Siyosiy doira va uning jamiyatga boʻlgan taʼsiri va ahamiyati

1110
0

Siyosiy doira va uning jamiyatga boʻlgan taʼsiri va ahamiyati

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston siyosiy doirasining hozirgi holati haqida

Turkiston:

Siyosiy doira – siyosiy habarlar, siyosiy ishlar va siyosiy hodisalarni kuzatib, fikr bildiradigan va jamiyat ishlarini shu fikrlar asosida boshqaradigan kishilar doirasidir. Yaʼni hokim boʻlgan va hokimiyatda boʻlmagan siyosiy kishilar doirasidir. Siyosiy kishilar yashayotgan bu doira siyosiy doira deb ataladi. (Turkiston.net sayti kutubxonasi, “siyosiy fikrlar” kitobidan olindi).

Karimovning oʻlimi ortidan boʻlayotgan siyosiy oʻzgarishlar Oʻzbekistondagi siyosiy doiraning rossiyaparast qirralarini kuchaytira boshladi. Karimovdan qolgan rejim Mirziyoyevni mamlakat yetakchiligi tomon ilgari surdi. Oʻzbekiston rejimi bundan keyingi faoliyatida ham Gʻarb tomonga suyana olmaydi. Chunki bu rejim Gʻarb olami ularga qoʻyadigan talablarni, hatto bir qismini ham bajara olmaydi. Negaki, Oʻzbek xalqining bu rejimga nisbatan salbiy va kasoskorlik munosabati oʻta kuchlidir. Xalqqa ozgina erkinlik berilishi, hatto fikriy erkinlik berilishi ham ularni halokatli holatga olib borishini yaxshi bilishadi. Shuning uchun Oʻzbek rejimi hozirgi holatida Rossiyani avtoritar rejimiga suyanishni oʻzi uchun yagona yechim deb biladi.

Rossiya Oʻzbek rejimining oyoqqa turib olishi uchun Qirgʻizistonda oʻta xavfli muhit bor ekanidan xavotirlana boshladi. Qirgʻiziston Markaziy Osiyoda demokratik printsiplar yordamida Gʻarb siyosiy doirasi ochiq shakllanib borayotgan deyarli yagona mintaqa boʻlib turipti. Karimovning oʻlimi Putinni mintaqada shoshilinch harakatlar boshlab yuborishga majbur qildi. Putin Qirgʻizistonga va uning hozirgi prizidenti Almaz Atambayevga boʻlgan eʼtiborini kuchaytirdi. Atambayev juda katta va koʻp xatolar qilayotganiga qaramay, Putin hozir uni almashtira olmaydi. Demak, uni shu siyosiy zaif holatida ushlab qolishga harakat qiladi. Aslida Putin uchun Atambayevning zigʻirchalik qadri yoʻq. Rossiya butun mintaqada stobil holatni ushlab turish orqali Oʻzbek rejimini ilgarigi boshqaruv sistemasini holida ushlab qolishga qattiq harakat qiladi.

Shuning uchun Putin Atambayevni avtoritar rejim oʻrnatish sari tez va xotirjam harakatlanishga chaqirdi. Yaʼni qoʻrqmay, oʻz yoʻlida gʻov boʻlib turgan muxolif kuchlarga qarshi repressivroq harakatlanishga, shuning bilan mamlakatda rossiyaparast siyosiy doirani kuchaytirib borishga koʻrsatma berdi.

Oʻzbekistonda ham, Qirgʻizistonga parralel ravishda Rossiya bilan aloqalarni kuchaytirish ortidan u yerdagi ishchi muhojirlarni sharoitlarini yaxshilanishi, oʻrtalaridagi savdo va iqtisodiy alaqalarni kuchaytirilishi va shunga oʻxshagan manfaatlar haqida keng maʼlumotlar tarqalib borayapti. Oʻzbekistonda bu siyosiy doira Sovetlar ittifoqidan beri hali butunlay oʻzgarib ketgan emas. Bundan tashqari Karimovning rejimi ostida yashab kelgan Oʻzbek xalqi erkinliklarga erishgan ham, koʻnikkan ham emas.

