Qirgʻizistonda vahimalar paydo boʻla boshladi

842
0

Qirgʻizistonda vahimalar paydo boʻla boshladi

Qirgʻizistonda qoʻporuvchilik amaliyotlari kutilayotgani haqida vahimalar paydo boʻla boshladi. Bir qator Gʻarb matbuoti va Qirgʻiz ekspertlari ham bu vahimani kuchayishiga oʻz hissalarini qoʻshib borishyapti.

Turkiston:

“Din, huquq va siyosat” mustaqil tahliliy markaz direktori Qodir Malikov: “Qoʻporuv amaliyotlari kutilyapti. Bu amaliyot Suriyadan mujohidlarning siqib chiqarib yuborilayotganiga bogʻliq. Lekin Qirgʻizistonda qoʻporuv amaliyotlari koʻproq rasmiy hukumatga qaratilishi kutilmoqda” dedi. Hukumat vakillari, organ xodimlari hamda boshqa siyosiy ekspertlar ham shu vahimali holatni tasdiqlashyapti.

1 yanvar kuni Turkiyada Qirgʻiziston fuqorosi boʻlgan Mashrapov Yahyo ismli savdogar yigit, 31 dekabrda tungi klubga uyushtirilgan hujumda gumon qilinib Otaturk aeroportda qoʻlga olingan va shu haqida tergov qilingan. Mashrapov 31 dekabr kuni Qirgʻizistonda boʻlganini isbotlab berganidan keyin, uni yana bir soat tergov qilib qoʻyib yuborishgan. Bu ish Turk maxsus xizmatlarining Qirgʻizistonga bosim oʻtkazish uchun atayin uyushtirmoqchi boʻlgan va ilgaridan tayorgarlik koʻrib qoʻyilgan amaliyotiga oʻxshab koʻrinmoqda. Ular ilgariroq, ommaviy qirgʻinda Oʻzbek yoki Qirgʻiz fuqorolari gumon qilinayotganini eʼlon qilishgan edi. Demak ular oʻzbekiston yoki Qirgʻiziston fuqorolari ichidan birorta shubhali shaxs qidirishgan. Bu bilan oʻsha shaxsni aybdor qilib, Qirgʻizistonga daʼvo qilish, siyosiy bosim koʻrsatish va islomiy qoʻporuvchilar vahimasi ostida harakatga undash ishlarini kuchaytirish kabi bir qator maqsadlarni amalga oshirib olishni qasd qilishgan koʻrinyapti. Lekin ular qoʻlga olgan Qirgʻiz fuqorosi, kutilmaganida inkor qilib boʻlmaydigan pasportida qayd etilgan dalili bor boʻlib chiqib qoldi. Aks holda bu yigit katta mamlakatlararo janjalga sababchi boʻlgan qurbonga aylanib ketishi mumkin edi. Turklarning Qirgʻiziston fuqorolari ichidan bir qurbonlik izlash uchun tayorgarlik koʻrishganiga yana bir dalil shuki, matbuot xizmatlariga Mashrapovning aybdor qilib boʻlmasligi haqidagi xabar yetib bormay turib, ular “tungi klubni oʻqqa tutgan Qirgʻiz fuqorosi qoʻlga olindi”, deb xabarlar tarqatib yuborishdi. Demak xalqaro siyosat Turkiya orqali qirgʻizistonga bosim qilmoqchi boʻlgan. Ular IShIDni islomiy vahima sisfatida namoyon qilib, bizning yurtimizdagi taʼsir quvvatlarini kuchaytirib olmoqchi boʻlishgan.

Qirgʻiz hukumati esa, oʻz manfaatlariga zid ravishda, Gʻarbparast matbuoti va ekspertlarining yoʻliga ergashib, Turklar uchun hisobot tayyorlay boshladi. Organ xodimlarini oyoqqa turgizib, oʻz fuqorolaridan himoyalanish tizimi ustida keng qamrovli amaliyot boshlashga tayorlanyapti. Turk hukumatidan oʻz fuqorosining va uning ortidan Qirgʻiz davlatchiligining obroʻyiga putur yetkazgani uchun javob berishni talab qilish oʻrniga, oʻzini aybdor his qilib, xalqavro siyosat oldida hisobot berishga tayorlanyapti. Qirgʻiziston ularning bosimi ostida Turkiyadan qaytayotgan fuqorolarini Suriyadan qaytayotganlikda gumon qilib, tekshirish ishlarini kuchaytira boshladi.

AQSh nima sababdan Qirgʻiziston singari mamlakat fuqorolari uchun Suriyaga Turkiya orqali avval keng yoʻl ochib berib, endi ularni orqaga qaytib kelish yoʻllarini toʻsib qoʻymoqchi? AQShning maqsadi, Shomda mujohidlar guruhlarini ushlab qolmoqchi. Ularni Halabda ummat quvvatidan uzib qoʻyishga muvaffaq boʻldi. Endi mujohidlarni oʻzining muayyan maqsadi yoʻlida ushlab turmoqchi. Maqsadi, Shomda yangi yoki eski hokimiyatlar olamiy ilmoniy sistema asosida shakllanib olgunigacha va bu yangi mamlakat rahbarlari AQShning siyosiy mustamlakasidan oʻzgacha shakllanib qolmasligini kafolatlab olguniga qadar, mujohidlar armiyasini ushlab turish, yaʼni xohlagan vaqtida yana fuqorolar urushini yangidan boshlab yuborish imkoniyatini qoʻlida ushlab turishdir. AQSh bu bilan yangi shakllanib kelayotgan hukumatchalarni va ularga taʼsir qilishga urinayotgan yetakchi, mustamlakachi katta davlatlarni qoʻrqitib turadi. Misol sifatida aytadigan boʻlsak, Afgʻonistondagi kabi, bir necha kuchlar muvozanatini ushlab turish orqali mamlakatni boshqarish sistemasini paydo qilmoqchi.

Qirgʻiziston esa, yuqoridagi populist ekspertlarning va gʻarbparast matbuot vakillarining bayonotlaridan taʼsirlanib, yana oʻz fuqarolariga ozor berishda davom etmoqchi. Zulm faqat zulm olib keladi. Qirgʻiziston oʻz fuqarolarini avf etish yoʻlidan borishi kerak. Bu uning uchun eng manfaatli yoʻldir. Chunki Suriyaga ketgan juda koʻp musulmonlar, islomiy tuygʻulari joʻsh urib, musulmonlarga yordam berish uchun Turkiya ochib bergan yoʻldan foydalanib, chiqib ketishdi. U yerda ularning holi nima kechganini bilmaymiz. Endi xuddi oʻsha Turk hukumati Qirgʻizistonga bosim qilmoqchi boʻlyapti. Qirgʻiziston hukumati yoʻq hatardan qochib, haqiqiy xatarga duch kelib qolishi mumkin. Chunki AQShga farqi yoʻq, yaʼni Oʻrta Osiyoda fuqorolar urushi paydo boʻlsa, undan Suriyadagi vaziyatni oʻnglab olishda foydalanib, muxolif kuchni oʻz homiyligi ostiga olib, dastaklab ketaveradi. Shuning uchun Qirgʻiziston faqat Gʻarb sistemasini rozi qilish nuqtasidan turib fikrlashni bas qilib, oʻz mamlakatining va fuqorolarining manfaatini ustun qoʻyib tafakkur qilmasa, katta siyosiy xatoga yoʻl qoʻyishi mumkin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.