Nur-Sultonda “C5+1” shaklidagi uchrashuv boʻlib oʻtdi

446
0

Nur-Sultonda “C5+1” shaklidagi uchrashuv boʻlib oʻtdi

 2019 yilning 21 avgust kuni Qozogʻiston poytaxti Nur-Sulton shahrida “Markaziy Osiyo-AQSh” shaklining (“C5+1”) navbatdagi yuqori darajali uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

 Uchrashuvda Oʻzbekiston TIV rahbari Abdulaziz Komilov, Qozogʻiston TIV rahbari Beybut Atamkulov, Qirgʻiziston Tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov, Tojikiston TIV rahbari Sirojidin Muhriddin, Turkmaniston tashqi ishlar vazir Rashid Meredov va AQSh davlat kotibi oʻrinbosari Devid Xeyl ishtirok etishdi.

Aytishlaricha, uchrashuvda tomonlar birgalikda turli sohalardagi koʻp tomonlama hamkorlik holati va rivojlanish istiqbollari, jumladan, iqtisodiy sheriklikni qoʻllab-quvvatlash, mintaqaviy xavfsizlik muammolarini hal qilish, Markaziy Osiyoda va qoʻshni Afgʻonistonda tinchlik va farovonlikka koʻmaklashish masalalari yuzasidan fikr almashdi.

 Taʼkidlanishicha, birgalikdagi saʼy-harakatlar tufayli mintaqada mutlaqo yangi ishonch muhiti yaratildi, oʻtmishda yaqinlashishga toʻsqinlik qilgan koʻplab muammolarni hal qilishda katta yutuqlarga erishildi, savdo, investitsiya, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar aloqalar, chegaralar va mintaqalararo hamkorlik va boshqa sohalar faollashmoqda va kengaymoqda.

 Mintaqa mamlakatlari va AQSh tashqi siyosat idoralari rahbarlari “C5+1” hamkorlik platformasi umumiy masalalarni birgalikda muhokama qilish va hal qilish forumi sifatida qoʻllab-quvvatlash tasdiqlashdi.

 Izoh: AQShning “S5+1” shaklidagi muloqotdan koʻzlagan maqsadi Markaziy Osiyo respublikalarini Afgʻoniston orqali olamiy bozorlarga olib chiqish va shu orqali bu mintaqadagi ham iqtisodiy, ham siyosiy manfaatlarni qoʻlga kiritish. Bu loyiha amalga oshsa, AQSh butun mintaqani Rossiyaning iqtisodiy taʼsiri ostidan olib chiqa oladi. Chunki bu butun olamga aynan faqat Rossiya orqali chiqish mumkin boʻlgan yoʻnalishlar uchun muqobil yoʻl boʻlib, Markaziy Osiyoni Rossiya va Xitoyning iqtisodiy mustamlakasi ostidan chiqarib yuborishi mumkin boʻlgan loyihadir. Yaʼni bu loyiha AQSh uchun ham iqtisodiy, ham siyosiy manfaat olib kelishi mumkin boʻlgan muhim loyihalardan hisoblanadi. Lekin Rossiya ham buni anglab turibdi. Uning ham mintaqada koʻplab loyihalari joriy etilmoqda.  

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.