Lekin Qirgʻiziston Oʻzbekistondan katta farq qiladi. Bu mintaqada Gʻarb saqofati va gʻarbparast davlat arboblari mavjud. Koʻpchilik olimlar “davlat arbobi – bu hokim yoki davlatda bevosita boshqaruv ishi bilan mashgʻul kishidir”, deb oʻylab, davlat raisi, vazir va shu kabilarni davlat arbobi deb, ataydilar. Bunday sifatga ega boʻlmagan boshqa kishilarni esa, davlat arbobi deb hisoblamaydilar. Insonlarni ikki sinfga; davlat arbobi va halq odamiga boʻlib, davlatdagi barcha ishchi va xizmatchilarni ikkinchi sinfga kiritadilar.
Ularning bunday tushunishlari xatodir. Hokim baʼzan davlat arbobi boʻlishi ham, baʼzan boʻlmasligi ham mumkin. Halq odami hech bir davlat boshqaruv ishlari bilan mashgʻul boʻlmagan holda, dehqon, ishchi, oʻqituvchi, savdogar boʻlsa ham davlat arbobi sifatiga ega boʻlishi mumkin.

Davlat arbobi – iqtidorli siyosiy yetakchi va boshqaruv layoqatiga ega boʻlgan kishidir. U davlat ishlarini idora etishga, muammolarga yechim berishga, ichki va tashqi aloqalarda ish yuritishga qodir boʻladi. Mana shu kishi davlat arbobidir. U shunday sifatlarga ega boʻla turib, hokim boʻlmasligi hamda boshqaruv ishlarida ishtirok etmasligi mumkin.” (siyosiy fikrlar kitobidan)

Qirgʻizistonda davlat arboblari mamlakat siyosatini bir tomonlama, yaʼni faqat rossiyaparastlik asosida olib ketilishiga jiddiy toʻsiq boʻlishlari mumkin. Shuning uchun Atambayevga, mumkin qadar tezlik bilan avtoritar rejim oʻrnatish topshirigʻi berildi. U, Qirgʻiziston konstitutsiyasini oʻzgartirishdan ish boshlamoqchi boʻlayapti.

Bir yildan keyin prizidentlikdan ketishi aniq boʻlib qolgan Atambayev davlat rahbari salohiyatini bosh vazirga olib bermoqchi. Bosh vaʼzirni parlament saylaydi. Parlamentdagi aksariyat oʻrinlar Atambayevning bir necha partiyalariga tegishli. Bu xuddi Putinning yoki Edugʻonnin parlamentiga oʻxshab ketadi. Ularning har ikkisi ham xohlagan qonun yoki qarorini parlamentdan tasdiqlata oladi. Bunday rejimni ham avtoritar deb atash mumkin. Atambayev oʻz maqsadiga erishish bilan davlat arboblari boʻlgan muxolif kuchlarni va butun Gʻarbparast siyosatchilarni chetlatishga kirishadi.

Qirgʻiziston avtoritar rejimga aylinishi uchun rossiyaparast siyosiy doirani kuchaytirishga harakat qilyapti. Rossiyaparast davlat arboblarini hokimiyat ishlariga olib kelishga kattiq eʼtibor qaratyapti. Ularga matbuot orqali ish olib borishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berilyapti. Lekin Qirgʻizistondagi siyosat ustida oʻtirganlarning juda koʻp qismi davlat arboblari emas. Hatto ularning koʻp qismi muayyan bir siyosiy doira vakillari ham emas. Shuning uchun hukumat, “rossiyaga ishonish va ergashish kerak” degan siyosiy doirani shakllantirishda qiyin ahvolga tushib qoldi. Chunki kuchli davlat arboblari hukumatdan chetda qolib ketishdi. Baʼzilari muxolif fikrlar tomon ogʻib boryapti. Hukumatning ularga qarshi saltanatdan foydalanib, kuch ishlatishdan oʻzga chorasi qolmayapti.

Aslida, Oʻzbekiston va Qirgʻiziston siyosiy doirasining asosi birdir. Ulardan har birining fikrlash tariqati ham bir. Yaʼni “xalqaro quvvatga ega boʻlgan qaysi mamlakatga suyanib va uning mafkurasiga asoslanib yashasak manfaat topamiz?” degan nuqtadan turib fikrlashadi.

Bu yurtlarda kufr quvvatlariga suyanmagan, voqeʼlikdan taʼsirlanmay, aksincha uni oʻz eʼtiqodidan kelib chiqqan mafkurasi asosida taʼsirlantiradigan yangi islomiy siyosiy doira paydo boʻlib kelayapti. Bu doira Hizb ut-Tahrir fikriy, siyosiy uyushmasi tarafidan shakllantirilmoqda. Hizb ut-Tahrir Islomni hayotimizdagi oʻz oʻrniga qaytarish bilan, yaʼni Islomni Ilohiy mabdaiy hukm va olamiy boshqaruv sistema sifatida hayotga qaytarish bilan insoniyatni azizlikka olib chiqish uchun harakat olib bormoqda. Bu fikr asosida juda kuchli, egilmas, oʻzgarmas va boshqa kufr fikrlaridan taʼsirlanmaydigan siyosiy doira shakllanib kelyapti, insha Alloh.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.