Saudiya qiroli: Biz Jeneva-1 yechimini qoʻllab quvvatlaymiz

796
0

Saudiya qiroli: Biz Jeneva-1 yechimini qoʻllab quvvatlaymiz

Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz Suriya inqirozini hal qilish uchun Jeneva-1 muzokarasiga amal qilish kerakligini bildirdi. Qirolga koʻra, Saudiya hukumati Jeneva-1 hisobotida asoslangan siyosiy yechimni qoʻllab-quvvatlaydi.

Saudiyaga qarashli rasmiy axborot agentligi tarafidan berilgan maʼlumotga koʻra, qirol Salmon Suriya muxolifati muzokara oliy qoʻmitasining raisi Riyoz Hijob va baʼzi qoʻmita aʼzolarini poytaxt Riyozdagi saroyida qabul qilgan. Suriyadagi soʻnggi vaziyat muhokama qilingan uchrashuvda qirol Salmon Jeneva-1 konferentsiyasida qabul qilingan qarorlarga amal qilinishi zarurligi taʼkidlagan.

“Suriya inqirozini bartaraf qilish, qiyinchiliklarni yengib oʻtish va kutilgan maqsadlarning roʻyobga chiqishi borasida Suriya xalqi bilan birgamiz. Saudiya Arabistoni Jeneva-1 hisobotiga asoslangan siyosiy yechimni qoʻllab quvvatlaydi” dedi qirol Salmon.

Turkiston:

Suriyada qoʻzgʻolon boshlanganidan buyon Amerika oʻz malaylari orqali bu qoʻzgʻalon jilovini qoʻlga olishga tinimsiz harakat qilib kelmoqda. AQShning talabiga binoan Eron va Rossiya kabi baʼzi davlatlar bu qoʻzgʻolonga nisbatan ochiq dushmanlik pozitsiyasini tutib kelayotgan boʻlsa, Turkiya, Katar va Saudiya kabi mintaqa davlatlari “silliqlik” bilan ish yuritishmoqda. AQSh va Gʻarb davlatlari oʻzlaricha Suriya xalqi kelajagi va taqdirini belgilash uchun Jeneva-1-2-3 va Vena anjumanlari kabi bir qancha yigʻinlar tashkil qilishdi. Bu yigʻinlarda Suriyalik vakillar shunchaki guvoh sifatida ishtirok etishdi. Gohida Suriya taqdirini belgilash uchun tashkil qilingan yigʻilishda Suriya xalqidan biror kishi ham ishtirok etmagan paytlari ham boʻldi.

Qirol Salmon yechim deb nomlayotgan Jeneva-1 qarorlari Islomiy ummat zarariga til biriktiruvdan boshqa narsa emas. Chunki ular Suriya ahlining taqdirini, kelajagini belgilashda Suriya xalqining talablariga zarracha ham eʼtibor berishmadi! Suriya xalqi Islomiy shariatdan boshqasiga rozi boʻlmayotganligiga butun dunyo guvoh boʻlib turibdi. Biroq Gʻarb musulmonlarning oʻz taqdirlarini oʻzlari belgilashlariga aslo yoʻl qoʻymaydi. Bu Suriyada boʻladimi va boshqa yurtlarda boʻladimi, farqi yoʻq.

Amerika Suriya rejimini saqlab qolish uchun 2012 yil 30 avguvstda amalga oshirgan Jeneva-1 konferentsiyasida bir qancha masalalar ustida kelishib olindi. Koʻp partiyaviylik, Suriyadagi mavjud rejim moʻʼtadil muxolafat bilan birga oʻtish davri hayʼatini tashkil qilish, taraflar oʻrtasida dialog oʻtkazish, Suriya konstitutsiyasini qayta koʻrib chiqish va boshqaruv shakli ilmoniy boʻlishi shular jumlasidan. Biroq bu bandlarning birortasida ham Suriya xalqining fikri olingan emas.

Amerika oʻzining malaylari orqali Suriyada qoʻzgʻolonining jilovini oʻz qoʻliga olishga qattiq harakat qilayotganligining sababi shundaki, agar u Suriyada ilmoniy boshqaruvni paydo qilishga muvaffaq boʻlsa, bu bilan Xalifalik tiklanishini oldini olgan boʻladi. Chunki Xalifalik davlatining tiklanishi mustamlakachilarning Islom oʻlkalaridan quvib chiqarilishini anglatadi. Shuning uchun ham Gʻarb masʼullari, siyosatchilari va mufakkirlari musulmonlarning qaysi yurtida boʻlmasin Xalifalikning tiklanishiga aslo yoʻl qoʻymasliklarini ochiq aytib jar solishmoqda.

Nafaqat AQSh va Gʻarb davlatlari, balki Islomiy deb nomlangan davlatchalar ham Xalifalik davlatining tiklanishiga qarshi turibdi. Chunki bu davlatchalarning hokimlari Xalifalik davlati tiklanishi bilan oʻzlarining boshqaruvlariga chek qoʻyilishini yaxshi bilishadi. Saudiya ham, Eron ham, Turkiya ham, hech qaysi davlat bundan mustasno emas. Shuning uchun bu hokimlar oʻzlari hukmronlik qilayotgan har bir mamlakatda siyosiy Islomga qarshi quturib hujum qilmoqda, mavjud tuzumga qarshi boʻlganlarni taʼqib qilishmoqda, ularga “terrorchi”, “ekstremist” deb soxta ayblovlarni yopishtirishmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.