Qirgʻiziston siyosiy inqiroz holatiga qarab ketyapti

1029
0

Qirgʻiziston siyosiy inqiroz holatiga qarab ketyapti

Turkiston:

Qirgʻiziston yana dunyodagi yetakchi davlatlarning oʻzaro siyosiy kelishmovchiliklari uchun kurash maydoniga aylanib boryapti. Prezident Almazbek Atambayev xalqaro siyosatdagi bu oʻyinda oʻziga qaysi rol ajratilayotganligini bila olmayotganga oʻxshaydi.

AQSh va Rossiyaning oʻrtasidagi munosabatlar tobora yomonlashib boryapti. Olamiy giopalitika siyosatida Rossiya juda katta yoʻqotishlarga duchor boʻldi. Xalqaro siyosatdagi oʻrni tubanlashib, taʼsir quvvati yoʻqolib boryapti. Iqtisodiy ahvoli oʻta nochor. Lekin shunga qaramay, Putin Rossiyani, yana buyuklikni daʼvo qilayotgandek harakatlantira boshladi.

Karimovning oʻlimi va undan keyingi Oʻrta Osiyoning taqdiri Rossiyani beʼfarq qoldirmasligi aniq edi. AQSh bilan Rossiya oʻrtasidagi muammolar aynan Karimovsiz Oʻzbekistonning taqdirini hal qilishdagi harakatlar va kelishmovchiliklardan kelib chiqdi.

Oʻzbekistonda Karimov rejimining shu kungacha saqlanib kelishida Rossiyaning hissasi juda katta boʻlgan. Oʻzbekiston migrantlar masalasi bilan ham iqtisodiy, ham ishsizlik, muammolarini yopib keladi. Bundan tashqari, Gʻarb olami bu mamlakatga bir qator sanktsiyalar qoʻyganida ham, Rossiyaning qoʻllovi bilan Oʻzbekiston bu muammoni sezilarsiz darajada oʻtkazib yubordi. Andijon qirgʻinini oʻylab topib, shu bahonada butun gʻarb matbuoti va boshqa tashkilotlarini quvib chiqardi. Rossiya ushbu harakatlari bilan Oʻzbekistonni Gʻarb saqofatidan saqlab qoldi. Undan keyin AQSh Karimovdan bir qator manfaatlari yoʻlida foydalanishga harakat qildi, foydalandi ham. Lekin matbuotini ham, muxolifotini ham va boshqa nodavlat tashkilotlarini ham deyarli olib kira olmadi.

AQSh Rossiyani oʻziga tobeʼ boʻlgan Yaponiya, Germaniya singari mamlakatlar safiga qoʻshib olmoqchi edi. Chunki AQSh boshchiligidagi Gʻarbning globallashgan xalqaro siyosati taʼsiri ostida qolgan Rossiyaning hozirgi siyosiy va iqtisodiy holati hamda uning mafkuraviy boʻshliq bilan arang boshqarib borayotgan avtoritar rejimi bu davlatni buyuklikka olib chiqa olmaydi. Lekin Putin uchun qulab borayotgan Rossiyani emas, oʻzining boshqaruv rejimini saqlab qolish muhimroqdir. Putin SNG, ODKB, ShOS va hokazo tashkilotlarni ham, ularga aʼzo mamlakatlarni ham va bu davlatlarning prizidentlarini ham faqat oʻzining rejimini saqlab qolish uchun yoʻnaltirishga harakat qila boshladi. Hatto Rossiyaning buyuklikka intilishi yoki boshqa manfaatlari ham keyingi oʻrinlarda qolib ketdi.

Atambayev esa, yirik davlatlarning bu oʻyinida oʻzining oʻrnini topa olmayapti. Gohida Erdugʻonni pinjiga kirib, 10 – 15 million dollar bergani uchun “siz mening yagona akamsiz” dedi. Keyin Putin uni tugʻilgan kuniga kelgani va koʻkragiga krest taqib qoʻygani uchun uni quchoqlayverib hammamizni uyaltirib yubordi. Gohida ochiq maydonda turip Gʻarb olamini haqoratladi. Endi esa, AQShdan – yumshoqroq qilib aytganimizda – hijolat boʻlib, BMTning sammitidan qochib Rossiyaga borib olibdi.

