Turkiyaning Suriyaga aralashuvi koʻlamlari

827
0

Turkiyaning Suriyaga aralashuvi koʻlamlari

Joriy yil 24 avgustda turk uchoqlari Suriya havo boʻshligʻini buzib kirdi va Jarablus mintaqasidagi nishonlarni bombardimon qildi. Bundan keyin Turkiyaning Karakamish mintaqasida toʻplanib turgan 1500 nafarga yaqin Suriya Ozodlik armiyasi jangchilari Furot sovuti, deya nomlangan amaliyotda Turkiya chegaralarini kesib oʻtgandi. Darvoqe, Turkiyaning bu hujumni AQSh prezidenti oʻrinbosari Jo Baydenning Turkiya yeriga qadam qoʻyishidan oldin boshlagani diqqatni jalb qiladi. Bu Turkiya hukmdorlarining AQSh maʼmuriyatiga qanchalar itoatgoʻyliklarini ifodalovchi qadam boʻldi.

Bayden ham, Turkiya bosh vaziri Bin Ali Yildirim bilan bergan matbuot konferentsiyada Turkiyaning ayni jangovar amaliyotidan mamnunligini izhor etib, bunday dedi: “Biz bu amaliyotni gʻoyat aniqlab olmogʻimiz lozim: yaʼni Demokratik Ittifoq kuchlari Furotning boshqa qirgʻogʻiga (sharqiy qirgʻogʻiga) oʻtmoqlari kerak, chunki ular agar biz qoʻygan shartlarga rioya qilmaydigan boʻlishsa, AQSh qoʻllab-quvvatloviga hargiz erisha olmaydilar”. (Arabiyya Jadid 2016 yil 24 avgust). Oʻz navbatida, Yildirim ham “Suriyadagi AQSh qoʻllovi ostida oʻtkazilgan jangovar aralashuv kurd xalqini himoya qilish militsiya jangarilari Furot daryosi sharqiga qaytmagunlaricha davom etadi. (Arabiyya Jadid 2016 yil 24 avgust), dedi. “Oq uy” matbuot voizi Josh Ernest ham bunday dedi: “Kecha chorshanba kuni ertalab Suriyadagi Jarablus shahrida IShID tashkilotiga qarshi Turkiya boshlagan “Furot sovuti” amaliyoti Anqaraning oʻz kurashida koʻrsatgan muhim qoʻllab-quvvatlovga yana bir misoldir” (Xalij onlayn 2016 yil 25 avgust).

Jo Bayden Turkiyani tark etayotib, 25 avgust payshanba kuni Stokgolmdan turib, Turkiya kuchlari ayni yurtdagi “Islomiy Davlat” tashkilotini magʻlubiyatga uchratish uchun qancha vaqt kerak boʻlsa, oʻshancha Suriya yerlarida qolishga tayyor ekanini taʼkidladi. Shvetsiya poytaxti Stokgolm safari chogʻida bergan matbuot konferentsiyasida u – Vashington va uning NATOdagi ittifoqchilari, Yevropa Ittifoqi, Oʻrta Sharq hozirda Suriyada siyosiy oʻtish davri masalasi uchun yechim qidirayotganlarini bildirdi. (Rossiya Segodnya 2016 yil 25 avgust). Bundan chiqdi, Turkiyaning Furot sovuti amaliyotini boshlashi AQSh talabi va roziligi asosida boʻlgan. Turkiyaning ayni rolni ado etish uchun oldindan tayyorgarlik koʻrgani uning avvalgi pozitsiyalaridan yaqqol koʻzga tashlangan edi va buni biz ilgari aytib oʻtganmiz. Shu bilan birga, Turkiya AQSh qoʻllab-quvvatlovi ostida Rossiya va Eron, shuningdek, Suriya bilan ham kelishib ham olgan, albatta!

