Musulmon Turkiya xalqi uchun yagona yechim Xalifalikdir
Prezident Rajab Toyyib Erdogʻan “Turkiya ShHTga aʼzo boʻlsa, xotirjam faoliyat olib borishi” haqida bayonot bergandan soʻng atrofdan turli fikr mulohazalar bildirila boshladi. Rossiya, Xitoy va Qirgʻiziston kabi davlatlarning vakillari Erdugʻonning bu fikrini maʼqullab olqishlashdi. Hatto unga Shanxay doirasida vazifa ham topshirildi.
Sputnik Axborot agentligi tarqatgan xabarga koʻra, Turkiya Shanxay Energiya klubining 2017 yilgi faoliyatiga raislik qiladi. Shanxay Energiya Klubi sammiti 2017 yilda Istanbul yoki Anqarada boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan. Biroq ShHTning bosh kotibi Rashid Alimov esa ayni paytda tashkilotni kengaytirishga shoshilmayotganligini bildirdi.
“Tashkilotni kengaytirishga shoshilayotganimiz yoʻq. Hozirgi paytda Hindiston va Pokistonning aʼzoligiga doir ishlar bilan shugʻullanyapmiz. Bu borada dasturlarimiz mavjud va ohista bir shaklda harakat olib boryapmiz”, dedi ShHT bosh kotibi.
Hizb ut-Tahrir Turkiya viloyati prezident Erdugʻonning mazkur bayonotini izohlar ekan, Turkiya bilan YeI oʻrtasida munosabatlar yomonlashgan paytda Turk hukumati ShXTga aʼzolik mavzusini koʻtarishini qayd etdi. Hizb ut-Tahrirga koʻra, Turk hukumatining bu bayonoti 2013 yilda berilgan bayonotning aynan oʻzginasidir. Qurilgan kundan boshlab taraqqiyot va yuksaklikni Gʻarbning buzuq qadriyatlaridan izlab kelayotgan ilmoniy demokratik jumhuriyatni tanqid ostiga olgan Hizb ut-Tahrir YeI ham, ShHT ham, musulmonlarning dardiga aslo malham boʻlmasligini taʼkidladi.
“Tarix boʻyi Islom va musulmonlarning dushmani boʻlgan Yevropa Ittifoqi musulmonlarni ekspluatatsiya qilishdan va Turkiyaga bir bozor sifatida qarashdan nariga oʻtmadi. Yevropa davlatlarining Yaqin Sharq va Afrikadagi musulmonlarga qilgan zulmlari hech kimga sir emas. Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo hukumatlar ham musulmonlarga zulm qilishda ulardan kam emas. Yevropa Ittifoqi ham, Shanxay hamkorlik tashkiloti ham, Islom va musulmonlarga qarshi qanday dushmanlik qilayotgani kundek ravshan. Shunday ekan, Osiyodagi mazlum musulmonlarga qarshi zolimlarning yonida boʻlish, ularga nisbatan xiyonat emasmi? Yoki Yevropa Ittifoqiga muqobil sifatida koʻrilayotgan ShHTga aʼzo davlatlarning rahbarlari qilayotgan ishlardan xabaringiz yoʻqmi? Har kun Halabni bombardimon qilayotgan va Qrimni bosib olgan Rossiya emasmi? Sharqiy Turkistondagi birodarlarimizni genotsidga duchor qilayotgan Xitoy emasmi? Musulmonlarning hatto soqollariga toqat qila olmayotgan Tojikiston emasmi? Jamoat joylarida namoz oʻqishni man qilgan Qozogʻiston emasmi? Qamoqxonalarga tashlangan musulmonlar qaytib chiqarmayotgan davlat Oʻzbekiston emasmi? Islom va musulmonlarga dushmanlik qilayotgan bu rahbarlar bilan bir tashkilotdan oʻrin olish bu zolimlarning zulmlariga sherik boʻlish bilan barobardir. Musulmon Turkiya xalqi uchun Yevropa Ittifoqi ham, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti ham yechim boʻla olmaydi. Olti yildan buyon boshiga bomba yogʻib kelayotgan Suriyaliklarni, butparastlarning qiynoqlari ostida qatl qilinayotgan Arakanliklarni va azonni ham taʼqiqlayotgan Falastinni qutqaradigan yagona yechim Xalifalikdir”, deyiladi jumladan Hizb ut-Tahrir Turkiya viloyati matbuot boʻlimi tarafidan chiqarilgan bayonotda.