Frantsiyaning loyihalari!
Bu davlatning oʻzidan oldingilar qilolmagan ishni qilish – xususan Shomda – qoʻlidan keladimi?
Shom qoʻzgʻoloni haqiqatda muborak qoʻzgʻolon. U Islom Ummati qoʻzgʻolonidir, dunyoda birinchi davlat boʻlgan AQShni ojiz qoldirgan qoʻzgʻolondir. Oxir, bu davlat prezidenti Obama 2016 yil 4 avgustda Suriya qoʻzgʻoloni “sochlarimni oqartirdi”, deb yubordi. Bu davlat tashqi ashlari vaziri Kerri 2016 yil 22 sentyabrda Suriya qoʻzgʻoloni uning ishlarini “puchga chiqargani”ni aytdi. Bu gapni uning tashqi ishlar vaziri matbuot voizi Toner ham 2016 yil 4 oktyabrda takrorlab, Suriya qoʻzgʻoloni Amerika rejalarining “puchka chiqishiga, gʻazablanishiga” sabab boʻldi, dedi. Xoʻsh nega shunday?! Buning sababi, Shom qoʻzgʻoloni shiori “Allohdan oʻzgaga hargiz tiz choʻkmaymiz” shiori boʻlganidir, Alloh Taoloning Shomni Oʻz kafilligiga olgani va u yerga Oʻzining sara bandalarini kiritganidir.
Frantsiya Amerikaning ojizligini va Suriya ishida uni Yevropa bilan qoʻshib chetga surib qoʻyganini koʻrgach, harakatga keldi. Darhol 2016 yil 5 oktyabrda hukumati matbuot voizi Le Folь tilidan “Halab va Suriyadagi vaziyat bilan bogʻliq chiqargan qarorini xavfsizlik kengashida oʻrtaga tashlashi”ni aytdi. “Halabda sodir etilayotgan ishlarga noroziligini, uni qabul qilmasligini” bildirib, rejimning Rossiya uchoqlari qoʻllab-quvvatlovi ostida sodir etayotgan ishlarini “chidab boʻlmas hujumlar”, deya qoraladi. Ayni krizisni muhokama qilish va Halabga oid oʻz loyihasini tiqishtirish uchun tashqi ishlar vaziri Eyroni oyoqqa turgʻazib, Moskvayu Vashingtonga joʻnatdi.
Uning xatti-harakati aytib turibdi, u Suriya ishida oʻzining chetga chiqarilganiga norozi, oʻzi ham bu ishga aralashish uchun turli bahonalarni axtarmoqda. Suriya ishiga aralashuvini 2015 yil 8 sentyabrda boshladi. Oʻshanda Suriyaga razvedkachi uchoqlarini yubordi, keyin 2016 yil 27 sentyabr kuni “Islomiy Davlat” tashkilotiga qarshi kurash bahonasida u yerda birinchi marta havo hujumlarini amalga oshirdi. Shunga qaramay, Amerika uni chetga surishga va Suriya mavzusini oʻzi bilan Rossiya oʻrtasiga cheklashga harakat qilmoqda. Lekin Frantsiya ham taslim boʻlmadi. Shovqin koʻtara boshladi va ayni mavzuda oʻz qoʻllari boʻlishi uchun fursatni gʻanimat bildi, darhol 2016 yil 15 sentyabrda tashqi ishlar vaziri tilidan baland ovozda “Amerikadan Suriyada oʻt ochishni toʻxtatishga oid Rossiya bilan kelishgan bitimini koʻrsatishni”, talab qildi.
Natijada Frantsiya Rossiyani ham, Amerikani ham noqulay ahvolga solib qoʻydi. Shunda Rossiya goʻyo oʻzini Frantsiya tashabbusiga qoʻshilayotgandek koʻrsatib, olqishladi. Shuning uchun uning tashqi ishlar vaziri Lavrov 2016 yil 6 oktyabr kuni frantsiyalik hamkasbi Eyro bilan suhbati chogʻida bunday soʻzlarni aytdi: “Biz prezident Putinning 19 oktyabrdagi Frantsiya tashrifiga hozirlik koʻryapmiz va bu tashrifning yuksak ahamiyat kasb etishiga hamda ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qilish, shu bilan birga, siyosiy masalalar, ayniqsa, Suriya va Ukraina masalalarini muhokama qilish uchun qulay imkoniyat boʻlishiga ishonchimiz komil. Moskva Frantsiyaning xavfsizlik kengashiga taqdim etgan Halabdagi vaziyat bilan bogʻliq yangi qarori loyihasidagi fikrlarini muhokama qilishga tayyor… Biz Suriyada boʻlayotgan hodisalardan gʻoyat tashvishdamiz. Vaziyatni mumkin qadar tez fursat ichida normallashtirish uchun bor kuchimizni sarflaymiz”. Rossiya goʻyo oʻzini Frantsiya tashabbusiga qoʻshilayotgandek koʻrsatayotgan boʻlsa-da, biroq “gʻoyat tashvishda” ekanligi koʻrinib turibdi. Chunki u boshi berk koʻchada qolgan, undan “mumkin qadar tez fursat ichida” chiqishni istaydi. Shuning uchun ham prezidenti Putin Frantsiyaga bormoqchi. Biroq Rossiya Xavfsizlik Kengashiga Frantsiya loyihasiga muqobil loyihani taklif qildi, natijada, kengash ikkala loyihani muhokama qilish uchun 2016 yil 8 oktyabrda favqulodda yigʻin chaqirdi.
