AQSh: Turkiya boʻlmasa Suriyada muvaffaqiyat qozona olmaymiz

781
0

AQSh: Turkiya boʻlmasa Suriyada muvaffaqiyat qozona olmaymiz

AQSh Markaziy kuchlar qoʻmondoni general Jozef Votel Turkiyadan olinayotgan kundalik dastak boʻlmasa, AQSh Suriyadagi juda koʻp faoliyatlarini amalga oshira olmasligini bildirdi. Votel bu haqida Markazi Vashingtonda joylashgan konservativ tushuncha tashkiloti tashqi siyosat tashabbusida soʻzlagan nutqida maʼlum qildi.

“Turkiyadan kelayotgan kundalik dastak boʻlmaganda edi, yaqin oʻtmishda Suriyada amalga oshirgan koʻplab faoliyatlarimizni bajara olmagan boʻlardik”, dedi Yaqin Sharqdagi vaziyatni baholagan Votel.

AQSh Turkiya va mintaqa davlatlarining xavotirlarini inobatga olishi kerakligini taʼkidlagan Votel “Mintaqadagi boshqa mamlakatlar kabi Turkiyaning ham manfaatlari va xavotirlari bor va menimcha bu AQSh uchun muhimdir. Biz bundan boxabar boʻlishimiz kerak”, deya qoʻshimcha qildi.

Ayni payda AQShning koʻrsatmasiga binoan Halabni bambardimon qilayotgan Rossiya diplomatlari Turkiyaning vositachiligida Suriya milliy koalitsiyasi vakillari bilan maxfiy uchrashuv oʻtkazganligi tasdiqlandi. Bu maxfiy uchrashuv haqida Britaniyaning “Financial Taymes” gazetasi xabar tarqatgan edi.

“RIA Novosti” axborot agentligiga intervьyu bergan Suriya Milliy koalitsiyaning masʼuli Samir Nashar mazkur uchrashuv Turkiyaning saʼy-harakatlari bilan juda ehtiyotkor tarzda uch kun davom etganligini bildirdi. Nasharga koʻra, uchrashuvga Turkiyaning taʼsiri oʻtadigan guruhlar ishtirok etgan. Uchrashuvda vakil sifatida kimlar ishtirok etganligi haqida maʼlumot bermagan Nasharning bildirishicha, tomonlar Halabda BMTning Suriya boʻyicha maxsus vakili Staffan de Misturaning taklifiga binoan yechimga erishish uchun reja ishlab chiqishga harakat qilishgan.

“Lekin (muzokaralar natijasida) bir kelishimga erishilmadi. Chunki Halabda qamalda boʻlgan kuchlar oxirigacha jang qilish va hech qayerga ketmaslikka qaror qilishdi”, dedi Nashar.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ham Turkiya ishtirokida Suriya muxolifati bilan muzokaralar oʻtkazilganligini tasdiqladi. Lavrov maʼlum sabablarga koʻra muzokaralar haqida maʼlumot berishi mumkin emasligini qayd etar ekan, uchrashuv tashabbusi professional tarzda amalga oshirilganligini va shu tarzda davom etishini taʼkidladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.