“Fiqhul voqeʼ” yoki islomda aqlning oʻrni

1137
0

بسـم الله الرحمن الرحيم

“Fiqhul voqeʼ” yoki islomda aqlning oʻrni

Islom Alloh Taoloning bandalariga bergan ulkan neʼmati boʻlib, uning masʼuliyatini faqat aqllilardan talab qildi. Chunki Islomga iymon keltirish ham, u keltirgan narsalarni tushunish ham aqlga bogʻliq. Islom barcha mavjud fikrlar kabidir: uning voqesi mavjudligi yoki uning aslining voqesi mavjudligi aql orqali idrok etiladi. Bir vaqtning oʻzida uning fikrlarini oʻz ichiga olgan nususni ham albatta aql tushunishi va maʼnolarini idrok qilishi zarur boʻladi. Islom nususlarida – na Qurʼonda va na hadisda – Allohdan boshqa hech kim bilmaydigan sirli soʻzlar yoʻq:

وَأَنزَلْنَا إِلَيْكَ الذِّكْرَ لِتُبَيِّنَ لِلنَّاسِ مَا نُزِّلَ إِلَيْهِمْ وَلَعَلَّهُمْ يَتَفَكَّرُونَ

„Sizga esa odamlarga nozil qilingan narsalarni (yaʼni shariat ahkomlarini) bayon qilib berishingiz uchun va shoyad tafakkur qilsalar, deb bu eslatmani – Qurʼonni nozil qildik.“[16:44]

Qachonki Islom aqlga boʻysunadi, deyilsa, bu toʻgʻri gap, lekin bu – Islomni asosi boʻlgan Alloh Taologa va Uning “Kitobi”ga iymon keltirishdagi asosdir, degan maʼnoda toʻgʻridir. Shuning uchun Alloh Taolo aqli yoʻq jinnidan yoki hali voyaga yetmagan yosh boladan takliflarni soqit qilgan, chunki shariatni talab qiladigan asos, yaʼni aql ularda yoʻq. Shuningdek, qachonki Islomning oʻlchovi aql deyilsa, bu ham toʻgʻri gap boʻladi. Chunki aql Islomning asosi va uni tushunib amal qilishdagi zaruriy vosita-quroldir, yaʼni hidoyat yoki zalolat ekanini aql aniqlaydi. Hidoyat yoʻlini Alloh Taolo “Kitob”ida va “Rosuli”(s.a.v)ning sunnatida bayon qilib qoʻygan. Ammo unga aqlsiz yetib boʻlmaydi. Shariat deb “demoqtariya”ni ham olaverishdan saqlovchi va shariatga yoʻllovchi asos ham aqldir.

Shuningdek, qachonki Islomning oʻlchovi aql deyilsa, bu ham toʻgʻri gap boʻladi. Chunki aql Islomning asosi va uni tushunib amal qilishdagi zaruriy vosita-quroldir. Buni quydagicha tushunamiz:

Aqlning voqei shundan iboratki, idrok hosil boʻlishi uchun his qilinadigan voqe boʻlishi zarur. Agar his qilinadigan voqe boʻlmasa, aqliy jarayon ham boʻlmaydi, yaʼni aql ishlatilmaydi. Demak, idrok ham faqat his qilinadigan voqe boʻlsagina hosil boʻladi, fikr ham faqat his qilinadigan voqe boʻlsagina mavjud boʻladi. Agar his qilinadigan voqe mavjud boʻlmasa, masala xayoliy va soxta boʻlib qoladi-da, aql yoki fikr yohud idrokdan boʻlmaydi. Shunga binoan aqldan his qilinmaydigan voqeni idrok qilish talab qilinmaydi, chunki uni idrok qilish, yaʼni aqliy jarayon hosil boʻlishi maholdir.

Ammo aqidalar masalasida aqlning vazifasi ularning toʻgʻri yoki buzuqligini idrok qilishdan iborat, zero aqidalarga aql dalil boʻladi. Islom kelgan ilk davrlarda ham aqidalarini ota-bobolaridan aqllarini ishlatmasdan qabul qilib olgan mushriklarni juda koʻp oyatlarda qoralab nozil boʻlgan. Masalan; “Baqara” surasining 170-chi oyatida: “Qachon (mushriklarga): “Alloh nozil qilgan hukmlarga boʻysuningiz”, deyilsa, ular: “Yoʻq, biz otalarimizni qanday yoʻlda topgan boʻlsak, oʻshanga ergashamiz”, deyishadi. Agar otalari hech narsaga aqllari yetmaydigan, toʻgʻri yoʻlni topolmaydigan boʻlsalar, ham-a?” yoki “Moida” surasining 5-chi oyatida: “Qachon ularga: “Alloh nozil qilgan narsaga va paygʻambarga kelinglar”, deyilsa, ular:“Biz uchun ota-bobolarimizni nimani ustida topgan boʻlsak, oʻsha yetarli”,deyishadi. Agar ota-bobolari hech narsani bilmaydigan va haq yoʻlni topa olmaydigan boʻlsalar ham-a?!”.
Ammo shariat talabi boʻyicha Islom aqidasini aqliy dalil asosida yoki asli aql bilan isbotlangan qatʼiy naql asosida qabul qilish farz. Alloh Taolo johiliyatdagilarni bir necha oyatlarda: “…otalari hech narsaga aqllari yetmaydigan…” deb ularni qoralash bilan aql ishlatishni farz qilyapti.