Frantsiya taqdim etgan loyihada Halabda oʻt ochishni toʻxtatishga, uning ustidagi harbiy uchoqlar parvozini toʻxtatishga, qurshovdagilarga yordamlar yetkazib berishga, sulh uchun xalqaro nazorat mexanizmi ishlab chiqishga hamda siyosiy yechimni amalga oshirishga chaqirilgan. Ammo Frantsiya uchun eng muhim tashvish, oʻzidagi buyuklik va yirik davlat sifatida qaralish istagini qondirish yoʻlida oʻz vazniga ega boʻlishdir. Rossiya uchun esa Ukraina masalasi koʻproq muhim. Aftidan, Putin Frantsiyaning Suriyadagi talablaridan Ukrainaga oid biror narsani qoʻlga kiritish uchun kuzir karta sifatida foydalanishni istayotgan koʻrinadi.
Rossiyaning Frantsiya loyihasiga muqobil loyihani xavfsizlik kengashiga taklif etganiga kelsak, bu Rossiyaning hamon Amerika bilan birga harakat qilayotganiga va u bilan Suriya masalasida kelishib olgan rejani davom ettirishni istayotganiga dalolat qiladi. Amerika malayi de Mistura maʼlum qilganidek, qoʻzgʻolonchilar Halabdan chiqqanlari yoʻq, shuni eʼtiborga olib, Rossiya Halabni butun aholisi bilan vayron qilib tashlash mavzusida Amerika bilan til biriktirgandi. Frantsiya esa ikkalasini ham mana shu mavzuda noqulay ahvolga solib qoʻydi va shu boisdan Rossiya Frantsiyadan oʻch olmoqchi boʻldi. Bu intiqom uchun Rossiya Frantsiya loyihasiga qarshi veto qoʻyib, uni ijrodan bekor qildi. Ikkovining loyihasi ham bir-biridan farq qilmay, qoʻzgʻolonni yoʻq qilish uchun oʻt ochishni toʻxtatishga chaqiradi. Rossiya loyihasi muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Aslida, Rossiya uni muvaffaqiyat topishi uchun taklif qilmagandi, balki Frantsiyaga qasdma-qasdlik qilib hamda Amerika bilan kelishib olganidek Halabga bomba yogʻdirishni toʻxtatmaslik uchun taklif qilgandi. Shuning uchun biz barcha kuchlarning qoʻzgʻolonni yoʻq qilish borasida tillari bitta ekanini, bunchalar olishishlari boisi, har bir taraf faqat oʻz manfaatini va xalqaro mavqeini mustahkamlashdan iboratligiga guvoh boʻlmoqdamiz.
Frantsiya oʻzining xalqaro mavqeini koʻtarish bilan oʻz hisobiga ulkan yutuqni qayd etish maqsadida oʻzidan oldingilar qilolmagan ishni qilaman, deyapti. Yaʼni Islom Ummati qoʻzgʻolonini oʻchirmoqchi. Biz uni Xavfsizlik Kengashida va xalqaro masalalarda harakatga kelib qolganiga, shu orqali Yevropa mavqeini ham koʻtarishga urinayotganiga, ayniqsa, Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi ortidan Yevropa yetakchisiga aylanishni orzu qilayotganiga guvoh boʻlmoqdamiz. U olib borajak siyosatini chizib oldi: faqat oʻziga ishonadi, Yevropa qoʻllab-quvvatloviga umid qiladi, Rossiya bilan til topishib oladi, AQShga esa taʼsir oʻtkazishga urinadi va buni uning ishlarini ataylab buzish, oldida tashvishlar tugʻdirish orqali amalga oshiradi, toki, Amerika xalqaro masalalarda, jumladan, Suriya masalasida uni ham sherik qilsin. Darhaqiqat, Frantsiya Yevropa qoʻllab-quvvatloviga erishdi, AQSh va Rossiyaning rejim bilan birgalikda Halabga zarba berishga oid koalitsiyalariga Yevropa qarshi chiqdi, Xavfsizlik Kengashida Britaniya bilan Ispaniya Halabni bombardimon qilinishiga norozilik chiqishi qilishdi, Germaniya ham bunday “dahshatli jinoyat”ni toʻxtatishga chaqirdi.
