Rossiya muftisi musulmonlarni haromga daʼvat qilmoqda!

840
0

Rossiya muftisi musulmonlarni haromga daʼvat qilmoqda!

Fatvo kengashi raisi muftiy Ravil Gaynutdin Rossiyadagi parlament saylovlari kunida Rossiyadagi musulmonlarni oʻz “vatanparvarliklari”ni izhor etib, “diniy vojiblari”ni ado etishga daʼvat qildi. Fatvo kengashi bayonotida “Rossiyadagi musulmonlar raisi oʻz maʼruzasida shuni taʼkidladiki, buyuk tavhid dini saylov huquqini moʻminga vojib qilgan, chunki Robbimiz Subhanahu aytadiki: (أطِيعُوا اللهَ وأطِيعُوا الرَّسُولَ وَأُولِي الْأَمْرِ Allohga itoat qiling, Rosuliga va ish egalariga itoat qiling), yaʼni sizning foydangizga ishlaringizni boshqarishlari uchun siz saylagan rahbarlarga itoat qiling, demakdir”, deya taʼkidlandi.

Birinchidan, ushbu oyati karima saylov, degan narsani oʻz ichiga olmagan, shunga qaramay, mufti musulmonlarni adashtirish va hukumat ishlarini qoʻllab-quvvatlashga moyil musulmonga aylantirish uchun qasddan oyatga adashtiruvchi maʼno berdi.

Ikkinchidan, niso surasidagi ushba oyati karima mana bunday:

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا أَطِيعُوا اللَّهَ وَأَطِيعُوا الرَّسُولَ وَأُولِي الْأَمْرِ مِنْكُمْ

“Ey moʻminlar, Allohga itoat qiling, va paygʻambarga hamda oʻzingizdan boʻlgan (yaʼni musulmon) hokimlarga itoat qiling!” [Niso 59]

Ushbu oyat bilan Gaynutdin keltirgan oyat oʻrtasidagi farq yaqqol koʻrinib turibdi. Yaʼni u oyatdagi “مِنْكُمْ” “… Oʻzingizdan boʻlgan…” soʻzini tushirib oʻqidi. Bu soʻz esa rahbar musulmonlarning oʻz oralaridan boʻlishi, binobarin, Islom dini bilan hukm yuritishi vojib ekaniga dalolat qiladi.

Ibn Kasir ushbu oyati karima tafsirida bunday deydilar: “Ummul Husayn rivoyat qiladiki, Rosululloh A vidolashuv xutbasida bunday deganlar:

“وَلَوِ اسْتُعْمِلَ عَلَيْكُمْ عَبْدٌ يَقُودُكُمْ بِكِتَابِ اللهِ، اسْمَعُوا لَهُ وَأَطِيعُوا”

“Hatto ustingizga sizni Allohning Kitobi bilan boshqaruvchi qul rahbar etilsa ham, unga quloq soling va itoat qiling”. Abudulloh ibn Umar Rosululloh Aning bunday deganlarini rivoyat qiladi:

“السَّمْعُ وَالطَّاعَةُ عَلَى الْمَرْءِ الْمُسْلِمِ فِيمَا أَحَبَّ وَكَرِهَ، مَا لَمْ يُؤْمَرْ بِمَعْصِيَةٍ، فَإِذَا أُمِرَ بِمَعْصِيَةٍ فَلَا سَمْعَ وَلَا طَاعَة”

“Musulmon kishi, modomiki osiylikka buyurilmas ekan, oʻzi yaxshi koʻrgan va yomon koʻrgan narsalarida ham quloq solib, itoat qilsin, ammo qachon osiylikka buyurilsa, quloq solish ham yoʻq, itoat qilish ham” (Imom Buxoriy rivoyati).

Yaʼni mazkur oyati karima hukmdorga Islom doirasidan chiqmagan holda itoat qilish haqida soʻzlamoqda. Muftiy janoblari boʻlsa, bunday nususdan yuzini burib, ochiqdan-ochiq haromni qilmoqda va hukmron rejim manfaatini oʻylab, musulmonlarni adashtirmoqda.

Qachon bu dunyoda kofirlar oʻzlariga oʻzlari hukmdor tayinlashsa va unga qonun chiqarish huquqini berishsa, buni tushunish mumkin, chunki ular kofir. Biroq musulmon kishi inson aqli bilan oʻylab topgan qonunni tatbiq qilishga daʼvat qilsa, bu tushunib boʻlmaydigan holdir.

يا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لَا تُقَدِّمُوا بَيْنَ يَدَيِ اللَّهِ وَرَسُولِهِ وَاتَّقُوا اللَّهَ إِنَّ اللَّهَ سَمِيعٌ عَلِيمٌ

“Ey moʻminlar, siz Alloh va Rosuli oldida (yaʼni ikkisining iznisiz biron soʻz yoki ishga) qadam bosmang va Allohdan qoʻrqing, Alloh albatta eshitguvchi, bilguvchidir” [Hujurot 1]

Hizb ut-Tahrirning Rossiyadagi matbuot boʻlimi

Rasmiy sayt: www.hizb-russia.info

Elektron pochta: mediaoffice.htr@gmail.com

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.