YeIning maxsus vakili rasmiy tashrif bilan Qirgʻizistonga keldi

955
0

YeIning maxsus vakili rasmiy tashrif bilan Qirgʻizistonga keldi

Yevropa Ittifoqining Qirgʻizistondagi vakilligi xabar qilishicha, YeIning Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Peter Burian 8-12 noyabr kunlari davom etadigan rasmiy tashrif bilan Qirgʻizistonga keldi.

Tashrif davomida Peter Burian 10-11 noyabrda Bishkekda boʻlib oʻtadigan “Markaziy Osiyoda ekstremizmni oldini olish – daʼvatlar va jamoalar darajasida javob qaytarish” deb nomlangan hududiy anjumanda ishtirok etadi.

Tadbir 2016 yil mayda boʻlib oʻtgan Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo oʻrtasidagi siyosat va havfsizlik masalalari boʻyicha oliy darajadagi muzokaralar va 2016 yil oktyabrda boʻlib oʻtgan Markaziy Osiyo tashqi ishlar va Yevropa Ittifoqi vazirlari yigʻilishida oxirgi erishilgan kelishuvlar doirasida tashkil etildi.

Bundan tashqari, Piter Burian Qirgʻiziston hukumati aʼzolari, Jogorku Kenesh deputatlari, fuqarolik jamiyati vakillari bilan Yevropa Ittifoqi va Qirgʻiziston oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qilish uchun maslahatlashuvlar oʻtkazadi. Maslahatlashuvlar davomida mamlakatda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar mavzusi muhokama qilinadi.

Yevropa Ittifoqining mahsus vakili 8 noyabr kuni Oʻsh shahrida boʻlib, mahalliy markazlar xodimlari uchun tashkil etilgan seminarda ishtirok etdi.

Turkiston:

Qirgʻizistonga Gʻarb hazorati kirib kelmoqda. Buni koʻrib turgan yetakchi guruh vakillari, ularning hazoratlariga qarshi mafkuraviy quvvatga ega emasliklari sababli hech qanday chora tadbirlar koʻra olishmayapti.

Qirgʻiziston hokimiyati prezident boshchiligida parlament diktaturasini oʻrnatish uchun harakat olib boryapti. Ular referendumdan oʻtib olsa, Rossiya yoki Turkiya singari avtoritar rejim oʻrnatish loihasiga koʻra harakat olib borishadi. Lekin burunlarini tagida rangli inqilobga tayorgarlik koʻrilayotganidan xavfsirashayotgani yoʻq. Chunki xavfsirashga va himoya qilishga arzigulik qadriyatlar, shior va eʼtiqodlar qolmadi. Elita vakillari juda koʻp xato qilishaverib holdan toyishdi. Hukumat va prezident esa, faqat hokimiyatni qoʻlda tutib qolishdan oʻzga strotegiya haqida oʻylamay qoʻydi.

Yuqoridagi YeI vakilining Qirgʻiziston boʻylab, suvda yurgan baliqday erkin yurishiga sabab, Qirgʻiz hokimiyatining ulardan qarzga botib qolishi va yana qarz olishga ehtiyoji oʻta kuchli ekanligidir. “Qassobga goʻsht qaygʻusi, echkiga jon qaygʻusi” deyilganidek, kufr olami bizlarning shu kundagi iqtisodiy va siyosiy oʻta nochor ahvolimizdan oʻz manfaatlari yoʻlida oʻta unumli foydalanib olishmoqda.

YeI Qirgʻizistonda saqofiy mustamlaka taʼsirini kuchaytirib boryapti. Peter Burian singari Gʻarb mulozimlari Qirgʻizistondagi oʻz hazoratlari taʼsirlarini va barcha nodavlat tashkilotlarni bir qator taftish qilib tekshirib koʻrish bilan, oʻzlariga tobe quvvatlarning barchasini faoliyatlarida yanada ragʻbatlantirib qaytadi. Chunki bu tashkilotlarning deyarli hammasi Gʻarb davlatlari tomonidan moddiy va moliyaviy dastaklanib turiladi.

Qirgʻizistonning hozirgi ahvoli oʻta xavfli. Uning Islom mafkurasidan xavfsirayotgandek koʻrinishi oʻz xalqini aldashdan oʻzga narsa emas. Haqiqiy parokandaga olib boradigan mafkuraviy xavf xatar Gʻarb hazorati bilan kirib kelyapti. Lekin bu hazoratning oʻz himoyachilari boʻlgan yirik mamlakatlar bor. Qirgʻiz hokimiyat egalarining Islom mafkurasiga qarshi kurash va harakatlari oʻsha mamlakatlar tomonidan moliyaviy yordam, grant yoki qarz berib turish bilan ragʻbatlantiriladi. Shuning uchun ular osongina Islom hazoratidan kelib chiqqan qadriyatlarni jamiyatdan surib chiqarish ishlarini kuchaytirib borishadi.

Soʻng Qirgʻiziston qarzga botib boʻlganida, ular mamlakatimizda xohlagan ishini, xohlagan joyida amalga oshira boshlashadi. Qarzga botib borayotgan va yana qazga muhtoj boʻlgan yetakchilarimiz esa, ularga qarshilik qila olishmaydi. Rangli inqilobga qarab borayotgan vaziyat, endi nafaqat Qirgʻizistonning, balki Rossiyaning Ukrainadan keyingi yangi muammosiga aylanib qolish ehtimoli kuchayib borayapti.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.