Turkiyada 450 dan ortiq muhojirlar hibsga olindi
Turkiyaning bir necha shaharlarida, xususan Istanbulda 29 Iyuldan buyon boshlangan hibsga olish amaliyotida 450dan ortiq Markaziy Osiyolik muhojirlar qoʻlga olingan. Bu haqida “İslami Gençlik” (Islomiy yoshlar) harakati bayonot tarqatdi. Qoʻlga olinganlarning koʻpchiligi oʻzbeklardan iborat. Ular orasida tojik, qirgʻiz millatiga mansub muhojirlar hamda Sharqiy turkistonlik va Kavkazliklar ham bor. Harakatning maʼlum qilishicha, muhojirlar oʻz vatanlariga deportatsiya qilinishi kutilmoqda.
Bu muhojirlar oʻz mamlakatlarida taʼqib va qatagʻonlar ostida qolganligi sababli hijrat uchun Turkiyani tanlashgan. Hukumatning Markaziy Osiyo, Kavkaz va turkistonlik muhojirlarga nisbatan bunday siyosati Rossiyaga yaqinlashuv jarayoni bilan izohlanmoqda. Agar bu muhojirlar oʻz mamlakatlariga qaytarilsa, ularning koʻpchiligini oʻz mamlakatlarida oʻlim yoki ogʻir qiynoqlar kutayotgani aytiladi.
“Islomiy yoshlar” harakatining bayonotida aytilishicha, 15 iyul kuni Turkiyada davlat toʻntarishiga harakat boʻlgan kechada oʻzbek, Qozoq, Tojik va Qirgʻiz hamda Turkistonlik va Kavkazlik muhojirlar koʻchalarga chiqib, tanklar qarshisida tik turishgan. Ularning bu harakatlari esa odamlar orasida kunning asosiy mavzusiga aylangan.
“Turkiya 15 iyulda davlat toʻntarishi tashabbusiga duch kelganda ilk kechaning oʻzida hech narsaga qaramay, davlat toʻntarishiga qarshi turish uchun koʻchalarga chiqdik. Bir qancha davlat mutasaddilari uylaridan tashqariga qadam tashlashga ham botinolmay turgan bir paytda biz yonimizda Oʻzbek, Tojik, Qirgʻiz hamda turkistonlik va kavkazlik musulmon birodarlarimizni koʻrdik. Biroq, shunday boʻilishiga qaramay, davlat toʻntarish xavfi bartaraf etilgach, xuntachilar yoʻliga toʻgʻanoq boʻlgan birodarlarimizga 29 iyuldan bugungi kungacha oʻzgacha muomala qilinmoqda. 29 iyuldan boshlab ularning uylariga reydlar uyushtirilmoqda. Aksariyati oʻzbeklardan iborat Qozoq, Tojik, Qirgʻiz va turkistonlik hamda kavkazlik 450dan ortiq birodarlarimiz qamoqqa olindi. Ularning orasida ayollar va yosh bolalar ham bor. Qamoqqa olinganlar orasida 15 kunlik tojik chaqaloq ham, 80 yoshga kirgan oʻzbek onaxon ham bor. Bundan ham yomonrogʻi, agar ular vataniga qaytarib yuborilsa, ularning koʻpchiligini Rossiya va Xitoyda oʻlim kutib turibdi”, deyiladi jumladan “Islomiy yoshlar” harakati tarafidan berilgan bayonotda.
Turkiston:
Turk hukumati bir oʻq bilan bir necha quyonlarni urib olmoqchi boʻlayapti. U bu loihani harbiy davlat agʻdarishga boʻlgan harakatdan avval rejalashtirgan.
Erdagon hukumati muvoffaqqiyatsizlikka uchragan harbiy davlat toʻntarish tashabbusidan foydalanib, avval oʻz raqibi Gulan tarafdorlariga qattiq zarba bermoqda. Ayni paytda oʻziga itoat qilishda boʻyin tovlab kelayotgan harbiylarni tozalash ishlarini olib boryapti. Ziyolilar, sud va yuristlar qatlamini ham tozalab olmoqchi boʻlib, yuzlagan mutaxasislarni qamoqqa oldi yoki ishdan chetlatdi. Navbat muhojirlarga yetib keldi.
Lekin Edagonning harakatlari oʻz xalqiga qarshi yoʻnaltirilgan. Vaholangki u Angliyaga qochib borib oʻtirgan vaqtida shu xalq koʻchaga chiqib, jon berib qoʻzgʻalonchilarni quvib chiqardi. Xalqning ichida muhojirlar ham boʻlgan.
Qoʻzgʻalonning tomiri chet mamlakatlarga borib taqalayotganini Erdagonning oʻzi bir necha marotaba aytib oʻtdi. Lekin u negadir oʻz xaloskorlariga (fuqorolariga) zulm qilishda davom etyapti. Yaqinda Erdagon uyushtirgan namoyishda oʻsha tuni halok boʻlgan shaxslarni eslab, ularni “demokratiya shahidlari” deb nomladi. Demokratiyada shahid tushunchasi yoʻq. Balki demokratiya oʻsha shahid kabi tushunchalarni yoʻq qilish uchun oʻylab topilgan sistemadir. Demak, Erdagon xalq uni emas, Islom dushmanlaridan islomiy muhitni himoya qilish uchun jon fido qilishganini biladi.
Turkiyadagi islomiy muhitning biroz barqarorligi u yerga butun dunyo mazlum musulmonlarini tortib borgan edi. Bu muhitni Erdagon paydo qildi desak boʻladi. Lekin u bu harakatlari bilan Islom va musulmonlarning farovonligini emas, balki oʻzining shaxsiy reytingini koʻtarishni koʻzlagan. Erdagon olamiy islomiy yetakchi sifatida namoyon boʻlmoqchi edi. Aslida u olamiy demokratik kufr sistemasining bir boʻlagidir. Butun dunyo matbuoti xalqning xuntachilarga qarshiligi islomiy asosda boshqarilganini yashirishga urinayapti. Erdagon esa, musulmonlardan xafa ekanini yashira olmayapti.
Erdagon Putin bilan yaqinlashdi. U Islom va musulmonlarga boʻlgan nafrati va ulardan arazlashi sababli oʻzini demokrat va kufr sistemasining tarafdori ekanini oshkor qila boshlayapti. Muhojirlarni qabul qilishidan maqsadi Islom olamida musulmonlarning ishonchini qozonish va shaxsiy obruy topish edi. Qoʻzgʻalondan keyin nimadir oʻzgardi. Erdagon musulmonlarni quvgʻinga olishi haqida fikrlay boshladi.
Toʻgʻrirogʻi, kufr sistemasi Erdagon uchun yangi obraz oʻylab topib bermoqchi. Turk xalqining kufr xuntachilariga qarshi turib berishdagi islomiy tuygʻulari butun kufr sistemasini xavotirga solib qoʻydi. Erdagon esa, bu olomonni boshqara oladigan yoki rahnamolik qila oladigan kuchli figura emasligi ham oshkor boʻlib qoldi. Endi u olamiy islomiy siyosiy rahnamolik obrazini tark etadiganga oʻxshaydi.