Shariatda “referendum” bormi?

451
0

بسم الله الرحمن الرحيم

Shariatda “referendum” bormi?

Moʻmin odam har bir ishda shu mavzuʼdagi sharʼiy hukmni bilib oʻz munosabatini bildirishi kerak. Alloh Taolo aytadi:

وَمَنْ لَمْ يَحْكُمْ بِمَا أَنزَلَ اللَّهُ فَأُوْلَئِكَ هُمُ الْكَافِرُونَ

–“Kimda kim Alloh nozil qilgan din bilan hukm qilmas ekan, bas, ular kofirlardir”. [5:44]

Hozirgi konstitutsiya ham, unga oʻzgartirish iroda qilinayotgani ham kufr, unga rozi boʻlish harom. Uni rozi boʻlib qabul qilgan inson kofir boʻladi. Termiziy chiqargan hadisda Adiy ibn Hotam aytdi: “Men Nabiy(s.a.v)ning oldilarga keldim – boʻynimda tilla xoch bor edi – u zot menga butni olib tashla dedilar. Va “Baroat” surasidan mana bu:

اتَّخَذُوا أَحْبَارَهُمْ وَرُهْبَانَهُمْ أَرْبَابًا مِنْ دُونِ اللَّهِ

Ular Allohni qoʻyib oʻzlarining donishmandlarini va rohiblarini Parvardigor deb bildilar. [9:31] oyatni oʻqib, … shunday deganlarini eshitdim: “Toʻgʻri, odamlar rohiblarga ibodat qilishmagan, lekin rohiblar biror narsani halol deyishsa, odamlar ularni halol sanashgan, biror narsani harom deyishsa, uni harom deyishgan … ”.

Parlament majlislarining voqesi Gʻarb demokratiyasiga taqlid qilishdan iboratdir. Gʻarb demokratiyasi mutlaq hokimiyatni xalq uchun beradi. Yaʼni narsalar va ishlar ustidan yaxshi-yomon deb hukm qilish huquqini xalqqa beradi. Xalq nimani yomon desa oʻsha narsa yomon, xalq nimani yaxshi desa oʻsha narsa yaxshi. U xalqni biror kishi cheklamaydigan mutlaq oliy saltanat egasi qiladi. Demokratiya shunday boʻlgach, u Qurʼon va sunnatga ochiqdan-ochiq zid boʻlgani uchun kufr tuzumidir.

Ey musulmonlar!

Kufr va ularning malaylari oʻz razilliklariga sizlarni sherik qilish uchun saylovlar oʻtazishadi. Bu bilan sizlar shunchalar ogʻir ahvolda yashashinlar yetmaganidek, oxiratinglarni ham “vayron” qilasizlar.

Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm qilmaydigan ilmoniy (dinni davlatdan ajratadigan) hukumatga ishonch bildirish, davlat rahbarini saylash, nosharʼiy bitimlarini tasdiqlash musulmon uchun mumkin emas. Shuningdek kofirlarni mamlakatlar, xalqlar ustidan hukmron qilib qoʻyadigan shartnomalar u yoqda tursin, kufr qonunlari asosida tuzilgan shartnomalarni tasdiqlash musulmon uchun mumkin emas.

Hukumatni va hokimlarni hisob-kitob qilish, nazorat qilish sharʼiy burch. Bu ish amri maʼruf va nahiy munkar jumlasidan boʻlib, barcha musulmonlarga vojib.

Ey, musulmonlar! Ey, sodda xalqim, qachongacha quruq gapga aldanasan?!

Qachon oʻz yoʻlingni oʻrganasan?! Rosululloh(s.a.v):

“لاَ يُلْدَغُ المُؤْمِنُ مِنْ جُحْرٍ وَاحِدٍ مَرَّتَيْنِ”

“Moʻmin bitta teshikdan ikki marta chaqtirmaydi”, deb, bir adashgandan keyin boshqa adashma deganlaridek oʻzlaringni yana chaqtirmasliklaring kerak. Bu hadisni Buxoriy chiqardi. Shunday ekan koʻp marta chaqtiradigan kimsa haqida nima deyish mumkin?!

Abu Zar.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.