Atambayev rejimi qamogʻidan yana bir shahid
“Odamning kimligini bilmoqchi boʻlsang, amal yoki boylik ber” deganlaridek, Qirgʻiziston prezidenti Almazbek Atambayev ham hokimiyat tepasiga kelgunga qadar “Allohu Akbar degani uchun ham odamni jazolash mumkinmi?”, deb “taassuf bildirib” oʻzini musulmonlar himoyachisi sifatida namoyon qilgan edi. Hokimiyat tepasiga kelib oʻz mavqeyini bir oz mustahkamlab olgach esa asl qiyofasini koʻrsata boshladi.
Dastavval daʼvatchi birodarlarimizning saqol va kiyimiga osilgan boʻlsa, keyinchalik muslima opa-singillarimizning hijoblariga qarshi kurashni boshladi. Bu ishi bilan paralel ravshda esa diniy eʼtiqodi ortidan rejim qamoqlariga tashlangan musulmon birodarlarimizga nisbatan zulmlarni ham kuchaytirib bordi. Birodarlarimizni oʻz tanlagan yoʻllari va eʼtiqodlaridan qaytarish maqsadida ularga bosim oʻtkazishni boshladi. Mahbus birodarlarimizning saqollarini majburan qirib tashlagani yetmaganidek, qonunga xilof ravishda ularni boshqa mahbuslardan ajratish bahonasida yopiq tartibli qamoqxonaga koʻchira boshladi.
Rasmiy hukumat tomonidan qamoqxonalarda birodarlarimizga nisbatan amalga oshirayotgan zulmlar ortidan esa Qirgʻiziston shahdlari safi kengayib bormoqda.
Malomatchining maʼlomati, zolimning zulmidan qoʻrqmay haq din ustida sobit turgan yana bir birodarimiz rejim qamoqxonalarida shahidlik martabasiga erishdi, inshaAlloh.
Ismoilov Maʼmurjon Moʻminovich 1959 yil 24 iyunida Oʻsh viloyati Qorasuv tumani Savay qishloq hukumatiga qarashli Toshirov qishlogʻida tugʻilgan. Hizb ut-Tahrir fikrlari bilan tanishgan dastlabki kundan boshlab Islom daʼvatini baralla koʻrtarib chiqdi. Uning tinim bilmay olib borgan daʼvat faoliyati esa tabiiyki, rasmiy hukumat va kuch organlari eʼtiboridan chetda qolmadi.
Hukumat uning daʼvatiga chek qoʻyish va qatʼiyatini sindirish maqsadida ketma-ket qamoqqa tashlay boshladi. Dastlab 2012 yil 20 aprel kuni Qirgʻiziston jinoyat kodekisining 299 moddasida ayblab 3 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Biroq oradan koʻp oʻtmay, 2012 yilning 15 oktyabr kuni Alloh Taolo unga ozodlikni ravo koʻrdi. Bu koʻrguliklarni Allohning bir sinovi sifatida koʻrgan Maʼmurjon aka qamoqdan chiqiboq oʻz daʼvatini yanada jiddiylik bilan davom ettirdi.
Uning keyingi harakatlarini oldini olish uchun kuch organlari uni yana qayta qamoqqa olishga majbur boʻlishdi. 2013 yil iyun oyida kuch organlari uni yana qamoqqa olishdi. Oʻsh shahar IIV vaqtinchalik saqlash hibsxonasida 9 oy ushlab turlganidan soʻng 2014 yil fevral oyida viloyat sudi tomonidan 8 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. 2014 yil 6 avgust kuni esa Bishkek shahrida joylashgan 47-sonli qamoqxonaga joʻnatib yuborildi va Allohning inoyati bilan shahidlik martabasiga erishgunga qadar shu qamoqxonada ushlab turildi.
Qamoqxonadagi gʻayriinsoniy shart-sharoit va zulmlar 1986 yildan beri bronxit astma kasalligi bilan ogʻrib kelgan ikkinchi guruh nogironi Ismoilov Maʼmurjon sogʻligʻiga salbiy taʼsir koʻrsatdi. Birodarimizning ayoli Ismoilova Odinaxon opa erini doimo qoʻllab-quvvatlab keldi. Erining sogʻligʻi yomonlashganidan soʻng uni ozod qilishlarini soʻrab turli xil idoralarga qilgan murojaatlari hech qanday samara bermadi. Bemor, nogiron bir musulmon koʻtarib yurgan islomiy fikrlardan qoʻrqqan rasmiy hukumat birodarimiz 2016 yil 29 avgust kuni oʻz omonatini topshirgunga qadar qamoqda ushlab turdi.
Bizlar birodarimiz Ismoilov Maʼmurjon akadan ayrilib qolganimiz tufayli qalblaimiz anduhga toʻla boʻlsada, Allohni rozi qiluvchi soʻzdan oʻzga soʻzni aytmaymiz:
“Albatta, barchamiz Allohnikimiz va albatta, barchamiz Unga qaytguvchidirmiz” [Baqara 156]
Oʻz navbatida birodarimizning oila aʼzolariga, xususan ikki qizi va Ismoilova Odinaxon opaga oʻzimizning chuqur taʼziyamizni izhor etamiz.
Rasmiy hukumatga esa shuni eslatib oʻtamizki, ularning zulm va adolatsizliklari Hizb ut-Tahrir yigit-qizlarini oʻz eʼtiqod va gʻoyalaridan aslo qaytara olmaydi, insha Alloh. Rasmiy hukumat agar Hizb aʼzolariga qarshi kurashyapmiz deb oʻylashayotgan boʻlsa qattiq adashishadi, ular Islom va musulmonlarga qarshi, xossatan Alloh va Rosuliga qarshi kurashishmoqda. Chunki din Allohniki boʻlib, Alloh esa Oʻz ishida doimo gʻolibdir.
“Albatta Alloh va Rosuli chizgan chiziqdan chiqqan kimsalar – ana oʻshalar eng xor kimsalar qatoridadirlar. Alloh (Lavhul-Mahfuzga): “Shak-shubhasiz Men Oʻz rosullarim bilan birga gʻolib boʻlurman”, deb yozib qoʻygandir, albatta Alloh kuchli, qudratlidir” [Mujodala 20-21]
Hizb ut-Tahrirning Qirgʻizistondagi matbuot boʻlimi