Birlashgan Millatlar Tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlardagi Rossiyaning doimiy vakili Aleksey Borodavkin Moskva va Vashington hozirda Halabga insonparvarlik yordam yetkazish va terrorizmga (Islomga) qarshi kurash masalasini muhokama qilayotganligini maʼlum qildi.
“Halab va uning atrofidagi mintaqalarga insonparvarlik yordamini yetkazib berish va u yerdagi moʻʼtadil muxolifat bilan terrorchilar oʻrtasini ajratib olish borasida Rossiya va Amerika oʻrtasidagi hamkorlik Jeneva muzokaralari muvaffaqiyati uchun bir zamin hozirlashga asos boʻladi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti joriy oyning oxirigacha bu muzokaralarning yangi bosqichini umid qilmoqda”, dedi Borodavkin 16 avgust seshanba kuni bergan bayonotida.
Borodavkin rossiyalik va amerikalik harbiylar hozirda bu borada muayyan amaliyotlarni ijro qilishga bogʻliq masalalar ustida yaqindan maslahatlar olib borayotganlarini qoʻshimcha qildi. Uning taʼkidlashicha, bu shartnomalarga rasmiy tus berish Suriyadagi “terrorizm”ga (Islomga) qarshi kurashda Moskva va Vashington oʻrtasidagi muvofiqlik uchun eng qulay sharoit yaratishga olib keladi va Jeneva muzokaralar chogʻida Suriyada siyosiy islohotlarga erishish bilan bogʻliq masalalarni muhokama qilishda ilgarilashga sabab boʻladi. Rus diplomatiga koʻra, Rossiya bu maqsadga erishish uchun bor kuchini sarflamoqda va Vashington bilan muzokara olib borishda konstruktiv pozitsiyani egallagan.
Borodavkinning mazkur bayonoti Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoyguning dushanba kuni bergan bayonotiga izoh sifatida baholanmoqda. Shoygu 15 avgust kuni Moskva va Vashington Halabdagi terroristlarga (mujohidlarga) qarshi birgalikda kurash olib borishga tayyor ekanligi haqida bayonot bergan edi.
“Biz AQShlik hamkasblarimiz bilan bu masalada aloqalarimizni kuchaytirdik. Mintaqada amalga oshiradigan rejalarimizni birma-bir koʻzdan kechiryapmiz. Men hozir Halab haqida gapirayapman”, degan edi Shoygu.