2016 yilning 26 oktyabr kuni Oʻzbekiston respublikasi bosh vaziri oʻrinbosari Adxam Ikramov boshchiligidagi delegatsiya ikki tomonlama kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida javob tariqasidagi tashrif bilan Oʻsh shahrida boʻladi.
Prezident devoni, hukumat, tashqi ishlar vazirligi vakillari, Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari hokimlari, davlat va ijtimoiy tuzilmalarning viloyatdagi boʻlimlari, mahalliy oʻz-oʻzini boshqarish organlari, ishbilarmon doira rahbarlari, fermerlar, ilm-fan va maorif, madaniyat va sanʼat arboblaridan iborat Oʻzbekiston delegatsiyasi Qirgʻizistonning yuqori mansabdor shaxslari va qoʻshni Botken, Jalolobod va Oʻsh viloyatlari vakillaridan iborat delgatsiya bilan uchrashuv va muzokaralar oʻtkazadi. Tashrif doirasida ikki tomonlama munosabatlar va chegara hududlarida hamkorlikni yanada rivojlantirishning amaliy masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan.
Maʼlumki, 1 oktyabrь kuni Qirgʻiziston bosh vazirining birinchi oʻrinbosari Muhammetkaliy Abdulgaziyev boshchiligidagi delegatsiya Oʻzbekiston tomonining taklifiga binoan Andijon shahriga tashrif buyurgan edi. Uchrashuv yakunlariga koʻra oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzolangan edi.