Tovlamachilik bilan shugʻullanib kelgan militsiya xodimlari qoʻlga olindi

1076
0

Tovlamachilik bilan shugʻullanib kelgan militsiya xodimlari qoʻlga olindi

Qirgʻiziston IIV matbuot xizmatining xabar qilishicha, militsiya xodimlari safidan tovlamachilik va talonchilik bilan shugʻullanib kelgan guruh qoʻlga olindi.

Xabar qilinishicha, IIV shaxsiy tarkib xavfsizlik xizmatiga bir necha fuqaro ariza bilan murojaat qilgan. Hozirda jinoyatchi sifatida qoʻlga olingan guruhga nisbatan Chuy viloyati pokuraturasi tomonidan mansab vakolatidan gʻarazli maqsadda foydalanish, tovlamachilik va talonchilik moddalari boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

IIV shaxsiy tarkib xavfsizlik xizmati mazkur guruhning fuqarolarni jinoiy javobgarlikka tortish bilan qoʻrqitish maqsadida ularga giyohvand moddalar tashlab qoʻyib tovlamachilik va talonchilik bilan shugʻullanib kelnganligini aniqladi.

2016 yil 24 sentyabr kuni Bishkek shahrida oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbir vaqtida mazkur jinoyatlarni sodir etib kelgan guruhning faol aʼzolari, Alamudun tumani IIB xodimlari A.A., T.oʻgʻli A. va S. A.lar IIV shaxsiy tarkib xafvsizligi tomonidan qoʻlgan olingan.

“Qamoqqa olingan Alamudun tuman IIB xodimlari bundan 10 kuncha oldin ichki ishlar safida xizmat qilishni boshlashgan edi. Jinoyat ishi Chuy viloyat prokuraturasi tomonidan tergov qilinmoqda”,- deyiladi IIV xabarida.

Turkiston:

IIV strukturasi SSSR davridan qolgan sistema bilan ish olib boradi. Bu sistema har bir mahkama uchun jinoiy ishning yuzini ochish boʻyicha muayyan meʼyorli shart (plan) belgilab beradi. Bu meʼyorni bajarishlari uchun ularning har birini kattiq nazorat va muhosaba qilib turishadi.

Jamiyat shiddat bilan islomiylashib borishi oqibatidan, jinoiy elementlar va harakatlar yoʻqolib boryapti. Koʻchalarda ilgarigidek mast holatdagi odamlar va bunga sharoit yaratib beradigan ichkilik marosimlari ham kamayib bormoqda. Masjid madrasalar toʻlib, islomiy marosimlar urfga aylanib boryapti. Yetakchi guruh vakillari, siyosatchilar va hatto shou biznes vakillari ham dunyoga Islom nazari bilan qaray boshlayapti.

Voqedagi bu holat, yaʼni jamiyatni islomiy poklanib borishi organ xodimlari uchun yuqoridan plan sifatida belgilab berilgan meʼyorlarni bajarishlarida muammolar va sezilarli qiyinchiliklar tugʻdira boshladi. Lekin yuqoridan qoʻyilgan talablar jamiyatning ketuviga tamoman zid kelmoqda. Chunki ular koʻproq jinoiy ishlarning yuzi ochilishini talab qilib, kim shu ishda ilgʻor boʻlsa, ularni navbatdagi yuqori lavozimlarga koʻtaradigan mexanizm bilan ish olib borishyapti. Jamiyatda esa aksincha, jinoiy ishlar tanqisligi kuchayib boryapti. Jamiyatdagi bu holat IIV ish olib borish sistemasining mavjud mexanizmini inqirozga olib borishi mumkin.

