilayotgan meva, chorva va sabzavotlarni tashkilotga aʼzo davlatlar bozoriga yetkazib berib, Qirgʻizistondan keladiganini deyarli oʻtkazmay qoʻydi. Bu ketishda Qirgʻizistondagi dexkon va fermerlar bankrot boʻlib, ishsiz qolgan savdogarlar kabi Rossiya va Qozogʻistonda qora ishchilar safini toʻldirishdan boshqa choralari qolmaydi. Qozogʻiston vaʼda qilgan 100 million dollarni esa berilishidan berilmasligi aniqroq.