Frantsiya Iroqda ham harakatga kelib qoldi. Uning mudofaa vaziri Le Drian bayonot berib, Frantsiyaning Mosul jangidan oldin “Islomiy Davlat” tashkilotiga qarshi jang qilishga va uni ildizidan yoʻq qilishga qaror qilganini taʼkidladi. Iroq masalasida oʻzini zoʻrlab tiqishtirishni va Amerikaning yakkahokim boʻlishiga yoʻl qoʻymaslikni istayapti. Masalan AQShning 2003 yildagi urushiga qarshi chiqqan edi va hamon uni shu masalada tanqid qilib kelyapti. Prezidenti Olland 2016 yil 12 sentyabrda “AQShning 11 sentyabr hujumlari ortidan bildirayotgan reaktsiyasi va Iroqqa harbiy aralashuvi, terrorizmni yoʻq qilish va boshboshdoqlik koʻpayishiga yoʻl qoʻymaslik oʻrniga, terrorizm tahdidini bitta ortishiga sababchi boʻldi”, deya bayonot berdi.
Bu davlatni Liviya masalasiga ham aralashishga va oʻz nufuziga ega boʻlishga harakat qilayotganini koʻryapmiz. U Liviyada har xil rol oʻynayapti, yaʼni arqonni ikki tomonga tashlagan: bir tomondan, Xaftarni qoʻllab-quvvatlash orqali AQShni rozi qilmoqchi, ikkinchi tomondan, britaniyaparast Sarroj hukumatini qoʻllab-quvvatlamoqchi.
Hech shubha yoʻqki, Frantsiya ham jinoyatkorlikda Amerika, Rossiya va Britaniyadan aslo qolishmaydi, Halab mavzusida ham u yerdagi jinoyatlarni tanqid qilib ovozini koʻtarayotgani yoʻq. Xoh, ilgari Jazoirdagi mustamlakachilik davrida boʻlsin, xoh Malida boʻlsin, xoh yaqindagi Markaziy Afrikada boʻlsin, oʻzi burnini tiqqan hamma yerda xuddi shunday. Chunki uning qoʻllari butun qora tarixi davomida qonga botgan. Shu bois bu davlatga va uning loyihasiga aslo tayanib boʻlmaydi, xuddi boshqa mustamlakachi davlatlar va ularning loyihalariga tayanib boʻlmaganidek. Faqat bu davlatlar oʻrtasida oddiy farqlar bor: shaxsiy manfaatnigina oʻylash, xalqaro taʼsirga ega boʻlish va buyuk boʻlish istagini qondirish uchun oʻzini zoʻrlab tiqishtirish.
Shuning uchun xususan, Shom ahli va butun mintaqa ahli, bunday mustamlakachi davlatlarning barchasidan qoʻllarini yuvib olsinlar, ularga ham, ularning malaylariga ham biror narsada tayanmasinlar. Chunki ularning har biri yovuz, yovuzliklari chor atrofga yoyilgan. Shom ahli oʻzlariga, Ummatlariga, xususan, Ummat orasidagi xolis va rostgoʻy kishilarga tayansinlar, undaylar oralarida juda koʻp. Allohdan yordam soʻrab, sobit tursinlar, chunki dushmanlari ham qiynalyapti, boshi berk koʻchadan chiqmoqchi boʻlyapti, biroq oʻzlari taslim boʻlmaslaridan oldin sizni taslim qilish uchun sizga bosimlarini toʻxtatishmayapti, ammo maqsadlari chippakka chiqmoqda.
Sizlar taslim boʻlish ham yoʻq, muzokaralar ham yoʻq, to qonxoʻr rejim agʻdarilib, Islom boshqaruvi barpo etilmaguncha faqat qoʻzgʻolon bor, deb aytinglar.
وَلاَ تَهِنُواْ فِي ابْتِغَاء الْقَوْمِ إِن تَكُونُواْ تَأْلَمُونَ فَإِنَّهُمْ يَأْلَمُونَ كَمَا تَأْلَمونَ وَتَرْجُونَ مِنَ اللّهِ مَا لاَ يَرْجُونَ وَكَانَ اللّهُ عَلِيمًا حَكِيمًا
“Sizlar bu kofir qavmni quvishda sustkashlik qilmang, agar qiynalayotgan boʻlsangiz, ular ham siz qiynalganingizdek qiynalishmoqda, (shu bilan birga)siz Alloh tomonidan ular umid qilmagan narsani umid qilmoqdasiz-ku. Alloh bilim va hikmat egasi boʻlgan zotdir” [Niso 104]
Asʼad Mansur