Qirgʻizistonni qanday kelajaklar kutmoqda

885
0

بسـم الله الرحمن الرحيم

Qirgʻizistonni qanday kelajaklar kutmoqda

Parlamengdagi koalitsiyani tarqalib ketishi va yangi koalitsiyaning tashkil topilishi bilan baʼzi deputatlar kelajakda bosimlarga uchrashidan xavfsirab, hukumatning shu kungacha qilib kelayotgan ayblarini bar qanchasini ochib tashladi. Unda yoʻl qurilishi, maktab sohasidagi ishlar, ularga bayujetdan pul ajratijga javobgar boʻlgan komissiyaning javobgarligi, sogʻliqni saqlash vazirligi, vrachlar, yiliga minglagan gudaklarning nobud boʻlishi, militsiya hodimlarining qilgan jinoyatlari, ulardagi porahoʻrliklar, ularning bosqinchilik ishlari, rahbarlarining bundagi javobgarliklari, avariyalarda halok boʻlgan va jarohatlangan insonlar, qishloq hoʻjalik mahsulotlarining chetdan kelishi, hatto pamidor, kartoshka, olma, hamda sut mahsulotlari ham chetdan kirib kelishi bilan Qirgʻizistonning qishloq hujaligi umuman shol holga kelib qolishidan hadikda ekanliklarini va ish oʻrinlarining yildan yilga kamayib ketayotganini aytib oʻtishdi. Bu ishlarda prezident hukumatni va undagi kadrlarni bevosita oʻzi tayinlayotgan insonlar kelgani sababli hamma ishdan oʻshalar javobgar deb prezidentga savol maʼnosida yuzlanishdi; qayoqqa qarayapsizlar? Nima bilan shugʻullanmoqdasiz?

Bularni aytishlari bilan yangi hukumatga, xossatan Atambayevga; bizga qiladigan bosimlaringni oʻylab qilinglar, aks holda ishni boshqa tomonga burib yuboramiz deb ogohlantirgan boʻldi. Xalq oldida esa, oʻz xalqiga kuyungan, ularning dardlarini tushunadigan, kelajagi uchun jonkuyar qahramonlarga aylanishlarini maqsad qilishdi. Hukumatdan quvulgan avvalgi “shavvozlar” ham sekin qoʻzgʻala boshlashdi. Ular yana xalq tepasiga qaytishlariga umid bogʻlashmoqda.

Aslida prezident bosh boʻlib hukumat nima bilan shugʻullanayotgani ularga juda aniq, hatto ular ham bu ishning ichida. Ular oʻz foydalariga kelganda xalqni umuman uylashmaydi, hatto qonunni ham buzishlari odatiy hol. Biroq qonun egalari, yaʼni deputatlar oʻzaro kelisha olmay qolishganda, har biri konstituttsiyani rukach qilib, oʻz manfaatini himoya qiladi. Shunday vaqtda kuchlirogʻi konstituttsiyaga oʻzgartirish kirgizib boʻlsa ham, oʻz maqsadlariga yetishni xohlashadi. Shu bois prezident konstituttsiyaga oʻzgartirish kiritib boʻlsa ham, oʻzi xohlagandek ish qilishni, yaʼni hukumatga kelishda Rossiya oldida boʻyniga olib qoʻygan vazifalarini ado qilishni va u tomonidan oʻz oʻrnida qolish uchun qilinayotgan vaʼdalarga erishishni koʻzlab ish yuritadi. Konstituttsiyaga oʻzgartirish kiritmay turib, bu maqsadlarga erishishi mumkin emas. Shuning uchun kelgusi oyga referendum oʻtkazishni belgilandi. Lekin bunga ovoz berish ham odatdagidek, kalbaki boʻlib, yaxshi natijalar bilan oʻtganligi eʼlon qilinadi va bunga qarshi boʻlganlar uchun sharoitlar torayadi, tazyiqlar, quvgʻinliklarga duchor boʻlishi ehtimoli bor. Shuning uchun qarshi tomon oldini olib, hukumatning kamchiliklarini eslatib oʻtmoqda. Agar biz bilan hisoblashmasang, biz boshqa yoʻlga oʻtamiz, deb ogohlantirishmoqda. Xalq oldida oʻzlarini qahramonlar qilishi esa quruq gap. Ularga mansab berilsa yoki oʻzlariga ozgina tahdid boʻlsa, bu gaplar ham toʻhtaydi. Bunday boʻlishligini biz avvaldan aytib kelamiz. “Hizbiy uyushma” degan kitobimizda quydagicha kelgan:

“…Shunga qaramasdan, u oʻz yurti uchun chinakamiga qoʻzgʻalmaydi va xalqi uchun oʻzini butunlay fido qilmaydi. Chunki u oʻz atrofidagi vaziyatlarni fikran sezmaydi va xalq eʼtiyojlarini fikran his qilmaydi. Farazan u qoʻzgʻalib, uygʻonish(xalqning taraqiyoti)ni talab qilsa ham, bu uning shaxsiy manfaatlariga zarar yetganidan yuzaga kelgan yoki boshqa xalqlarning qoʻzgʻolonlariga taqlid boʻlgan qoʻzgʻalish boʻladi. Shuning uchun unga mansab berilishi yoki uning talablari qondirilishi bilan unga yetayotgan zarar yoʻqolgan paytda qoʻzgʻalish nihoyasiga yetadi. Shuningdek, qoʻzgʻalish shaxsiyati va manfaatlariga zid kelgan paytda yoki bu qoʻzgʻalishdan oʻziga ozor yetgan paytda ham uning qoʻzgʻalishi nihoyasiga yetadi”.

Biz bu haqiqatga juda koʻp guvoh boʻlmoqdamiz. Rosululloh(s.a.v):

“لاَ يُلْدَغُ المُؤْمِنُ مِنْ جُحْرٍ وَاحِدٍ مَرَّتَيْنِ”

“Moʻmin bitta teshikdan ikki marta chaqtirmaydi”, deb, bir marta ishonish mumkin, aldangandan keyin ham ishonish moʻminning ishi emas demoqda. Bu hadisni Buxoriy chiqardi.

Abu Zar.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.