Donald Tramp AQShning 45-prezidenti etib saylandi

520
0
L

Donald Tramp AQShning 45-prezidenti etib saylandi

Amerikaliklar 8 noyabr kuni AQShning 45-prezidentini saylash uchun ovoz berdi. AQSh prezidentligi uchun Demokratik partiyadan Hillari Klinton, Respublikachilar partiyasidan Donald Tramp daʼvogarlik qildi. Saylovda Donalьd Tramp gʻalaba qozondi va Amerikaning 45-prezidenti etib saylandi.

Xabarlarga koʻra, Tramp 276 ovozga ega boʻlgan, Xillari Klinton esa 218 ovozga ega boʻlgan. Umuman olganda respublikachilardan nomzodni qariyb 57 million saylovchi qoʻllab-quvvatlagan boʻlsa, Klinton uchun 55,8 mln saylovchi oʻz ovozini bergan.

Soʻnggi natijalar Viskonsi va Michigan shtatlaridan kelgan boʻlib, ularda Trampning gʻalabasi aniqlangan.

Xillari Klinton shuncha vaqtdan buyon raqib sifatida milliarder, biror davlat xizmatida ishlamagan nomzod Donald Trampni oxir oqibat gʻalaba bilan tabriklashga majbur boʻldi.

Turkiston:

Ha, AQSh davlatining strotegiyasini prizident emas, neokonservatorlardan iborat yetakchi quvvat belgilaydi. Prizident ham, yetakchi guruh ham, senat va yetakchilikni boʻlishib olgan ikki partiya (respublikachilar va demokratlar) ham, umumiy strotegiyaga mos ravishda ish olib borishadi.

Yetakchi quvvat dunyo sistemasini qurol qilib, olamiy siyosiy va giopolitik oʻzgarishlarga muvofiq oʻz taktikalarini oʻzgartirib borishadi. Masalan xalqaro siyosatda, 2000 yildan keyingi vaziyatlarda ham hozirgi vaziyatlarga oʻxshash holat yuz berib, yetakchi quvvat vakillari prizidentlikka kichik Bushni olib kelishgan edi. Yaʼni kutilayotgan ishlarga mutanosib boʻlgan shaxsni prizidentlakka olib kelib, uni emotsional shaxs deb, uning qoʻli bilan ulkan jinoiy ishlarni amalga oshirib olishadi.

Donolьd Tramp AQSh prizidenti lavozimini egalladi. Bundan avval NATOning sobiq bosh kotibi Anders Fog Rasmussen bergan bayonot Trampning roli qanday boʻlishini ifodalab bergan edi. “Bizga xalqaro politsiyachi boʻlgan Amerika kerak. Biz Amerikaning jahon ishlaridagi yetakchiligini oʻrnatishimiz lozim”, “Qudratli davlatlarning dam olishga haqqi yoʻq. Atrofga qarasangiz, dunyo urush va mojarolar alangasida qolganini koʻrasiz. Iroq parchalanish yoqasida. Liviya – Shimoliy Afrikadagi davlatchiligini yoʻqotmoqda. Rossiya Ukrainaga hujum qilayapti va Sharqiy Yevropani beqarorlashtirayapti. Xitoy oʻz kuchini namoyish etmoqda, yadro hujumlari bilan tahdid qilayotgan gʻayriqonuniy mamlakat boʻlgan Shimoliy Koreya”, “Bularning barchasi xalqaro huquq va tartibni tiklash uchun xalqaro politsiyachi kerakligini bildiradi”, — deya qayd etgan edi Rasmussen.

Yaʼni AQShning endigi taktikasi, kelayotgan prizidentining feʼli atvoriga mutanosib boʻladi. Toʻgʻrirogʻi, AQShning yangi strotegiyasiga munosib deb tanlangan prizident kelyapti.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.