Atambayev esini yigʻib olmasa, Qirgʻiziston kufr yetakchilarining qoʻl ostida parokanda boʻlib ketadi. U avval bu yirik mustamlakachi davlatlarning manfaatlarini tiniq tushunib olishi kerak. Soʻng oʻzining va oʻz davlati va fuqorolarining manfaatlarini aniq bilib olishi oʻta muhim ishdir. Chunki Qirgʻiziston prizidenti boshqa kufr davlatlari qoʻllarida bir tomonlama qurolga aylanib qolishi mumkin. Bu holat, mamlakatni kufr mustamlakachilari tomonidan parokanda qilib yuborishlariga qulay fursatlar yaratib beradi. Millatlar, urugʻlar, dinlar va hatto siyosiy partiyalararo nizolar kuchayadi. Hozirda, Qirgʻizistonning ichki siyosiy ahvoli kun sayin izdan chiqib boryapti.

“Xalqaro vaziyatni tushunish har bir davlat siyosatini tushunishdan farq qiladi. Aytib oʻtganimizdek, taʼsir kuchiga ega boʻlgan davlatlarning siyosatini tushunish uning asosini tashkil qiluvchi mafkura va tariqatni tushunishga bogʻliqdir. Xalqaro taʼsir koʻrsatuvchi munosabatlarning strukturasini, boshqacharoq qilib aytganda, birinchi davlat va unga raqobatchi davlatlar holatini tashkil qiluvchi xalqaro vaziyat esa mafkura va tariqatga emas, xalqaro munosabatlarga va davlatlar orasida boʻlayotgan birinchilikni egallash, taʼsir kuchiga ega boʻlish poygasiga bogʻliqdir. Shunga koʻra, xalqaro vaziyatni anglash lozim.” (“Hizb ut Tahrirning siyosiy tushunchalari” kitobidan).

Qirgʻiziston yetakchilarining muammolari xalqaro siyosatni tushuna olmayotganlaridadir. Bundan mamlakatdagi fuqorolar koʻp aziyat chekishyapti. Rahbarlar oʻz oʻrinlarini saqlab qolish yoki boshqa manfaatlarini roʻyobga chiqarish maqsadida xalqaro siyosatda taʼsirga ega davlatlar manfaatiga ongli yoki ongsiz ravishda xizmat qilishyapti. Fuqorolarining yoki ummatning mulklarini arzon garovga berib yuborishyapti. Bundan tashqari ularning iflos maqsadlari ham bor. Biror bir siyosiy maqsadni roʻyobga chiqarish uchun hatto qoʻporuv amaliyotlarini uyushtirishdan ham tap tortishmaydi. Yuzlagan fuqorolarini oʻlimi bilan yakun topadigan milliy nizolar uyushtirish, musulmonlarni nomidan qoʻporuv amaliyotlari sodir etish va ularni atayin turmadan qochirib, oʻldirib yuborish ishlari …, bularning hammasi arzimas kreslolarini yoki boshqa dunyo matohlarini saqlab qolish uchungina bajariladi. Buning ortida esa, kufr yetakchilarining manfaatlari yotganini sezishmaydi ham.

Misol sifatida 2010 yildagi Oʻsh voqeʼasini keltirish mumkin. Qirgʻiziston muvaqqat hukumati Bakiyevni quvishda foydalanib qolish maqsadida atayin kuchaytirib yuborishgan Oʻzbek elitasini yoʻq qilishni maqsad qilishdi. Lekin Rossiya Oʻzbekistonni qochqinlar bilan holdan toldirish orqali, bir oz oʻziga tobeʼligini kuchaytirib olishni qasd qilgan edi. Shuning uchun muvaqqat hukumat kichik bir milliy nizo chiqarishga tayorlanganida, Rossiya avvaldan tayorlab qoʻygan snayperlari vositasida urushni kuchaytirib yubordi. Natijada hozirga kelib, butut muvaqqat hukumat aʼzolari bir birlarini aybdor sanay boshlashdi.

Lekin birortasi ham tashqi kuchlar haqida gapirishmayapti. Negaki ularning har biri yana oʻsha tashqi yetakchi davlatlarning qoʻllarida qoʻgʻirchoq boʻlib qolishdi yoki endi qoʻgʻirchoq boʻlishdan umidlari bor.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.