Jamiyatning islomiylashib borishi va buning oqibatidan kelayotgan poklik, halollik va osoishtalik hollari IIV va uning ish faoliyati uchun halokatli vaziyat yarata boshladi. Ular jamiyatda keraksiz va ahamiyatsiz boʻlib qolishdan qoʻrqa boshlashdi. Kuch strukturalari vaziyatni oʻz qoʻllarida va nazoratlari ostida ushlab qolish uchun fuqorolarni jinoyatlarga turtish, shantaj va tovlamachilik bilan ularga boʻhton qilib, qilmagan ishlarini yuklab yuborishga harakat qila boshladi. Musulmonlarni terroristlar deb hatto ularni nomidan bir necha qoʻporuv amaliyotlar uyushtirishdi. Narkotik savdosini oʻz qoʻllariga olib, butun giyohvand moddalar sotuvchi nuqtalarni organ xodimlarining oʻzlari giyohvand moddalar bilan taʼminlab borishyapti. Negaki jamiyat islomiylashib, mast qiluvchi ichimliklar va giyohvand moddalarni isteʼmol qiluvchilar ham, uni savdosi bilan shugʻullanuvchilar ham yoʻqolib boryapti. Yuqoridan qoʻyilgan mantiqsiz plan koʻrinishidagi talablar esa, toboro kuchayib boryapti.

Kuch strukturalari aslida hukumat yetakchilarining himoya vositasi boʻlib qolgan. Hukumat ularni fuqorolarning choʻntagidan boqib keladi. Shuning uchun ular organ xodimlarini xalq uchun oʻta muhim va ahamiyatli ekanlarini isbotlashga harakat qilishadi. Buning uchun jinoyatchilik ham yuqori darajada boʻlishi va toboro oʻsib kuchayib borishi kerak. Aslida har qanday demokratik jamiyatda jinoyatchilik tabiiy ravishda oʻsib borishi kutiladi. Lekin, jamiyatdan jinoyat va adolatsizlikni tabiiy ravishda surib chiqaradigan Islomiy muhitning taʼsiri esa bularni hisob kitobiga kiritilgan emas. Shuning uchun ular Islom va uni jamiyatga olib kirishga intilayotgan har qanday quvvat bilan kurash olib borishadi.

Oxirgi vaqtlarda organ xodimlariga yuqoridan islomiy shaxs va va jamoalarga qarshi qattik kurash olib borish talabi qoʻyilmoqda. Baʼzi mansabparast xizmatchilar musulmonlarga, hatto muslima opa-singillarimizga qarshi boʻhtonlar asosida ish yuritishmoqda. Yuqoridagilarni rozi qilish maqsadida yoʻq joydan ularga har xil jinoiy matohlar tashlab qoʻyishib, Allohga osiy boʻlishyapti. Organ xizmatchilarining hammasi ham bu sistematik mexanizmning iflos ish olib borish uslublaridan rozi emas. Lekin davlat miqyosida olib borilayotgan bu kufr sistemasi davlatning holdan toyishi yoki qulab borishi bilan nihoyasiga yetadi, insha Alloh.

Biz organ xodimlarini bu kabi iflos va harom ishlardan bir oz tiyilib turishga chaqiramiz. Chunki dunyo ikkiga boʻlinib boryapti. Unda Islom va kufr bir biri bilan kurashyapti. Biz sizlarni bir oz sabr qilishga chaqiramiz. Allohga osiy boʻlishda maxluqqa itoat qilinmaydi. Hatto maxluq har qancha yuqori lavozim egasi boʻlsa ham. Qirgʻizistonda siyosiy muhit va siyosatchilar borgan sari buzulib boryapti. Ular sizlarni oʻz maqsadlari yoʻlida iflos ishlarda ishlatishga harakat qilishadi. Vaziyat izdan chiqqanida esa, sizlarga yordam berishmaydi.

Birodarlar keyin kechirib boʻlmaydigan xatolarga yoʻl qoʻymanglar. Chunki kufr sistemasining egalari hukumat rahbarlarini, ular esa oʻz navbatida siz xizmatchilarni shu jarlik tomon surib borishyapti. Sizlar Islom chegarasidan chiqmang. Har bir oʻzini musulmon sanagan insondan faqat shu pozitsiyada mahkam turish talab qilinadi. Soʻng u har ikkala dunyoda yuzi yorugʻ boʻlishidan umid qiladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.