Oʻzbekiston hukumati toʻgʻri tomon ilk qadamlarini boshladi

892
0

بسم الله الرحمن الرحيم

Oʻzbekiston hukumati toʻgʻri tomon ilk qadamlarini boshladi

Qadimdan aka-uka, qavmi-qarindosh boʻlib kelgan xalqlarni oʻrtasiga sunʼiy chegaralarni qoʻyish faqat ommaning nafratiga sabab boʻladi. Bu xalqlarning dini, urf-odatlari bir boʻlganidan bir-birlari bilan qudachilik rishtalarini bogʻlashdan ham moddiy, ham maʼnaviy toʻsiqlar boʻlmagan. Bu bilan birdamlik juda kuchlik boʻlib kelgan. Bularni ajratishga boʻlgan urinishlar dushmanlarning maqsadiga muvofiq keladi. Oʻz xalqini hech qanday foydasi yoʻq qiyinchiliklarga duchor qiladi, oddiy xalqning hukumatga nisbatan nafratini qoʻzgʻaydi.

Shu yil 1-chi oktyabrьda 130 kishidan iborat Qirgʻiziston xalqi vakillarining Oʻzbekistonga boʻlgan safari birdamlikni kuchaytirish uchun boʻlgan toʻgʻri qadam boʻldi. Bu bilan qarindosh-urugʻlarning anchadan beri bordi-keldilariga toʻsiq boʻlayotgan qiyinchiliklar bartaraf boʻlishiga dastlabki qadamlar deb hisoblash mumkin. Hukumatning oʻz xalqiga boʻlgan siyosatida, ularning muammolariga toʻgʻri yechimlar berish bilan hukumat xalqning qoʻlloviga erishadi. Bu bilan hukumat haqiqiy kuchga tayangan hisoblanadi. Oʻzbekiston-Qirgʻiziston hukumatlari bir-birlari bilan yaxshi muomilalarni oʻrnatish maqsadida tashkillashtirilgan bu uchrashuv omma xalqqa quvonch bagʻishladi.

Ammo bu ish “yomonning zarari tegmasligi ham bir yaxshilikdir” qabilida boʻlmasligi kerak. Shuning uchun hali oldinda hukumatlar tarafidan isloh qilinishi kerak boʻlgan va oddiy insonlarni qiynab kelayotgan talaygina muammolar bor. Chegaralar ochilishi va oʻzaro qarindoshlik, doʻstlik aloqalari bilan birgalikda iqtisodiy aloqalarda ham hech qanday toʻsiqlar boʻlmasligi ham bu ikki xalqni oʻzga yurtlarda bir burda non topish ilinchida sarson-sargardon boʻlib yurishlarini bir oz boʻlsa-da oldini olar edi. Nagaki Oʻzbekistonda yetishtirilayotgan dehqonlarning mahsulotlari bilan Qirgʻizistondagi turizmning rivojlanishi yoki chorvadorlarining(qimiz kabi) mahsulotidagi ayriboshlashlari natijasida bir oz boʻlsada oddiy ishchilarning kun kechirishlariga yengillik boʻlar edi.

Aslida bu kabi sunʼiy chegaralar avvalda boʻlmagan. Chegara belgilash faqat javobgarlik yuzasidan voliylarga taalluqli boʻlgan xalos. Ammo oddiy xalq buni oʻzaro aloqalarida sezgan ham emas. Lekin 1966 yildagi chiqarilgan qaror bilan bu xalqlarni boʻlib tashlagan soxta chegaralar oʻz taʼsirini SSSR parchalangandan keyin koʻrsata boshladi. Qarindoshlarning bir-birlariga bordi-keldi qilishlari juda katta qiyinchiliklar; forma kiygan “qaroqchilar”ni rozi qilish, oʻzoq vaqt navbat kutish kabi qiyinchiliklarni yengib oʻtishga, hatto oxirgi davrlarga kelib umuman bordi-keldi qilish amrimaholga aylangan edi. Bu qaror islomiy olamni parchalab tashlashdagi Sayks-Piko(1916) kelishimiga paralel suratda ishlab chiqilgan. Bu kabi sohta chegaralarni tan olish, oʻsha asosida toʻsiqlar qoʻyib, silai-rahm kabi farzlarni qilishdan manʼ qilish yoki oʻsha asosda urishish, janjalashish harom. Musulmonlarning davlati, xuddi oʻtmishda boʻlganidek, bitta boʻlishi vojib.

“Arabiy va Islomiy” yoki “Oʻzbekistonlik–Qirgʻizistonlik” degandek atamalar asosida bir-birlariga dushmanlardek munosabatda boʻlgan har bir kishi Alloh Taoloning farmoniga qarshi, mustamlakachining gapini qabul qilgan boʻladi:

إِنَّ هَذِهِ أُمَّتُكُمْ أُمَّةً وَاحِدَةً وَأَنَا رَبُّكُمْ فَاعْبُدُونِي

– “(Ey insonlar), sizlarning millatingiz haqiqatda bir Ummatdir (yaʼni Islomiydir). Men esa (barchalaringizning) Parvardigoringizdirman. Bas, Mengagina ibodat qilinglar!”. [21:92]

Abu Zar.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.