Abduljabbor Agaydi: AQSh vaʼdasiga vafo qilmadi

832
0

Abduljabbor Agaydi: AQSh vaʼdasiga vafo qilmadi

Halab harbiy kengashining sobiq raisi janob Abduljabbor Agaydi Suriya ozod armiyasi AQSh bilan ittifoqdosh boʻlgan holda IShIDga qarshi kurashgan davrda juda koʻp talofatlar koʻrganligini daʼvo qilib chiqdi. Agaydining maʼlum qilishicha, Suriya ozod armiyasi rejalashtirgan harbiy amaliyotlar haqidagi maʼlumotlar maxfiy tarzda IShIDga yetkazib turilgan.

Polkovnik Agaydi 2 yil davomida harbiy amaliyotlar haqidagi juda koʻp maʼlumotlarning IShIDga maxfiy tarzda yetkazilishi oʻz ittifoqdoshi AQSh tarafidan amalga oshirilganligini taʼkidladi. Polkovnik oʻzining daʼvolarini isbotlash uchun muhim dalillarga ega ekanligini ham qoʻshimcha qildi.

Yangi shafaq gazetasiga intervyu bergan polkovnik Abduljabbor Agaydi Suriyada muxoliflar tomonidan amalga oshirilgan bir qancha harbiy amaliyotlar AQShning vaʼdasiga turmaganligi tufayli barbod boʻlganligini va ziyon koʻrganlar doimo muxolifatchi askarlar boʻlganligini bildirdi.

Suriya ozod armiyasi AQSh bilan kelishilgan holda harakat yuritgan oxirgi 7 oyda 11 qishloqni IShIDga oldirib qoʻyganligini aytib utgan Agaydi buning oqibatida 1300 askar halok boʻlganligini qayd etdi. Agaydiga koʻra, bu yoʻqotishlarning sababi AQShning vaʼdasiga turmaganligidir.

“Berilgan vaʼdalarga vafo qilinmaganligi tufayli ikki yil davomida 1300 muxolifatchi askar halok boʻldi”, deydi Halab harbiy kengashining sobiq rahbari.

Suriya masalasida Amerika bilan Rossiya oʻrtasidagi har qanday shartnoma Suriya muxolifatining zarariga boʻlishini tilga olib oʻtgan polkovnik Abduljabborga koʻra, bu holatda muxolifat umumiy tarzda yoʻq qilinish xavfiga duch kelishi mumkin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.