بِسْمِ اللهِ الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ
O’zbekiston musulmonlariga murojaat!
”وَمَن لَّمْ يَحْكُم بِمَا أَنزَلَ اللّهُ فَأُوْلَـئِكَ هُمُ الْكَافِرُونَ”
– Kim Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm yuritmasa, o’shalar kofirlardir. (Moida. 44)
”وَمَن لَّمْ يَحْكُم بِمَا أنزَلَ اللّهُ فَأُوْلَـئِكَ هُمُ الظَّالِمُونَ”
– Kim Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm yuritmasa, o’shalar zolimlardir. (Moida. 45)
”وَمَن لَّمْ يَحْكُم بِمَا أَنزَلَ اللّهُ فَأُوْلَـئِكَ هُمُ الْفَاسِقُونَ”
– Kim Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm yuritmasa, ana o’shalar fosiqlardir. (Moida. 47)
Chorak asr hukmronlik qilgan mustabid Karimov boshqaruvining ham zavoli etdi. Hozirgacha O’zbekiston hukumati Karimov sog’lig’iga oid ma’lumotlarni berkitishga urinayotganiga qaramay, uning xoh o’lgani yoki xoh falaj bo’lib qolgani ahamiyatli emas.
Karimovning o’rniga iqtidorga kimning kelishligi ham ahamiyatga ega emas.
Humkronlik mavqeini egallashga harakat qilayotgan O’zbekiston siyosiy doiralarini tashkil qiluvchi klanlar bo’ladimi, xoh fuqarolik jamiyat qurishlikni da’vo qiluvchi muxolifat vakillari bo’ladimi, bular ham ahamiyat kasb etmaydi.
Boshqaruvda mustabid tuzum bo’ladimi yoki demokratik boshqaruv asosidagi tuzum bo’ladimi insonning noqis aqlidan kelib chiqqan qonunlar asosida boshqaradi.
Aniqki, inson tomonidan ishlab chiqilgan qonunlar xilma xil, tafovutli, ziddiyatli va o’z muhitidan ta’sirlanishga mahkum. Masalan:
Boshqaruv sohasida: insonlarning ba’zilari totalitar yoki avtoritar boshqaruv yoxud parlament boshqaruvi bo’lishligini yoqlasa, yana boshqalari prezidentlik shaklidagi boshqaruvni yoqlaydi yoki yana bir qismi konstitutsion monarxiya bo’lishligini yoqlashini ko’rishimiz mumkin.
Iqtisod sohasi: jamoaviy xo’jalikmi yoki fermerchilikmi, boshqa tuzumda xususiy mulkka yo’l berilmasa, yana boshqasida umumiy mulkni inkor qiladi.
Ijtimoiy soha: Gender siyosati, feminizim, emansipatsiya kabi ijtimoiy masalalarni qo’llanilishi oqibatida global baxtsizliklar kelib chiqmoqda, ya’ni manfaatdorlikka asoslangan hozirgi tuzumlarda ayolning erkak vazifasini o’z zimmasiga olishga majbur bo’lishi oqibatida oilaga bo’lgan e’tibor o’ta past darajada, farzand ko’rishlik ortga suriladi yoki umuman farzandsiz o’tadi. Buning oqibatida demografik krizislar kelib chiqmoqda. Bundan tashqari ayollarga lazzat baxsh etuvchi vosita sifatida qarash oqibatida foxishabozlik kuchaydi va hakozo.
Ta’lim sohasi: mustabid rejim davrida ta’lim sohasi tanazzulga yuz tutdi, o’qituvchi va o’quvchilar qishloq xo’jalik ishlariga, qurilish ishlariga va obodonlashtirish ishlariga majburiy jalb qilinishligi odatiy tusga aylanib buning oqibatida biror sohada na bir kashfiyot, na olam tan oladigan olimlar etishib chiqdi hamda g’arb saqofatining natijasida yosh avlod vakillari odob – ahloqsiz va ma’nan qashshoq bo’lib ulg’aymoqdalar va hakozo.
Yuqoridagilarga qo’shimcha ravishda O’zbekistondagi musulmon ummati shaxsga sig’inishdek jirkanchli tuban holatga olib kelindi.
Ho’sh, O’zbekiston musulmonlari uchun muhim ahamiyat kasb etuvchi jihat nima?!
O’zbekiston aholisining asosiy qismini, biz musulmonlar tashkil etamiz. Bizning dinimiz Islom dini. Biz yolg’izgina Allohga ibodat qiluvchi va sig’inuvchi bandalarmiz. Yaratuvchi Alloh barcha narsadan pok Zotdir. U Azaliy, Abadiy, Holiq, Mudabbir, Razzoq, Qodir Zotdir. Demak, biz musulmonlar hayotimizning barcha sohasidagi muammolarning echimlarini Yaratuvchimiz bo’lgan Alloh Ta’oloning buyruq va qaytariqlari asosida olishimiz va hayotimizni shu asosga muvofiq shakllantirishimiz vojibdir. Alloh Ta’olo O’zining mudabbirlik sifatidan kelib chiqib biz insonlarga hayotimiz uchun nizom bo’lgan Islom shariatini Payg’ambarimiz sollallohu alayhi va sallamga nozil qildi.
