Harom qilingan qonlarni toʻkishni toʻxtating… haromlarni muboh sanashni bas qiling

905
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيم

Harom qilingan qonlarni toʻkishni toʻxtating… haromlarni muboh sanashni bas qiling

Axir qachongacha baʼzi otryadlar yoʻlini yoʻqotib, maqsadidan adashib hayron kezishda, oʻzining nima uchun vujudga kelganini tushunmay, oʻzaro nima uchun jang qilayotganini bilmay koʻr-koʻrona yurishda davom etaveradi?! Oqibatda bu otryadlar dushman koʻksini nishonga olgan qurol boʻlishdan oʻz musulmon birodari koʻksiga oʻqtalgan qurolga tezlik bilan aylanib qolmoqda!!

Shom qoʻzgʻolonida oʻzaro jang gʻalabaga olib kelmasligini, faqat jinoyatchi rejim foydasigagina va uning ortida turib Shom qoʻzgʻoloniga qarshi ertayu kech makr qilayotgan Amerika foydasigagina xizmat qilishini bilmaydigan bironta nodon haqiqatan ham hamon topiladimi?!

La ilaha illalloh deb guvohlik beradigan musulmon xuddi shu shahodat kalimasini aytib guvohlik beradigan oʻz birodarini oʻldirishga qanday jurʼat qilishi mumkin axir?! Bu birodari xuddi shu maqsad uchun dushmanga qarshi jang qilyapti-ku axir?! Bu birodari u bilan birga bitta xandaqda – ikkovlariga zarba berish uchun payt poylayotgan ashaddiy dushmanga qarshi – harakat qilyapti-ku axir?! Qolaversa Shom yerida oqil kishilar qolmadimiki johil-nodonlarga – ular fasod ishlarni qilishlari va harom qonni toʻkishlari uchun – fursat berib qoʻyilsa?!

Shom yerida jang qilayotgan barcha otryadlardagi ey mujohidlar!

Shuni yaxshi bilingki, sizlar bir-biringizga qarshi sharmandali jang qilish uchun chiqmadingiz va jirkanch boʻlinishni mustahkamlash uchun ham chiqmadingiz. Aksincha sizlar Alloh kalimasini oliy qilish uchun chiqdingiz. U esa bunday ishlaringiz bilan oliy boʻlmaydi. Aksincha u saflarni birlashtirib, rejimni qulatish va Alloh shariatini hukmron qilish bilan oliy boʻladi. Shuni ham yaxshi bilinglarki, sizlar Shom qoʻzgʻolonining posbonlarisiz. Shuning uchun agar bu posbonlikni loqaydlarcha boy bersangiz va sizni maqsadingizdan chalgʻitib burib yuboradigan va ahlingizdan sizni uzoqlashtiradigan narsa bilan ovora boʻlib qolsangiz u holda aniq ishonaveringki sizlar bu posbonlikka loyiq boʻlmay qolasiz. Shom yerida bu sharafga loyiq boʻlgan kishilar koʻplab topiladi. Shunday ekan qonni daryo qilib oqizishni bas qiling. Shom ahli buni sizning qoʻlingiz bilan boʻlishini aslo kutmagan edi. Shuning uchun uni bas qiling. Aks holda yoʻlni boshqalarga boʻshatib qoʻying.

Shomdagi ey musulmonlar!

Sizlarga buyuk rol topshirilgan. Chunki sizlar Shom yerida harom qon toʻkilishiga yoʻl qoʻymaydigan xavfsizlik “klapani”siz. Shunday ekan oʻzaro jang qilishga boʻlgan barcha urinishlar qarshisida mustahkam toʻsiq boʻlib turing. Shuni yaxshi bilinglarki, bunday oʻrinlarda indamay sukut qilib turaverish Shom ahliga qarshi jinoyatdir. Haq soʻz har qanday zolimni oʻz haddida toʻxtatib qoʻyadigan soʻzdir. Bu haq soʻzdan siyosat borasida goʻdak boʻlgan kimsalar va fitnalar arboblari oʻlgudek qoʻrqishadi. Shuning uchun haq soʻzni Allohga tavakkul qilib baralla ayting. Zero qoʻzgʻolon sizning qoʻzgʻoloningiz va qon sizning qoningizdir. Shunday ekan hech qaysi kimsaning bu qoʻzgʻolon va qon bilan oʻynashishiga aslo yoʻl bermang.

Bunday hodisalar yechimi Robbim Kitobida bitib qoʻyilgan. Uni har qanday fitnachi, gunohkor kimsa koʻrolmaydi. Bu yechim shuki, Alloh Oʻz arqoniga mahkam yopishishni vojib qildi, musulmonlar oʻrtasidagi boʻlinishni va nizoni esa harom qildi. Alloh Taolo musulmonni nohaq oʻldirishni ham harom qildi. Kimki bu nususlarni bila turib oʻzini bilmaslikka olsa yoki ularni boshqa tomonga burib maʼnoni buzsa bunday kimsaning Allohni gʻazablantiradigan narsalarni soʻzlamay jim turishi yaxshiroqdir, u soxta soʻzlarni tark qilib uyidan chiqmay jim oʻtirsin. Zero har qanday muammo yechimi Alloh nozil qilgan hukmlarda mavjuddir. Ana shu otryadlarga iflos siyosiy pullarning kirib kelishi Shom qoʻzgʻoloniga zarar yetkazdi. Chunki bunday pul musulmonni oʻz birodaridan ajratib tashladi, harom qonni toʻkishni halol qilib qoʻydi va rejim bilan sulh tuzishni muboh ish qilib qoʻydi… Asl kasallikka qarshi kurashilsin va Gʻarb davlatlari bilan aloqalar uzilsin. Zero shunda mujohidlar oʻzlarining aka-uka ekanliklarini va birlashishlari yetib boʻlmaydigan bir orzu emas, aksincha Alloh farz qilgan bir vojib ekanligini va busiz musulmonlarga hech bir nusrat tushmasligini bilib oladilar.

Paygʻambarimiz alayhis solatu vassalam dedilar:

“لاَ تَرْجِعُوا بَعْدِي كُفَّاراً يَضْرِبُ بَعْضُكُمْ رِقَابَ بَعْضٍ”

“Mendan keyin bir­biringizni oʻldirib, kufr yoki zalolatga qaytib ketmang”.

Hizb ut-Tahrir Suriya viloyati

7 muharram 1438h

8 oktyabr 2016m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.