Chavushogʻlu: Suriya masalasida jadal harakat qilmogʻimiz lozim

763
0

Chavushogʻlu: Suriya masalasida jadal harakat qilmogʻimiz lozim

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavushogʻlu Eronda Suriya masalasini muhokama qilgan. Bu haqida uning oʻzi Hindistonning Yangi Dehli shahrida jurnalistlarga interьvyu berdi. Chavushoʻgʻli Turkiyada davlat toʻntarishiga urinish boʻlgan paytda Eronning Turkiyaga kuchli dastagi boʻlganini aytib, Eron tashqi ishlar vaziri Javod Zarifning tasalli berish uchun Turkiyaga tashrif buyurganligini tilga olib oʻtdi.

“U yerda Suriya, Iroq, Yaman va mintaqaviy muammolar haqida gaplashdik. Suriyada oʻt ochishni toʻxtatishga erishish haqida barcha taraflar bilan ikki tomonlama yoki koʻp tomonlama muzokaralar olib boryapmiz. Biz doimo shuni taʼkidlab kelamizki, Suriya va Iroq kabi davlatlardagi muammoni hal qilish uchun Eron va Rossiyaning roli juda muhim. Salbiy rol davom etaversa, Mojarolar ham davom etaveradi. Shu bois bu rol ijobiy boʻlishi uchun biz ham qoʻlimizdan kelgan saʼy-harakatlarimizni qilyapmiz. Modomiki Suriyaning hududiy yaxlitligi himoya qilinar ekan, biz hamkorlikka tayyormiz. Bu borada Eron bilan bir xil fikrdamiz. Rossiya ham xuddi shu fikrda ekanligini bizga yetkazgan edi. Kelgusi davrda bu masala boʻyicha koʻplab mamlakatlar bilan telefon orqali yoki yuzma-yuz gaplashishda davom etamiz. Biz saʼy-harakatlarimizni kuchaytirishimiz kerak. Vaqt oʻtishi bilan muammo yanada kuchayib, hal qilib boʻlmaydigan holatga kelib qoladi. Tehronga borishimizdan maqsadimiz ham shu edi. Ayni masala boʻyicha fikr almashildi. Bu juda foydali uchrashuv boʻldi”, dedi Chavushoʻgʻli.

Ayni paytda Eron tashqi ishlar vazirligi tarafdan berilgan yozma bayonotga koʻra, Eron tashqi ishlar vaziri Javad Zarif Turkiyaga tashrif buyuradi. Erdoganning Rossiyaga tashrifidan keyin Javad Zarifning Turkiyaga safari Suriya muammosiga yechim topishning bir qismi sifatida baholanmoqda.

Zarif safari chogʻida Turkiya bosh vazir Binali Yildirim bilan muzokaralar oʻtkazgandan keyin prezident Rajab Toyyib Erdogʻan tomonidan qabul qilinadi. Tashrif davomida munosabatlarning barcha jihatlari hal qilinishi, mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashish kutilmoqda.

Turkiston:

AQSh boshchilik qilayotgan olamiy kufr sistemasi Rossiya, Eron, Turkiya, Saudiya kabi mamlakatlar bilan yashirin bitim ostida harakat olib boryapti. Ular Suriya hududidagi tinch aholini va boshqa jangchi quvvatlarni bombardimon qilishlarida ham, AQSh chizib bergan yoʻnalish xaritasi boʻylab harakatlanishyapti.

Maqsadlari ham bir va oʻzaro muvofiqlashtirilgan. Yaʼni, “Shomda borayotgan islomiy, mabdaiy, inqilobiy, mafkuraviy ommaviy yoʻnalishga barham berish koʻzda tutilgan”. Kufr sistemasi inqilobni, qurolli qoʻzgʻalonga aylantirib olish uchun juda qattik matbuot kurashi olib bordi. Endi bu qurolli qoʻzgʻalonchilarga oʻzi barham bermoqchi. Lekin ularning muammolari shundaki, qurolli qoʻzgʻalonlchilarni bahona qilib, tinch aholi vakillarini bir qismini muhojirlarga aylantirib, chet mamlakatlarga chiqarib yuborgan boʻlsa, yana bir qismini qirib yuborayapti. Lekin shunga qaramasdan, Suriya xalqini inqilobiy islomiy ruhini sindira olishmadi. Jenevadagi shartnomalarning barchasi muvoffaqqiyatsizlikka uchradi. Yaʼni ular Suriyadagi islomiy muhitni sindirib, musulmonlarini oʻz tomonlariga ogʻdira olishmadi.

Ular Shom xalqini mafkuraviy, inqilobiy ruhini sindira olishmagani bois Suriyani bir necha boʻlaklarga boʻlib, har biri mazkur boʻlingan qimslarni otaliqqa olish orqali bosib olishmoqchi boʻlishayapti. Shuningdek, Ular bu hududlarda oʻzlari vayron qilgan shahar va qishloqlarni qaytadan tiklab berish bilan musulmonlarni avvalgi ishonchlarini qozonib olishga harakat qilishmoqchi.

Hozirda kufr olami mafkuraga qarshi harbiy kuch ishlatib yana bir marta magʻlub boʻlganiga guvoh boʻlib turibmiz. Shu kunlarda hatto Xitoy ham bu kufr karvoniga qoʻshilish ishtiyoqida ekanini bildirib, Asadni himoya qilish tashabbusi bilan oʻrtaga chiqdi. Bu ham yuqoridagi fikrimizni quvvatlaydi. Chunki Xitoy Suriyada inqilobiy harakatlar boshlanish vaqtida u yerga juda katta loihalar boshlagan va investitsiya yotqizgan eng yirik davlatlardan biri edi.

Kufr olami Suriyani oʻlja singari boʻlishtirib olish haqida fikrlashyapti. Lekin ularning bu harakatlari oʻzlari uchun oʻta xavfli vaziyatlar paydo qiladi. Chunki kufr olami Shom musulmonlarini oʻta xorlab yuborishdi. Ular endi makkorlik qilib yana avvalgidek hamkor holatiga qayta olishmaydi. Saudiya, Turkiya, Eron singari islomiy yurtlar Islomni niqob qilib, kufrning bu yurtdagi qadamlarini yana ham mustahkamlab berishga harakat qilishmoqda. Lekin endi ularning makrlarining ish berishi juda qiyin. Zulm haddan tashqari kuchayib ketdi. Islomni niqob qilib olgan islomiy oʻlkalardagi hukumatlar esa, zulmni oldini olish oʻrniga zolimlar bilan hamkorlik qilishyapti. Endi kufr olami Shomga yigʻilishsa, u yerda Islom bilan kufr oʻrtasida haqiqiy kurash boshlanadi. Ular uchun Afgʻonistondagi achchiq magʻlubiyatlari bir “holva” boʻlib qoladi insha Alloh.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.