Netanyahu: Falastinni Xalifalik davlatidan qutqarganingiz uchun sizdan minnatdormiz
Oʻtgan chorshanba kuni Nьyu-Yorkda Avstraliya Bosh vaziri Malkolьm Ternbull bilan uchrashgan Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Falastinni Xalifalik davlatidan tortib olgan Avstraliyaga minnatdorchilik bildirish Isroilning vazifasi ekanligini taʼkidladi. Bu haqida Isroil Bosh vazirining idorasi tomonidan chiqarilgan yozma bayonotda maʼlum qilindi.
“Avstraliya askarlarining harakatlari tufayli mamlakatimiz (Falastin) Xalifalik davlati qoʻlidan xalos boʻldi. Mamlakatimizni ulardan qutqarganligingiz uchun sizning oldingizda qarzdormiz. Bu juda katta hodisadir. Menimcha tarixdagi eng oxirgi suvoriylar hujumlari mana shu boʻlsa kerak”, dedi Benyamin Netanyahu Avstraliya Bosh vaziri Malkolьm Ternbullga qarata.
Bayonotda aytilishicha, Ternbull ham oʻzini Isroilga taklif qilgan Netanyaxuga javoban “Ha, toʻgʻri. Eng oxirgi suvoriylar hujumlari Biʼrus-sabʼa mintaqasida amalga oshirildi. Men bu joyni ziyorat qilaman”, dedi.
Biʼrus-sabʼa shahri ingliz qoʻshinidagi “Anzac” nomli kuchlarining 1917 yilda amalga oshirgan hujumlari ortidan yuzaga kelgan janglardan soʻng Xalifalik davlatining qoʻlidan ketgan edi. Shu kundan boshlab 1948 yilga qadar Britaniya mandati nazorati ostida qolgan shahar bugungi kunda Isroil hukmronligi ostida ezilmoqda.
Hozirgi Isroil tuproqlarini ham oʻz ichiga olgan tarixiy Falastin diyori 1517 yilda Xalifalik davlatiga qarashli yerlardan hisoblanar edi. 1917 yilda Britaniya askarlari tomonidan Falastinning bosib olishi bilan u yerdagi Xalifalik davlatining hukmronligi nihoyasiga yetgan edi.