“Baqara” surasida: – „Albatta, osmonlar va Yerning yaratilishida, kecha va kunduzning almashib turishida, dengizda odamlarga kerakli narsalarni olib yurgan kemalarning (suzishida) va Alloh osmondan tushirgan va u sababli oʻlik yerni tiriltirib, bor jonzotni tarqatib-yoyib yuborgan suv degan neʼmatda va shamollarning yoʻnaltirilishida, osmon va Yer orasidagi itoatgoʻy bulutda – (bulutlarning hammasida) aqlli kishilar uchun oyat-alomatlar bordir“ [2:164]

Aqldan aqidani toʻgʻri yoki buzuqligiga hukm chiqarish talab qilinadi. Mana shu, Islomda aql ishlatishning usuli, aqidalarda dalil sifatida ishlatiladi va aqidaning toʻgʻri yoki buzuqligiga aqlni xokim qilinadi, chunki aql aqidaga Qurʼon va Sunnatdek dalil boʻla oladi yaʼni “Jannat”ga yoki “Qiyomat kuni”ga Qurʼon va hadislar asosida iymon keltirsak, Islomni asosi boʻlgan Alloh Taologa va uning kitobiga iymon keltirishda aql asosida iymon keltiramiz. Ammo sharʼiy ahkomlarga esa aql dalil boʻlolmaydi, zero sharʼiy ahkomlarning dalili sharʼiy nususlardan boshqa narsa emas, yaʼni Qurʼon, Sunnat va Qurʼon bilan Sunnat dalolat qiladigan Sahobalar ijmosi va Qiyos kabi dalillardir. Sharʼiy Ahkomlarda aqlni ahkomlar dalolat qilgan iboralarni tushunishga tariqat qilinadi, yaʼni undan tushinilgan dalillar sharʼiy ahkomlar ekanligini tushunishga vosita qilinadi. Shariatga ishonish-imon keltirish aqlga bogʻliq emas. Balki Alloh Taolo tarafidan kelgan Shariat qonunlarining barchasiga mutlaq taslim boʻlish lozimdir.

„Yoʻq, Parvardigoringizga qasamki, to ular oʻz oʻrtalarida chiqqan kelishmovchiliklarda sizni hakam qilmagunlaricha va keyin siz chiqargan hukmdan dillarida hech qanday tanglik topmay, toʻla taslim boʻlmagunlaricha-boʻyinsunmagunlaricha zinhor moʻmin boʻla olmaydilar“. [4:65]

Demak, aql Ahkomlarning toʻgʻriligi yoki buzuqligi ustidan hukm chiqarmaydi, chunki aql Ahkomlarga dalil emas. Ahkomlarning dalili sharʼiy iboralar va sharʼiy iboralar dalolat qilgan dalillardir. Chunki aqldan iboradagi narsa toʻgʻri yoki xatoligiga hukm chiqarish emas, balki iborani tushunish va uni oʻz voqeʼligiga bogʻlash talab qilingan. (bu mavzu haqida “Hizbut tahrirning musulmonlarga otashin nidosi”dan mufassal maʼlumot olishingiz mumkin).
Shundan har qanday musulmon uchun aql shariatni tushunishda ham, unga amal qilishda ham asos hisoblanadi. Mujtahidlar avval voqeʼlikni aql asosida yaxshi oʻrganadi, soʻng oʻsha voqeʼlikka taalluqli nususlardan Alloh Taoloning hukmini tushunadi va bu hukm oʻzi uchun ham, shu mujtahidga ergashayotgan musulmonlar uchun ham Alloh Taoloning hukmi boʻlib qoladi. Shunda hukmni izlab topish uchun voqeʼlikni oʻrganishda ham, nususlardan unga aloqador hukmni tushunishda ham, muqalidlar hukmga amal qilishlari uchun shu hukmni vaqeʼligini bilishda ham aql asos boʻladi. Aynan mana shuni – FIQHUL VOKEʼ yoki MANOT(sharʼiy hukm tatbiq etiladigan voqelik)ni tushunish deyiladi. Masalan: insonlarning hayotini tartibga soluvchi qonunlar kerak. Bu mavzuʼni mujtahid oʻrganib, unga aloqador hukmlarni, yaʼni qonun chiqarish faqat Alloh Taoloning haqqi va birorta inson bu ishni qilishi mumkin emas, aks holda kofir boʻladi, hamda bu ishda kim sherik boʻlsa, u ham gunohda va dindan chiqishda bir xil sherik boʻladi – deb shariatni bayon qildi va bu hukmni quydagi dalildan istinbot qilgan, Alloh Taolo dedi:

