Yahudiy jurnalist: IShIDning yoʻq qilinishi manfaatlarimizga ziddir

1013
0

Yahudiy jurnalist: IShIDning yoʻq qilinishi manfaatlarimizga ziddir

Isroilda chiqadigan “Jerusalem Post” gazetasining yozuvchisi Efraim Inbar IShIDning yoʻq qilinishi tarixiy xato boʻlishini bildirdi. Strategik yozuvchilardan biri sifatida tanilgan Efraim Inbarning taʼkidlashicha, IShID tashkilotining aʼzolarining yoʻq qilinishi Gʻarbning manfaatlariga ham ziddir. Shu bois IShID tashkiloti butunlay yoʻq qilinmasligi lozim.

“AQSh mudofaa vaziri Eshton Karter oxirgi paytlarda IShID tashkilotining tugatilishi borasi yirik kampaniyalar tashkil qilmoqda. Shuningdek, yaqinda mudofaa vazirlarining yigʻilishida ham bu masala birinchi oʻringa qoʻyildi. Biroq IShID tashkilotining tugatilishi tarixiy xato boʻladi. Buning juda koʻp turli sabablari bor”, deydi Inbar Jerusalem Postda yozgan maqolasida.

Bundan tashqari, Gʻarbning barqarorlik istagini ham tanqid qilgan Inbar “Gʻarb barqarorlikni istamoqda va IShIDni yoʻq qilib, harbiy maqsadlariga erishishni xohlamoqda. Lekin barqarorlik har doim ham qiymat boʻla olmaydi. Barqarorlik faqat bizning manfaatlarimizga xizmat qilish uchun asos boʻlishi mumkin”, deya taʼkidlaydi.

Bundan avval Iroq va Suriya hududlarida joylashgan IShID tashkiloti Isroilning texnologiyasidan foydalanib raketa mudofaa tizimini ishga solganligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Mutaxassislar IShID Isroilning texnologiyasi yordami bilan cheklanibgina qolmay, Yaponiyaning “Soni” kompaniyasi ham raketa mudofaa tizimlariga kameralar oʻrnashtirib berganligini iddao qilib keladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.