Musulmonlar Islom nizomini hayotlariga tatbiq qilish asnosida tubanlikdan oliy va aziz Ummat darajasiga ko’tarildilar va har sohada ulkan muvoffiqiyatlarga erishdilar:
Boshqaruv sohasida: Xalifalik davlati dunyoga o’z ta’sirini o’tkazuvchi birinchi maqomdagi davlatga aylandi;
Iqtisod sohasida: Islomdagi taqsimot adolatidan Islom Davlati o’z fuqarosining asosiy extiyojlari qondirilishiga katta ahamiyat qaratgan, ya’ni Islom Davlati bu jihatni o’z kafolatiga olgan, kamoliy ehtiyojlarni qondirish yuzasidan esa, etarli imkoniyatlar bilan ta’minlagan. Islom Davlatida oltin nizomining tatbiq qilinishi natijasida krizislar, inflyatsiya kabi salbiy holatlar yuz bermagan, hamda iqtisodiy jihatdan boshqa davlatlarga qaram bo’lmagan, na valyuta va na eksport-import borasida;
Ijtimoiy soha: Buyuk Allohning nozil qilingan hukmlarini ijtimoiy hayotda tatbiq qilinishi natijasida ayol va erkaklarning burch va vazifalarida nomutanosiblik kelib chiqmagan, ya’ni erkakning vazifasi oilaning ta’minoti bo’lsa, farzand tarbiyasi ayolning zimmasida bo’lgan.
Ta’lim sohasi: Hozirgacha dunyoda foydalanib kelinayotgan astronomiya, jug’rofiya, algoritm, algebra, tibbiyot, muhandislik, me’morchilik sohalaridagi ihtirolar va kashfiyotlar Islom Davlatida ta’lim olgan musulmon olimlarining mehnatlari mahsuli xisoblanadi. Xatto, Islom ta’limotidagi o’g’il va qizlarning ajratib o’qitilishligi samarali bo’lganligi uchun bugungi kundagi ba’zi etakchi davlatlar ta’lim sohasida qo’llashmoqda.
Ey boshqaruvdagi hokimlar va unga muxolif bo’lgan kuchlar!
Sizlarda favqulodda qulay imkoniyat vujudga keldi. Daxriy tuzumning mahsuloti bo’lgan Karimov boshqaruvi zavoliga etdi. Unutmangki, sizlar musulmon ummatining vakillarisiz, o’z diningiz Islomga qayting va uning tatbiqi uchun harakat qilayotganlarga yordam bering yoki ularning da’vatlari yo’liga to’g’anoq bo’lmang. Yoki boshqaruvining asosiy davrini Islomga qarshi kurashib o’tkazgan Karimovning bugungi ahvoli sizlarga ibrat emasmi?! Biz sizlarga adolatli Islom shariatiga muvofiq bo’lgan “XALIFALIK DAVLAT DUSTURI LOYIXASI” ni tanishib va o’rganib chiqishingiz uchun tavsiya qilamiz hamda bu dusturni jamiyat hayotiga tatbiq qilishingizni talab qilamiz. Chunki Buyuk Alloh Ta’olo shunday deydi:
”وَمَن لَّمْ يَحْكُم بِمَا أَنزَلَ اللّهُ فَأُوْلَـئِكَ هُمُ الْكَافِرُونَ”
– Kim Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm yuritmasa, o’shalar kofirlardir. (Moida. 44) oyat
”وَمَن لَّمْ يَحْكُم بِمَا أنزَلَ اللّهُ فَأُوْلَـئِكَ هُمُ الظَّالِمُونَ”
– Kim Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm yuritmasa, o’shalar zolimlardir. (Moida. 45)
”وَمَن لَّمْ يَحْكُم بِمَا أَنزَلَ اللّهُ فَأُوْلَـئِكَ هُمُ الْفَاسِقُونَ”
– Kim Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm yuritmasa, ana o’shalar fosiqlardir. (Moida. 47)
Ey O’zbeksiton musulmonlari!
Sizning hayot yo’lingizda ikki tanlovning birini tanlash imkoniyati bor.
Alloh Ta’oloning buyruq va qaytaruvlari asosida hayot tarzingizni shakllantirishlik bilan Robbimiz Alloh Ta’oloning roziligi, hamda bu dunyoda aziz va oliy Ummat bo’lish, Ohiratda esa Allohning abadiy Jannatiga erishib ikki dunyo baxt-saodatiga musharraf bo’lish yoki ojiz insonning cheklangan aql mahsuli bo’lgan demokratiya, kapitalizm, sotsializim tuzumlari asosida yashab bu dunyoda xorlikka, Ohiratda esa Allohning g’azabiga duchor bo’lish orqali abadiy Jahannam azobiga giriftor bo’lish turibdi.
CHunki,
وَاللّهُ غَالِبٌ عَلَى أَمْرِهِ وَلَـكِنَّ أَكْثَرَ النَّاسِ لاَ يَعْلَمُونَ
“Alloh O’z ishida g’olibdir. Lekin odamlarning ko’pi bilmaslar”. (Yusuf. 21)
Hizb ut-Tahrir O`zbekiston.
01.09.2016yil.