Qirgʻiziston xavfsizlik xizmatlari teraktlarni oldini olishga qodir…mi?

870
0

Qirgʻiziston xavfsizlik xizmatlari teraktlarni oldini olishga qodir…mi?

Xavfsizlik Kengashining sobiq kotibi Alik Orozovning fikricha, agar Qirgʻizistonda Frantsiyada boʻlgani kabi teraktlar sodir boʻladigan boʻlsa kuch organlari vaziyatni nazorat qila olishmaydi.

“Agar ular bir soat ichida vaziyatni nazorat qila olishmasa, bir necha soatdan keyin vaziyat nazorat ostidan chiqib ketadi”,- dedi Orozov.

Uning fikricha, garchi harakat rejasi bor boʻlsada boshqa tuzilmalar bilan oʻzaro hamkorlikni yoʻqligi bunga sabab boʻlishi mumkin. Agar yolgʻiz MXDQning bir oʻzi harakat qiladigan boʻlsa hech narsaga erisha olmaydi.

Xavfsizlik kuchlari faxriysi Taalaybek Jumadilovning maʼlum qilishicha, Qirgʻiziston rahbariyati xavfsizlik xizmatlariga boshliq tayinlashda milliy xavfsizlikni taʼminlash va tashqi tahdidlarga tayyor turishni maqsad qilishmaydi.

“Ular siyosiy raqiblariga qarshi kurashga koʻproq eʼtibor qaratishadi. Shuning uchun ham siyosiy mojarolar kelib chiqyapti”,- dedi Jumadilov.

Uning qayd etishicha, agar u yerda (maxsus xizmat rahbariyatida) koʻchadan kelgan odamlar oʻtirmaganida ikkita inqilobga yoʻl qoʻyilmagan boʻlar edi.

Turkiston:

Endi, amallaridan chetlatib yuborilgan organ xizmatidagi bir qator harbiy xizmatchilar oʻzlarini yana hukumat xizmatiga taklif qilishyapti. Buning uchun u tashlandiq xizmatchilar mamlakatdagi xavfsizlik vaziyatini oʻta keskin qilib koʻrsatmoqchi boʻlishayapti. Lekin yana musulmonlar va islomiy xavf xatarlar avvalgi oʻrinda turipti.

Prizident tarafdorlarining hozirgi siyosiy holati oʻta zaif ekanligi sababli hokimiyat vakillari, ishdan ketishlari bilan xavfsizlik boʻyicha analitik boʻlib olgan bir qator mutaxasislarni diqqat bilan eshita boshladi. Demak baʼzilari elita vakillari va davlat arboblari boʻlgan bu harbiy siyosatchilarni hokimiyat oʻzi tomon ogʻdirmoqchi boʻlyapti. Bularning qoʻllari bilan siyosiy elita ichidagi keskinlik va oʻta xavfli vaziyatni tinch turgan va hech qanday xavf tugʻdirmayotgan Islom va musulmonlar tomonidan kelayotgan qalbaki vahimaga burib yubormoqchi boʻlyapti.

Bu eski va siyqasi chiqib, xalqning ishonchidan chiqib boʻlgan uslubdir. Yaʼni, bir qator qoʻporuv amaliyotlari uyushtirish, keyin prizident chiqib, “meni teroristlar qoʻrqita olmaydi, bular referendumni toʻxtatishmoqchi boʻlishayapti” deb, islomiy jamoaga toʻnkaydigan jinoiy ishlarga muxolif kuchlarni ham qoʻshib yuboradi. Natijada bir oʻq bilan ikki quyonni urib olgan boʻladi. Bu iflos ishlarni hozirgi xavfsizlik xizmati yetakchilari amalga oshirib bera olmaydi, deb hokimiyatni ishontirish bilan, yuqoridagi xizmatchilar vaziyatni oʻz qoʻllariga olishmoqchi. Lekin bu ularning xom xayollari. Endi kech qolishdi. Qalbaki qoʻporuv amaliyotlari Qirgʻizistonning parokandasini chiqarib yuborishi mumkin. Negaki siyosiy vaziyat oʻta keskin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.