Nazarboyev “terrorizm”ga qarshi kurash haqida yangi qonun loyihasini tasdiqladi
Qozogʻistonda “terrorizm”ga qarshi kurash haqida qonun qabul qilindi. Prezident Nursulton Nazarboyev “terrorizm” va “radikalizm”ga qarshi chora-tadbirlarni kuchaytirish koʻzda tutilgan yangi qonun loihasini tasdiqladi.
Xabarda aytilishicha, soʻnggi paytlarda Qozogʻistonda roʻy bergan hujumlar ortidan – davlat tili bilan aytganda – terrorga qarshi chora tadbirlarni kuchaytirish nazarda tutilgan qoidalar qonuniylashtirilgan. Prezident matbuot idorasi Nazarboyevning bundan avval parlamentda qabul qilingan hamda terrorizm va radikalizmga qarshi kurashda chora-tadbirlarni kuchaytirishga qaratilgan qonunni tasdiqlaganligini maʼlum qildi.
Prezident Nazarboyevning koʻrsatmalariga binoan, terrorizm va radikalizmga qarshi kurash qonuniga kiritilgan oʻzgarishlar terrorizmning asosiy moliyalashtiruvchi kanallari hisoblangan noqonuniy narkotik moddalar savdosi, qurol-yarogʻ savdosi va migratsiya masalalari boʻyicha qattiq chora-tadbirlar qoʻllashni oʻz ichiga oladi.
Milliy xavfsizlik qoʻmitasi raisining yordamchisi Marat Kolkobayyev parlamentda mazkur chora-tadbirlar haqida maʼlumot berar ekan, foydalanish uchun tayyor qurollar sotilishi taqiqlanishini bildirdi.
“Koʻrilgan chora tadbirlar Aktobedagi kabi terror hodisalarning takrorlanmasligi taʼminlaydi”, dedi Kolkobayyev.
Hukumatning daʼvosiga koʻra, Iyun oyida Aktobeda “terrorchilar” avval qurol doʻkoniga, undan soʻngra harbiy qismga qurolli hujum ushtirishlari natijasida 6 kishi hayotdan koʻz yumgan edi.
Turkiston:
Nazarbayev tasdiqlayotgan qonun loihasi Aktyubeda uyushtirilgan qoʻporuv harakatlaring mevasi desak, toʻgʻri boʻladi. Bu iflos sistema asosidagi barcha hukumatlar xuddi shu uslub bilan ish olib borishadi. Avval maqsadlariga muvofiq chora-tadbirlar yoki oʻzlari uchun kerakli qonun dasturlari belgilanib olinadi. Soʻng, fuqorolar yoki dunyo hamjamiyatini raʼyini oʻz maqsadlari tomon burish maqsadida, musulmonlar nomidan qoʻporuv amaliyotlari uyushtirishadi. AQShdagi 11 sentyabr voqeasi, Oʻzbekistondagi Andijon voqeasi, Rossiyadagi 1999 yilgi qator porlatishlar… va hokazo shunga oʻxshash qoʻporuv amaliyotlarining deyarli hammasi, hukumat organlari tomonidan atayin uyushtirilgan. Ular ham xuddi Nazarbayev rejimi singari muayyan maqsadlariga erishish maqsadida, qoʻporuv amaliyotlarini amalga oshirishgan edi. AQSh 11 sentyabr voqeasidan foydalanib, Iroq va Afgʻonistonga bostirib kirdi. Karimov Andijon voqeʼasidan foydalanib, musulmonlarga repressiv muomilasini davom ettirdi va gʻarbparast tashkilotlarni yurtidan quvib chiqardi. Putin esa, qoʻporuv ishlaridan foydalanib hokimiyatni egalladi soʻng Chechenistonni bosib oldi.
Nazarbayev va boshqa islomiy yurt yetakchilarining barchasi shu uslub bilan oʻz rejimlarini kuchaytirishga urinishadi. Musulmonlar esa, hech qanday jinoiy harakatlar qilmagan hollarida “terrorist, ekstremist” kabi kufr atamalari bilan jinoiy javobgarlikka tortilaverishadi. Soʻng bu zolim hukumatlar “nega mujohidlar paydo boʻlyapti” deb vahima koʻtarishadi. Ularning musulmonlarga nisbatan nohaq boʻhton asosidagi ayiblovlaridan jabrlanaverib, jonlaridan toʻyib ketgan baʼzi musulmonlar amalda qasos olishga harakat qilishga oʻta boshlashadi. Kufr sistemasi bu alamzada musulmonlarni dastaklash uchun tayyor turgan boʻladi. Natijada kufrning strotegik manfaati roʻyobga chiqqan boʻlib, musulmonlarni bir biri bilan urushtira boshlaydi. Buni biz Afgʻoniston, Iroq, Suriya va boshqa islomiy yurtlarda guvohi boʻlib kelyapmiz. Musulmonlar bir birlarini qirgʻin qiladigan urush girdobiga kirib qolishadi! Bu olamiy sistemaning iflos taktikasini Nazarbayev va boshqa islomiy yurt yetakchilari juda yaxshi bilishadi. Bu siyosatchilar oʻz kreslolarini saqlab qolish uchungina musulmonlarni qurbon qilishyapti! Oqibatda nimalar yuz berishi bu amalparastlarni qiziqtirmaydi!