Musulmonlarga nisbatan zulmlar to’xtatilsin

390
0

Без имени-1

Butun dunyoga ma’lumki, Rossiyada yuz bergan portlashlar va cherkovga o’t qo’yilishi ortidan Rossiya va unga tobe bo’lgan Tatariston hukumati bu ishlarning aybdori sifatida musulmonlarni nishonga oldi. Kuch ishlatar tizimi tarafidan ko’cha ko’ylarda musulmonlar qo’lga olinib, qamoqqa tashlanyapti va turli qiynoqlarga solinmoqda.

2013 noyabr oyidan boshlab rus politsiyasi bilan hamkorlikda musulmonlarga qaratilgan qamoqqa olish amaliyotini o’tkazayotgan Tatariston kuch ishlatar tizimi musulmonlarga nisbatan og’ir qiynoq uslublarini qo’llab, qilmagan ishlarini bo’yniga olishi uchun majbur qilmoqda.

Rus jalodlari va Tatariston hukumati musulmonlarga nisbatan amalga oshirayotgan bu zulm va qiynoqlariga qarshi Turkiyaning bir qancha shaharlaridagi Musulmonlar Tataristondagi birodarlariga dastak bo’lish uchun harakatga kelishdi. Ular Rossiya va uning malayi Tatariston hukumatidan qiynoqlarni to’xtatish va ularni zudlik bilan ozod qilinshi talab qilib chiqishdi.

Istambul, Ankara, Vursa, Adana, Mersin, Shakariya, Yalova, Xo’jaeli, Van, Erzurum, Konya, Karaman, Shonliurfa va boshqa shaharlardan musulmon yoshlar, qarilar, ayollar va bolalar tataristondagi musulmonlar bilan hamnafas ekanliklarini izhor qilishdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.