إِنِ الْحُكْمُ إِلاَّ لِلَّهِ

 „Hukm yolgʻiz Allohning izmidadir“. [12:67].

Endi bir inson: “vakolatingni menga ber. Meni saylasang jamiyatni farovonlikka olib chiquvchi qonunlarni chiqarib beraman” – deb vakolat soʻrasa, u ham, vakolatini beruvchi ham kofirlik qilgan boʻladi, hatto unga shu ishda yordam berganlar ham, duolar qilib, gʻolib boʻlishlarini tilaganlar ham gunohda barobar boʻladilar, chunki haromga sherik boʻlganlarning ham gunohi bir xil boʻlishini mujtahid yetkazdi. Bu hukmlarni hadisdan tushunish mujtahidlarning ishi boʻlsa, hayotda amal qilish uchun oʻz voqeʼligiga aql vositasida bogʻlash(manotini topish) har bir moʻminning burchi. Anas ibn Molikdan rivoyat qiladi:

“لَعَنَ رَسُولُ اللَّهِ  فِي الْخَمْرِ عَشَرَةً: عَاصِرَهَا، وَمُعْتَصِرَهَا، وَشَارِبَهَا، وَحَامِلَهَا، وَالْمَحْمُولَةَ إِلَيْهِ، وَسَاقِيَهَا، وَبَائِعَهَا، وَآكِلَ ثَمَنِهَا، وَالْمُشْتَرِيَ لَهَا، وَالْمُشْتَرَاةَ لَهُ”

“Rasululloh(s.a.v) aroq xususida oʻn kishini laʼnatladilar: tayyorlatuvchini, tayyorlovchini, ichuvchini, tashuvchini, buyurtmachini, quyib beruvchini, sotuvchini, pulini yeyuvchini, sotib oluvchini va kim uchun sotib olingan boʻlsa oʻshani”. Termiziy rivoyati. Aroqqa qandaydir bir tomondan bogʻlangan inson aroq ichgan bilan bir xil boʻlgani kabi, qonun chiqrishdagi Alloh Taologa sheriklik qilish masalasida ham xuddi shuningdek boʻladi.
Yana bir misol: qiz bola ham, oʻgʻil bola ham balogʻatga yetganlik alomatlari zohir boʻlmasa 15 yoshdan boshlab voyaga yetgan hisoblanadi desa, bunga qarshi chiqib, oʻgʻil boʻlsin, qiz boʻlsin 18 yoshda voyaga yetadi degan inson Alloh Taoloning hukmiga qarshi chiqqan boʻladi va ishonch bilan qarshi chiqsa kofir boʻladi. Alloh Taolo aytadi:

وَمَنْ لَمْ يَحْكُمْ بِمَا أَنزَلَ اللَّهُ فَأُوْلَئِكَ هُمُ الْكَافِرُونَ

Kimda-kim Olloh nozil qilgan din bilan hukm qilmas ekan, bas, ular kofirlardir”. [5:44]

Adiy ibn Hotam Paygʻambar alayhis-salom huzuriga kirgan paytda Paygʻambar (s.a.v):

اتَّخَذُوا أَحْبَارَهُمْ وَرُهْبَانَهُمْ أَرْبَابًا مِنْ دُونِ اللَّهِ

“Ular Allohni qoʻyib oʻzlarining donishmand va rohiblarini Parvardigor deb bildilar”.[9:31] oyatini oʻqiyotgan edilar. Shunda Adiy ibn Xotam: “Ular rohiblarini Xudo qilib olmaganlar” dedi. Paygʻambar (s.a.v):“Ularga haromni halol qilib, halolni esa harom qilib berishmaganmi axir. Mana shu ularni (yaʼni rohiblarini) Xudo qilib olishlaridir” deb aytganlar.

Muttaqiy.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.