Isroillik sobiq qoʻmondon Isroil armiyasini tanqid qildi

867
0

Isroillik sobiq qoʻmondon Isroil armiyasini tanqid qildi

Isroilning Gertsliya shahrida tashkil qilingan anjumanda nutq soʻzlagan Isroil Markaziy qoʻmondonligining istefodagi sobiq rahbari general-mayor Gadi Samni Isroil armiyasining Gʻarbiy sohilda yurgizayotgan siyosatini tanqid qildi. Gadi Samniga koʻra, Isroil armiyasi Falastinning oddiy xalqi bilan oʻralashishni bas qilib, haqiqiy tahdidga qarshi tura olish uchun tayyorgarlik koʻrishi lozim. Lekin Samni “Haqiqiy tahdid” deganda nimani nazarda tutganligini ochiq aytmadi.

“Biz bosqinchilikda jahon chempionimiz! Men ham Markaziy qoʻmondonlikning rahbari sifatida bosqinchilikning generali edim. Bosqinchilikni bir sanʼat darajasiga olib chiqdik. Endi sizga shunday savol bilan murojaat qilmoqchiman; Biz istagan narsa shumi? (Gʻarbiy sohilda joylashgan) armiyaning 2 yarim million fuqaroni nazorat qilish bilan band boʻlishi, uning haqiqiy tahdidga qarshi tayyor turishidan toʻsib qoʻymoqda. Axloqiy qadriyatlari va harbiy quvvati achinarli holatga tushib qolgan armiya davlat siyosatchilari oldida ogʻzi bogʻlangan qum xaltalarga aylandi”, dedi sobiq rahbar.

Isroil matbuotida chiqqan xabarlarga koʻra, Gadi Samni Isroil tashlaydigan har bir qadam Falastinliklardan ayri holda strategik maqsadga xizmat qilishi kerakligini ilgari surgan.

Isroil bosh shtab boshqarmasi rahbarligiga nomzod sifatida tanilgan Samni 2012 yilda nafaqaga chiqib, harbiy sohani tark etgan edi. U markaziy armiya rahbari sifatida bir muddat Gʻarbiy sohilda oʻrnashgan Isroil armiyasiga boshchilik qilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.