E. Abdildaev: O’zbekiston bilan munosabatlarni tiklashda ko’p mehnat qilishga to’g’ri keladi.

395
0

18 fevrvl kuni Bishkekda Jogorku Keneshning xalqaro ishlar bo’yicha Qo’mitasi yig’inida nutq so’zlar ekan, QR tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildaev oxirgi vaqtlarda Qirg’iziston bilan O’zbekiston o’rtasida munosabatlar murakkablashib qolganini, biroq 2012 yilning oxirida yaxshilanish sezila boshlaganini aytdi.

Va nihoyat, uning so’zlariga ko’ra, Qirg’izistonda O’zbekistonning yangi elchisi saylandi.

“Biz davlatlararo chegaralarni tayin qilish va belgilash bo’yicha uchrashuvlarni qaytadan boshlashlik masalalarini hal qilmoqdamiz. Sox anklavi muammosi aloxida mavzuda ko’rilib chiqildi. Jogorku Kenesh deputatlari mazkur muammo hususida sabr-toqatli mavqeda bo’ldilar va bu mavqe masala echim topishligida katta mohiyatga ega bo’ldi. O’zbekiston bilan o’zaro ishonchli munosabatlarni qayta tiklash borasida bizga ko’p mehnat qilishga to’g’ri keladi”, – belgiladi vazir.

Avvalroq, prezident Almazbek Atambaev chegaraga yaqin qishloqlar aholisi xavfsizligini ta’minlashning muhimligi hamda sabr-toqatli va mas’uliyatli bo’lishning maqsadga muvofiqligi haqida gapirgan.

“Chegaraoldi hududlarda keskinlik darajasini pasaytirishlik juda muhim ishlardandir. Qo’shnilar bilan biz doimo til topishishimiz kerak. Bu narsa chegaralarimizni tayin qilish va belgilash masalalari ijobiy natija topishida asos bo’ladi”, – belgilagan edi davlat rahbari.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.