Chubak hoji tergovga chaqirtirildi

651
0

Chubak hoji tergovga chaqirtirildi

 Qirgʻiziston musulmonlari diniy idorasining sobiq rahbari Chubak hoji Jalilov “Ahmadiya” oqimi tarafdorlari haqida aytgan soʻzlari yuzasidan Oʻsh militsiyasiga chaqirtirilgan.

 Qirgʻiziston Ichki ishlar vazirligi ushbu xabarni tasdiqlab, Chubak hoji teologik ekspertizaning natijasi bilan tanishish uchun chaqirtirilayotgani maʼlum qildi.

 Oʻtgan yil oxirida Oʻshda “Ahmadiya” diniy oqimining bir aʼzosi oʻldirilib ketilgan edi. Voqeadan keyin marhumning yaqinlari Chubak hoji Jalilovni mazkur oqimni ochiqdan-ochiq qoralab, diniy adovatni qoʻzgʻadi, deya huquq-tartibot idorasiga arz qilgan. Sobiq muftiy esa “Ahmadiya”larni “musulmon emas” jamoat sifatida taʼriflagan, biroq oʻziga nisbatan aytilayotgan daʼvolarni inkor qilgan.

 “Ahmadiya” oqimining vakillari Chubak hoji Jalilov ustidan yozgan arizasi yuzasidan ichki ishlar vazirligining tergov boʻlimi boshqarmasining Oʻshdagi hududiy boʻlimi tekshiruv olib bormoqda.

 Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Baqit Seyitovning maʼlum qilishicha, Din ishlari boʻyicha davlat komissiyasi teologik ekspertiza oʻtkazgan va unda “diniy adovatni qoʻzgʻashga daʼvat qilingan”, deya xulosa chiqarilgan.

 “Oʻsha ekspertiza xulosasi bilan oʻzi tanishib chiqib, unga maʼqul yoki maʼqul emasligini bilaylik, deb chaqirtirilgan xolos. Agar u xulosaga norozi boʻlsa, unda yana ham koʻproq, tajribali ekspertlarni chaqirib, komissiya guruhi tuziladi va xulosa qaytadan oʻrganilib chiqiladi. U hozir faqat shuning uchungina chaqirtirilmoqda. Undan boshqa narsa yoʻq. Uning aytganlarida shunday daʼvat bormi yoki yoʻqmi, ekspertiza tayinlangan” – dedi Baqit Seyitov.

Turkiston:

Avvalroq, ulamolar kengashi fatvolar boʻlimining yetakchisi Chubak hoji musulmonlarning savollariga javob berayotib, “Ahmadiya” oqimini gʻoyriislomiy, yaʼni kufr oqimi deb aytib oʻtgan edi. Darhaqiqat bu fatvo sharʼiy nususlarga asoslangan boʻlib, “Ahmadiya” oqimining buzuq aqidasi, dastur va programmasini oʻqigan birorta odam ularni kofir ekanliklarini inkor qila olmaydi. Bundan tashqari bu jamoani dunyoning nufuzli birorta ulamosi musulmonlar safiga qoʻsha olgan emas. “Ahmadiya” oqimining aʼzolari uning asoschisi boʻlgan Mirzi Gulema Ahmad (1835 – 1908)ni paygʻambarimiz(sav)dan keyingi uning ishini davom ettiruvchi paygʻambar deb eʼtiqod qilishadi.

Lekin militsiyaning harakatlari bu ishga boshqacha tus berishni maqsad qilyapti. Ular bu fatvoni fitna chiqarish bayonoti deb, “Ahmadiya” yigitining oʻlimi shu fatvoning oqibatidan sodir etildi, deyishmoqchi. Ular bu loihani avvaldan oʻzlari uyushtirishganmi yoki vaziyatdan foydalanib olishmoqchimi, yaʼni organ xodimlari “ahmadiya” yigitini oʻldirib yuborishlariga atayin sharoit yaratib berishganmi (Chubak hojini yuqoridagi soʻzlari uchun aybdor qilish maqsadida) yoki qotillik ularning ixtiyorisiz amalga oshirilgan boʻlsa ham, vaziyatdan foydalanib qolishmoqchimi, shu tomoni mubham boʻlib qolyapti.

