Suriyadagi vaziyat Isroilni xavotirga solmoqda
Isroil xavfsizlik xizmati “Shin Bet”ning sobiq rahbari Avi Dixter Suriyadagi vaziyat ogʻirlashib borayotganini bildirdi. Dixterga koʻra, mintaqada mavhumlik hukmron. Oldindan aytish qiyin boʻlgan juda koʻp oʻzgarishlar yuz bermoqda.
“Suriyada soʻnggi besh yil ichida toʻxtatishning imkoni boʻlmagan janglar davom etmoqda. Isroil ham Joʻlon tepaligida oʻz hujumlarini davom ettiryapti. Tahdidlarga qarshi baʼzan havodan, baʼzan qurolli tarzda qarshi turibdi. Razvedka borasida ham Isroil mintaqadagi yaqin qoʻshnilari va Rossiya vositasida maxsus aloqa kanali tashkil qildi. Biroq bu yerda katta mavhumlik mavjud. Gʻarb va Arab davlatlari iloji boricha tezroq Asadni agʻdarish lozimligini olgʻa surishayotgan edi. Ammo ishlar bu shaklda yuz bermadi”, dedi Isroil gazetasiga intervьyu bergan Dixter.
Isroil razvedkasining “Qora quti”si sifatida tanilgan Avi Dixter xususan mintaqadagi xavfsizlik haqida soʻz yuritar ekan, ibroniycha “Balagan” soʻzini ishlatdi. “Balagan” soʻzi salbiy hodisalar yuz bergan paytlarda ishlatiladigan soʻzdir.
Mintaqadagi mavjud vaziyat tuligʻicha tartibsiz holatda ekanligini taʼkidlagan Dixter “soʻnggi kunlarda Turkiya shimol tarafdan katta harakat boshladi. Rossiya ham Eronning bazalari orqali Suriyani oʻqqa tutyapti. Mintaqada oldindan aytish qiyin boʻlgan juda koʻp oʻzgarishlar yuz bermoqda”, deya qoʻshimcha qildi.