Islom va goʻzallik fikrati

1132
0

بسم الله الرحمن الرحيم

MODA ORTIDAN QUVISh DEMOKRATIYaNING BALOSIDIR (6)

Islom va goʻzallik fikrati

Aql va inson istaklarini shu hayotda inson qanday yashash kerakligini belgilab beradigan asos qilib qoʻygan Gʻarb shaxsiyatining aksi oʻlaroq, Islomiy shaxsiyat yaratuvchi mudabbir Allohga boʻlgan iymonga asoslangan. Zero, yaratgan ham, oʻzi yaratgan maxluqotlarini biladigan ham va bu insonlarni isloh qiladigan nizom, tadbir, maʼrifat va tartib-intizomni biladigan ham oʻsha zotning Oʻzidir.

Gʻarb tushunchasiga muvofiq umumiy erkinliklar, shu jumladan shaxsiy erkinlikka asoslanadigan hamda erkagu ayolning har birining kiyinish uslubi, shaklining koʻrinishi, bir-biriga nisbatan koʻzqarashi va ikkalasi oʻrtasida paydo boʻladigan aloqalarni belgilashda u ikkisini erkin deb hukm chiqaradigan hayot tarzining aksi oʻlaroq, musulmon kishi – erkak boʻladimi, ayol boʻladimi, bundan qatʼiy nazar – oʻz hayotida Parvardigoriga itoat qilish asosida yashaydi va bajarayotgan ishlari Allohning buyruq va taqiqlariga bogʻliq boʻlishi lozim degan eʼtiborda oʻsha qilgan ishlariga binoan qiyomat kuni muhosaba qilinaman deb eʼtiqod qiladi. Shuning uchun Islom musulmon kishini – u xoh erkak boʻlsin, xoh ayol boʻlsin – unga uzviy ehtiyojlari va gʻarizalari nizom chiqarib bersin deb tashlab qoʻymasdan, Qurʼon va sunnatda kelgan ahkomlarga muvofiq hayot kechirishga buyurdi. Alloh Taolo aytadi:

وَمَا كَانَ لِمُؤْمِنٍ وَلاَ مُؤْمِنَةٍ إِذَا قَضَى اللَّهُ وَرَسُولُهُ أَمْرًا أَن يَكُونَ لَهُمُ الْخِيَرَةُ مِنْ أَمْرِهِمْ وَمَن يَعْصِ اللَّهَ وَرَسُولَهُ فَقَدْ ضَلَّ ضَلاَلًا مُّبِينًا

– „Alloh va Uning paygʻambari bir ishni hukm qilgan-buyurgan vaqtida biron moʻmin va moʻmina uchun (Allohning hukmini qoʻyib) oʻz ishlarida ixtiyor qilish joiz emasdir. Kim Alloh va Uning paygʻambariga osiy boʻlsa, bas, u ochiq yoʻldan ozish bilan yoʻldan ozibdi“. [33:36]

Islom muslima ayol uchun turli sharoitlarda qabul qilish lozim boʻlgan koʻrinishni ham, toʻliq goʻzalligini kimlarga koʻrsatishni ham belgilab bergan:

Muslima ayol uchun nomahramlar (turmushga chiqishi mumkin boʻlgan kishilar) huzurida farz qilingan koʻrinish yuzi va ikki kaftidan oʻzga butun badani avrat boʻlganligi tufayli uni berkitishdir. Uning libosi terisining rangi bilinib turar darajada yupqa boʻlishi ham, badanining boʻgʻinlari bilinib turadigan darajada tor boʻlishi ham harom. Chunki Abu Dovud Qatodadan, u kishi Nabiy (s.a.v)dan rivoyat qiladi: “Qiz bola hayz koʻrish yoshiga yetsa, uning yuzi va ikki kaftidan oʻzgasi koʻrinishi joiz emas”. Alloh Taolo aytadi:

وَقُل لِّلْمُؤْمِنَاتِ يَغْضُضْنَ مِنْ أَبْصَارِهِنَّ وَيَحْفَظْنَ فُرُوجَهُنَّ وَلاَ يُبْدِينَ زِينَتَهُنَّ إِلاَّ مَا ظَهَرَ مِنْهَا وَلْيَضْرِبْنَ بِخُمُرِهِنَّ عَلَى جُيُوبِهِنَّ وَلاَ يُبْدِينَ زِينَتَهُنَّ إِلاَّ لِبُعُولَتِهِنَّ أَوْ آبَائِهِنَّ أَوْ آبَاء بُعُولَتِهِنَّ أَوْ أَبْنَائِهِنَّ أَوْ أَبْنَاء بُعُولَتِهِنَّ أَوْ إِخْوَانِهِنَّ أَوْ بَنِي إِخْوَانِهِنَّ أَوْ بَنِي أَخَوَاتِهِنَّ أَوْ نِسَائِهِنَّ أَوْ مَا مَلَكَتْ أَيْمَانُهُنَّ أَوِ التَّابِعِينَ غَيْرِ أُوْلِي الْإِرْبَةِ مِنَ الرِّجَالِ أَوِ الطِّفْلِ الَّذِينَ لَمْ يَظْهَرُوا عَلَى عَوْرَاتِ النِّسَاء وَلاَ يَضْرِبْنَ بِأَرْجُلِهِنَّ لِيُعْلَمَ مَا يُخْفِينَ مِن زِينَتِهِنَّ وَتُوبُوا إِلَى اللَّهِ جَمِيعًا أَيُّهَا الْمُؤْمِنُونَ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ

