Rossiya islomiy ulamolarni jismonan yoʻq qilmoqda

792
0

Rossiya islomiy ulamolarni jismonan yoʻq qilmoqda

Tarixda ham Islom va musulmonlarga qarshi adovat bilan kurashib kelgan rus hukumati jamiyat ichida islomiy fikr va tuygʻular yoyilishini oldini olish maqsadida islomiy ulamo va diniy yetakchilarni jismonan yoʻq qilish yoʻliga oʻtib oldi.

26 sentyabr kuni soat 16:00lar chamasida Stavrapol oʻlkasi Neftekumsk tumani Qoratepa qishlogʻi masjidi imom oʻrinbosari oʻz avtomobili yonida oʻlik holatda topildi.

Ravil Kaybaliyev rus hukumatining muslima ayollar hijobiga qarshi olib borayotgan kurashiga jiddiy qarshilik koʻrsatib, qattiq turib hijobni himoya qilishi bilan mahalliy musulmonlar ichida katta xurmatiga sazovor boʻlgan inson edi. Ravil Kaybaliyev Stavrapol oʻlkasida rus kuch organlari tomonidan oʻldirilgan birinchi imom emas va agar shunday davom etadigan boʻlsa oxirgisi ham emas, bundan Alloh saqlasin.

2012- yil: Stavrapol oʻlkasi muftiy oʻrinbosari Kurman Ismoilov Pyatagorsk shahrida oʻz avtomobilida portlatib yuborilgan edi.

2013-yil: Islomiy jamoat yetakchisi Mansur Ajigisiyev kuch organlari tomonidan qoʻlga olingan va keyinchalik toʻqima ayblovlar bilan qamoqqa tashlangan edi. Oradan koʻp oʻtmay qamoqxonadan jasadi chiqqan edi.

2013-yil: 30 dekabr kuni Qoyasaul qishlogʻida kuch organlari oʻtkazgan maxsus amaliyotdan soʻng Islom faoli Ibragim Nurovning jasadi topilgan. Ibragimning yaqinlari esa u 27 dekabr kuni masjidda nomaʼlum odamlar tomonidan oʻgʻirlab ketilgani haqida xabar qilishgan edi.

2014-yil: Federal xavfsizlik xizmati (FXX) tomonidan soʻroqqa chaqirilganidan ikki kun oʻtganidan soʻng Islom faoli Zamir Taibovning qiynoq izlari yaqqol koʻrinib turgan jasadi topilgan edi.

2014- yil: Tanasida qiynoq izlari aniq koʻrinib turgan Islom faoli Almaz Abdulnosirov kuch organlariga “qarshilik” koʻrsatgani ortidan “javob oʻqi” bilan oʻldirilgan edi.

2015- yil: Irokli qishlogʻidagi masjid imomi va taniqli jamoat arbobi Zamirbek Maxmutov bomdod namoziga ketayotgan vaqtda otib ketilgan edi. Zamirbek Maxmutov Stavropol oʻlkasida hijobni himoya qilib boshlangan kampaniya tashabbuschisi boʻlgan edi.

Ularning barchasi hayotlik chogʻida kuch organlari tomonidan qattiq bosimga uchragan boʻlishiga qarmay oʻz eʼtiqodida sobit turishgan edi. Tabiiyki, bu jinoyatlarning birortasi ham tergov qilinmadi. Aksar hollarda esa bu qotilliklar kuch organlari tomonidan sodir etilgani yashirib ham oʻtirilmadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.