Organ xodimlarining mantiqiy xulosalariga qaraydigan boʻlsak, prizident Almazbek Atambayevni ham tergovga chaqirish kerak edi. U qora hijob kiygan ayollarni hech qanday dalilsiz portlatuvchi terrorchilar, dedi. Bu jamiyatni ikkiga boʻluvchi fikr boʻlib, ilmoniylik tarafdori boʻlgan fuqarolarni Islomiy tarafni tanlagan musulmonlardan ajratib yuboradi. Balki bundan taʼsirlanib, bu ikki toifa tarafdorlari oʻrtalarida moddiy ziddiyatlar kelib chiqsa, prizidentimizning soʻzlari bunga sabab boʻlgan boʻladi!

Hukumatning Chubak hojiga qarshi olib borayotgan harakatlari bir vaqtlar Oʻzbekiston hukumatining oʻz ulamolariga nisbatan olib borgan repressiv harakatlarini yodimizga soladi. Roshod qorini qamoqqa olishganlarida beparvo boʻldik. Hukumat qirgʻiz millatchilari va tengrichilarning taʼsirini kuchaytirdi. Roshod qorining tarafdorlarini esa siquvga olib, bosh koʻtarishga imkon bermadi. Bundan tashqari hukumat yana Islomni millatchilikka moslash yoʻliga oʻtib, boshqa millatga mansub masjid imomlarini chetlatish ishlarini kuchaytiryapti. Baʼzi ulamolarimiz hukumatning bu harakatlarida oʻzlari uchun manfaatlar koʻrayotgandek boʻlishib, hukumat bilan hamkorlik qila boshlashdi.

Lekin hukumatning tepasida turgan kufr maslahatchilari milliy boʻlsa ham, islomiylashishdan xavfsiray boshlashdi. Endi Roshod qorini chetlatilishida asosiy rol oʻynagan Oʻzbek hukumati Chubak hojini jamiyatimizdan chetlatishni maslahat beryapti.

Chubak hoji Qirgʻiz ulamosi emas, Islom ulamosidir. U botil tomonida turishdan taqvo qilib, (Allohdan qoʻrqib) haq tomonni ixtiyor qilib, sabrda matonat bilan turgani uchun unga zulm qilishga harakat qilishyapti.

Hizb ut-Tahrir bilan Chubak hojining oʻrtasida bir qator ziddiyatlar mavjud. Ixtilofli masalalarda va siyosiy harakatlarimizda kelishmovchiliklar bor. Lekin shunga qaramay, u Islomiy ulamo sifatida hurmatga loyiq odamdir. Barcha Islomiy jamoalarni, oʻrtalarimizdagi ixtilof va kelishmovchiliklarni chetga surib qoʻyib, Islom va musulmonlarning ich-ichlarigacha kirib borayotgan kufr fikrlariga qarshi turishga chaqiramiz. Alloh bizni oʻz shariatiga muvofiq yashashga va har bir voqeʼlik uchun shariatdan kelib chiqib fikr bildirishga buyuradi. Yuqorida esa, haq soʻzni aytayotgani uchun bir birodarimizga tazyiq qilishga harakat qilinyapti. Har bir shaxs, jamoa va hizblar, “Ahmadiya” oqimi haqida sharʼiy hukmni toʻgʻri bayon qilib, oʻz pozitsiyamizni bildirishimiz kerak. Chunki bu Chubak hojining hukmi emas, Allohning hukmidir.

El ichida, “Ahmadiya” oqimini  Angliyadan bizga kirib kelishida Qodirjon Botirovning xizmati juda katta boʻlgan, degan gap bor. Qorasuv rayonining Qashqarqishloq ayilida ularning soni koʻpayib, rivojlanib borishida esa, oʻsha qishloq turgʻuni boʻlgan Inomjon Abdurasulovning taʼsiri katta boʻlgan deyiladi. Hukumat buni tiniqroq bilishida shubhamiz yoʻq. Endi bularni hukumat himoya qilyapti.

Assalamu alaykum.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.