– „Moʻminalarga ham ayting, koʻzlarini (nomahram erkaklarga tikishdan) toʻssinlar va avratlarini (haromdan) saqlasinlar! Hamda koʻrinib turgandan boshqa zeb-ziynatlarini (yaʼni, ustilaridagi liboslaridan boshqa zeb-ziynatlarini nomahramlarga) koʻrsatmasinlar va koʻkraklarini roʻmollari bilan toʻssinlar! Ular zeb-ziynatlarini koʻrsatmasinlar, magar erlariga yo otalariga yo erlarining otalariga yo oʻgʻillariga yo erlarining oʻgʻillariga yo oʻzlarining ogʻa-inilariga yo ogʻa-inilarining oʻgʻillariga yo opa-singillarining oʻgʻillariga yo oʻzlari (kabi) ayollarga yo qoʻl ostilaridagi choʻrilarga yo (ayollardan) behojat boʻlgan (yaʼni juda keksayib qolgan yoki aqlsiz-devona) erkak xizmatkor-qullarga yo ayollarning avratlaridan xabardor boʻlmagan goʻdaklargagina (koʻrsatishlari joizdir). Yana yashirgan zeb-ziynatlari bilinsin uchun oyoqlarini (erga) urmasinlar! Barchalaringiz Allohga tavba qilinglar, ey moʻminlar! Shoyadki (shunda) najot topsangizlar“. [24:31]

Shu bilan birga muslima ayol uchun nomahramlar huzurida eʼtiborni jalb qiladigan darajada ziynatlanib-bezanib yurish joiz emas. U zot aytadi:

وَقَرْنَ فِي بُيُوتِكُنَّ وَلاَ تَبَرَّجْنَ تَبَرُّجَ الْجَاهِلِيَّةِ الْأُولَى وَأَقِمْنَ الصَّلاَةَ وَآتِينَ الزَّكَاةَ وَأَطِعْنَ اللَّهَ وَرَسُولَهُ إِنَّمَا يُرِيدُ اللَّهُ لِيُذْهِبَ عَنكُمُ الرِّجْسَ أَهْلَ الْبَيْتِ وَيُطَهِّرَكُمْ تَطْهِيرًا

– „Oʻz uylaringizda barqaror boʻlinglar (yaʼni, besabab uylaringizdan tashqariga chiqmanglar), magar biron hojat uchun chiqqanlaringizda esa ilgarigi dinsizlik (davri)dagi yasan-tusan kabi yasan-tusan qilmanglar! Namozni toʻkis ado qilinglar, zakotni (haqdorlarga) ato etinglar hamda (barcha ishlarda) Alloh va Uning paygʻambariga itoat etinglar! (Ey paygʻambar) xonadonining ahli, Alloh sizlardan gunohni ketkazishni va sizlarni butunlay poklashni istaydi, xolos“. [33:33]

Islom muslima ayol uchun umumiy hayotda uyidan chiqayotgan paytda sharʼiy libosni farz qilgan. Bu libos ximor (boshni toʻliq, boʻyinni va koʻkrak ustidagi kiyim yoqasini yopib turadigan yopinchiq)dan va jilbob (uy kiyimlarini yopib turadigan va pastgacha, hatto yergacha osilib turadigan yaxlit matodan tikilgan ayollar ust kiyimi)dan iborat. Agar u shu ikki xil kiyimni kiymasdan uyidan chiqib ketsa, Parvardigorining buyrugʻiga zid ish qilgani uchun gunohkor boʻladi. Jilbobi yoʻq boʻlgan ayol haqida Rasululloh (s.a.v)ga savol berilganda, u zot (s.a.v) “Opasining jilbobini kiyib tursin”, dedilar.

Soʻngra, shulardan keyin, muslima ayol xos goʻzalligiga erining oldidagina eʼtiborni tortadigan darajada eʼtibor berishi va erining nazarida oʻzini chiroyli, nazokatli, pokiza va koʻngilni zavqlantiradigan qilib koʻrinishi lozim. Shu bilan birga, tashqi koʻrinishni asosiy qiymat deb sanaydigan, ayolni inson sifatida emas, balki mato sifatida koʻradigan, uning ayolligidan arzimas gʻariziy vosita sifatida foydalanadigan Gʻarbning goʻzallik meʼyorlariga mukkasidan ketmasligi darkor. Uning Gʻarbcha hayot tarziga mahliyo boʻlmasligi, oʻziga Islom taʼlimotlari asosida eʼtibor berishi, Parvardigorining va erining roziligini istashi uning oilasini – Gʻarbda keng tarqalgan illatga xilof tarzda – parchalanib ketishdan saqlab qolishni kafolatlaydi. (davomi bor).

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.