Hizb ut-Tahrir Turkiya viloyati yangi kampaniya boshladi

463
0

Hizb ut-Tahrir Turkiya viloyati yangi kampaniya boshladi

Hizb ut-Tahrir Turkiya viloyati “Halab va Arakan yonmoqda”, nomli kampaniya boshlaganligini eʼlon qildi.

“Halab va Arakanda yuz berayotgan gʻayriinsoniy qirgʻinlarga qarshi hokimlar va kuch egalari siyosiy masʼuldir. Biz Hizb ut-Tahrir Turkiya viloyati sifatida yangi kampiniya boshladik. Mazkur kampaniya orqali Halab va Arakanda yonayotgan olovning soʻnishi, tinimsiz davom etayotgan zulmlarga chek qoʻyilishi va mazlum musulmonlarning faryodlariga quloq tutilishi uchun avvalambor rahbarlarni va kuch egalarini, qolaversa butun musulmonlarni siyosiy ogohlikka daʼvat etamiz”, deyiladi eʼlonda.

Ijtimoiy taroqlardagi Hizb ut-Tahrir Turkiya viloyatiga qarashli quyidagi sahifalarni kuzatib borish orqali kampaniya haqida toʻliq maʼlumot olishingiz mumkin:

https://www.facebook.com/HTturkiyemedyaofisi/
https://twitter.com/HizbutTahrirTR
https://www.instagram.com/hizbuttahrirturkiye/

Hizb ut-Tahrir Turkiya viloyati matbuot boʻlimining rahbari Mahmud Qor mazkur kampaniya doirasida barcha musulmonlarga video murojaat yoʻlladi. Janob Qor oʻzining video murojaatida jumladan shunday deydi:

“Ey musulmonlar! Birmaning butparast hukumati Arakandagi musulmon birodarlarimizni vaxshiylarcha qatl qilib, uylariga oʻt qoʻymoqda. Farzandlarini aql bovar qilmaydigan qiynoqlarga solib, muslima ayollarning nomuslarini toptamoqda.

Rossiya va Asad rejimi esa Amerika Qoʻshma Shtatlari hukmi ostida Halabni bombalashda va ayollarni, bolalarni, qariyalarni qatl etishda davom etmoqda. Xalqi musulmon boʻlgan ellik olti davlat hokimlarining mavjudligiga qaramay, qahramonona nutqlar soʻzlab, ammo jasurona bir qadam ham tashlashdan ojiz rahbarlarning muvjudligiga qaramay va kazarmalarda yotib, davlat toʻntarishidan boshqa hech narsa qila olmagan qoʻmondonlarning mavjudligiga qaramay, bu ishlar tinim bilmay davom etmoqda.

… Myanma hukumati ham, Rossiya va Assad rejimi ham, Arakandagi va Halabdagi musulmonlarni “terroislar” deya oʻzlarining qirgʻinlarini oqlashga urinmoqda”.

Quyidagi rolik orqali Mahmud Qorning murojaati bilan toʻliq tanishishingiz mumkin:

https://www.youtube.com/watch?v=4r-BlecZueE

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.