Isroil harbiy sohasining rivoji uchun AQSh katta mablagʻ ajratdi

828
0

Isroil harbiy sohasining rivoji uchun AQSh katta mablagʻ ajratdi

Isroilda nashr qilinadigan Haaretz gazetasi AQSh Isroilga harbiy sohada 38 milliard dollarlik yordam koʻrsatishini maʼlum qildi. Gazetaning veb-saytida tarqatilgan xabarga koʻra, AQSh keyingi 10 yil davomida Isroil harbiy sohasining rivoji uchun 38 milliard dollarlik yordam koʻrsatish borasida ikki davlat oʻrtasida shartnoma imzolangan.

Reuters axborot agentligi ham AQSh va Isroil hukumatlari oʻrtasida xavfsizlik masalasiga oid memorandum imzolanganligini maʼlum qildi. Agentlikning xabariga koʻra, 2018 yil oxiridan boshlab 2028 yilgacha AQSh Isroilga 38 mlrd dollarlik yordam ajratadi. Bunda Isroil har yili 3,3 mlrd dollar hamda raketalarga qarshi mudofaa tizimi uchun yana 500 mln dollar oladi.

AQShga borgan Isroil Milliy Xavfsizlik Kengashi rahbarining vakili Yoqub Nigel shu sohada Oq Uy milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Syuzan Rays bilan uchrashdi. Xabarda aytilishicha, anti-raketa tizimini rivojlantirish kabi mavzularni oʻz ichiga olgan mazkur bitim uchun 2015 yildan buyon uchrashuvlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Ayni paytda AQShda demokratlar partiyasidan prezidentlikka nomzod Xillari Klinton saylovdan muvaffaqiyatli oʻtib, AQSh hokimiyatini egallasa, Isroilning mintaqada kuchli davlat boʻlib qolishda davom etishi uchun uni zamonaviy kuchli qurol yaroq bilan qoʻllab quvvatlashini bildirdi. Xabarlarda aytilishicha, Hillari Klinton saylov oldidan yahudiy lobbisining dastagini qoʻlga kiritish istagida turli vaʼdalar bermoqda.

Isroilning mintaqadagi eng kuchli qurolga ega boʻlgan davlat sifatida oʻz mavqeini saqlab qolishiga vaʼda bergan Klinton Oq uy maʼmuriyati Isroil bilan strategik hamkorlikni davom ettirishini taʼkidladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.