Turkiya ayni jangovar amaliyoti haqida oʻzining mudofaa vaziri Fikri Ishik ogʻzidan ham maʼlum qilgan edi. U mahalliy televideniyelarning biriga bergan intervьyusida uning yurti asosan ikki maqsadni koʻzlab jangovar amaliyot boshlaganini, birinchi, Turkiya chegaralari xavfsizligini taʼminlash, ikkinchi, “Islomiy Davlat” tashkilotini mintaqadan quvib chiqarilgandan soʻng Demokratik Ittifoq kuchlari bilan Kurd Mudofaa otryadlarining u yerga kirmasliklarini taʼminlashdan iboratligini taʼkidladi. Keyin “Biz u yerda Suriya Ozodlik armiyasi mintaqani toʻla oʻz nazoratiga olgunga qadar qolishga haqlimiz, afsuski, hozirda Suriyada biror davlat yoʻq, Turkiyaning Suriya yerlari birligini muhofaza etish pozitsiyasi aniq va mustahkam” ekanini qoʻshimcha qildi. Turkiya mudofaa vaziri keskin bayonot berib, “Demokratik Ittifoq partiyasi oʻz qoʻshinlarini Furotning sharqiy hududlariga olib chiqib ketishi shart, biz ularning eng kamida ikki hafta ichida chiqib ketishlari zarurligiga AQSh bilan kelishib olganmiz, hozir bir haftasi oʻtdi, muhlat tugashi uchun yana bir hafta qoldi, biz bu orada toʻla chiqib ketishlarini kutib turamiz”, dedi. Bu kuchlarni qisqa vaqt ichida ortga qaytishga chaqirib, agar bunga rioya qilmaydigan boʻlsalar, Turkiyaning har qanday amaliyotlarga qoʻl urishga haqqi borligidan ogohlantirdi. Ishikning izohlashicha, bu kuchlar mintaqada toʻqnashuv yuz bermasligiga ahamiyat qaratishlari kerak hamda “kurd kuchlari bilan IShID tashkiloti buni yaxshi anglamogʻi lozim, aks holda, Turkiya bu borada kerakli chora koʻrajak”. Keyin mudofaa vaziri uning yurti AQSh va Rossiyani ayni amaliyot haqida oldindan xabardor qilganini, keyinroq Eronga ham buni maʼlum qilganini va Turkiya Suriya rejimi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa qilmaganini qoʻshimcha qildi. (Turk Press 2016 yil 25 avgust).

Turkiya boshlagan jangovar amaliyotning Jarablus orqali boʻlganligining hech ajablanarli yeri yoʻq. Chunki garchi Erdogan va uning hukumati odamlar diqqatini “Islomiy Davlat” tashkiloti Turkiyani qamrab oluvchi xavf, degan narsaga qaratishga xarchand urinsa-da, biroq bu vaqtni va katta ishlarni talab qilmoqda hamda Erdogan bilan uning partiyasi obroʻsiga putur yetkazmoqda. Masalan, Gʻaziantep portlashlari qurbonlariga masjidda janoza oʻqilishi ortidan namozxonlardan “Erdogan qotil”, degan qichqiriqlar yangragan. Bu esa “Islomiy Davlat” tashkiloti har bir amaliyoti yaqqol koʻzga tashlanishini va yashirib boʻlmasligini anglatadi. Buning ustiga, aftidan, Amerika ham shoshilmoqda, Turkiya aralashuviga juda muhtoj. Shuning uchun Turkiyaning oʻz aralashuvini oqlashda kurdlar nomidan foydalanayotgani Turkiya armiyasida ildiz otgan millatchilik tuygʻusiga mos keladi. Shu bois ham Turkiya mudofaa vaziri Ishik yuqoridagi oʻz intervьyusida amaliyotning “Furot sovuti”, deya atalishiga alohida diqqatni qaratib, “turk qurolli kuchlari bu sohada katta tajribaga ega, amaliyotga Furot sovuti, degan nom berilishi ham chiroyli boʻlib, turk siyosiy istagini ifoda etadi, ishonamanki, askarlarimiz bu nomni Erdoganga taklif qilishgan, oʻz navbatida, u ham bu nomga rozi boʻlgan”, dedi. Endi, nega Furotligiga kelsak, buning boisi, Turkiya Suriya shimolidagi kurdlar nazorati ostidagi mintaqaga qizil chiziq tortgan. Bundan oldin esa Turkiya bufer zona boʻlishini talab qilgan edi. Bufer zona Eʼzoz shahridan to Jarablus va oxiri Bob shahriga qadar choʻzilgan boʻlib, 110 kilometr (Suriya yeridan 65 kilometr ichkari)ni tashkil qiladi va Suriyaning gʻarbu sharqidagi kurdlar mintaqasiga bogʻlanmaslikni taʼminlaydi. Amerika Demokratik Suriya kuchlarini tuzgach, Turkiya bu kuchlardan, yaʼni asosan kurdlardan tuzilgan bu kuchlarning Furot daryosidan kechib oʻtishlaridan choʻchiydigan boʻlib qoldi. Amerika Manbaj urushida shu kuchlarga ehtiyoj sezganda esa, Turkiya bunga sukut qildi va jangovar amaliyotlar tugaganidan soʻng Manbajdan chiqib ketishlarini shart qildi, xolos. Biroq AQShning Turkiyaga Suriyada muhtojligi va Turkiyaning u yerda harbiy amaliyotlar olib borayotgani esa Turkiyaning bufer zona masalasini real voqega aylantirish tomon ketayotganiga dalolat qiladi. Masalan, Al-Jazira muxbirining Suriya qurolli muxolafatidagi manbaalarga tayangan holda xabar berishicha, “bu muxolafatdagi bitta kuch turk maxsus kuchlaridan ikki yuz barobar koʻpni tashkil qiladi va ularni ellikka yaqin zirxli mashina qoʻllab-quvvatlaydi”. Manbalarga koʻra, “turk maxsus kuchlari ikki qishloq, yaʼni Imorana va Yusufbek qishloqlar atrofida kurd kuchlarining asosiy umurtqasi hisoblangan Suriya Demokratik kuchlari bilan bevosita jangga kirishgan va keyinchalik ushbu “Furot sovuti” ikkala qishloqni ham oʻz nazoratiga olgan…”. Qurolli muxolafatning aytishicha, ular IShID bilan toʻqnashuvlar ortidan Sharqiy Halabdagi Jarablusdan gʻarbiy tomondagi oltita qishloqni oʻz nazoratlariga olganlar. Ular Halvoniya, Talli-Shair, Hamirul-Ujoj, Biyri-Tahtoniy, Biyri-Favqoniy va Turayxam qishloqlaridir. Shuningdek, Bob mintaqasiga qarashli Roiy shahri sharqida joylashgan ikki qishloqni ham oʻz nazoratlariga olganlar. Bu esa muxolafatga Jarablusni Shimoliy Halabdagi Roiy shahri bilan bogʻlab olishiga, keyin esa Turkiya bilan Suriya oʻrtasidagi butun mintaqalarni oʻz nazoratlariga olishiga imkon beradi. (Al-Jazira net 2016 yil 27 avgust).

Bular Amerikaning oʻz malayi Erdoganga bufer zonani mukofot qilib berayotganini, Turkiya esa buning evaziga kelajakda Suriya shimolidagi jangchi guruhlarni oʻz nazorati ostiga olish rolini oʻynashini, yaʼni bu jangchilarning Suriyada Turkiya himoyasi ostiga oʻtishlarini, bu bilan mustaqil qaror qabul qilolmay qolishlarini anglatadi. Bunga qoʻshimcha, ayni guruhlar, aslida, boshidanoq xorijiy davlatlar yordamlariga bogʻlanib qolgan. Modomiki, ularning yordamidan uzilmas ekanlar, ertami-kech AQShning Suriyadagi loyihasiga muvofiq harakatlanadigan boʻlib qolishlari aniq, Erdogan Turkiyasi esa ularning bu harakatlarini kafiliga aylanadi. Agar bu jangchi guruhlar es-hushlarini yigʻib, Shom qoʻzgʻoloni masalasini obdan oʻylab koʻrsalar edi, shuni bilib olgan boʻlar edilarki, bu til biriktiruvchilar taqdiri ham, qoʻrqoqlar taqdiri ham bitta, u ham boʻlsa, muqarrar zavoldir. Shom qoʻzgʻoloni esa temirchining bosqoni kabi ifloslikdan tozalanib, oʻzining pokligiga qaytadi. Rosululloh A “Shom Allohning zamini orasida eng sarasi boʻlib, u yerda Allohning eng sara bandalari boʻlishlari” haqida marhamat qilganlar.

Abdulloh Mahmud qalamiga mansub

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.