Nitstsa amaliyoti: uning koʻlami va oqibatlari

801
0

Nitstsa amaliyoti: uning koʻlami va oqibatlari

Frantsiya ichki ishlar vazirligi xabariga koʻra, 2016 yil 14 iyul kechqurun bir yuk mashinasini boshqargan shaxs bayram munosabati bilan yigʻilgan odamlarni bostirib borishi natijasida 84 nafar inson halok boʻldi, 121 kishi jarohatlandi, ayrimlari ogʻir ahvolda. Bu hujum 2015 yil noyabrda Parijdagi “Sen-Deni”da bir vaqtning oʻzida bir necha joyda amalga oshirilgan hujumlardan buyon yuz bergan hujumlarning eng qonlisi hisoblanadi. Turli joylarda, shu jumladan “Sen-Deni” stadionida oʻq uzish, xudkushlik hujumi va odamlarni garovga olish amaliyotlarini oʻz ichiga olgan amaliyotda 130 kishi oʻlgan edi. Davlat tashkiloti Parij hujumini zimmasiga olganidek Nitstsa hujumini ham boʻyniga oldi.

Frantsiya ichki ishlar vaziri Bernard Kaznov “Frantsiyada terror tahdidi hamon saqlanib qolmoqda, biz u bilan urush holatidamiz”, dedi. Frantsiya prezidenti Fransua Olland “Mamlakat janubidagi Nitstsa shahrida sodir etilgan yuk mashinasi amaliyoti “terroristik xarakterga” ega ekanini inkor qilib boʻlmasligi”ni aytib, butun Frantsiyaning “islomiy terrorizm xavfi ostida qolgan”ini bildirdi. U mamlakatdagi favqulodda holatni yana uch oyga uzaytirishni, oʻn ming askar safarbar qilinishini, Frantsiya qoʻshinlarining rezervdagi kuchlarini ham Nitstsa shahri hujumiga qarshi reja doirasida kurashga chaqirganini eʼlon qildi. Shuningdek, Frantsiyaning “Suriya va Iroqqa nisbatan harbiy aralashuvini kuchaytirishi”ni taʼkidladi. Britaniya hukumati Nitstsa shahri boshdan kechirgan bunday dahshatli hujum qarshisida “shok” holatida ekanini bildirdi.

AQSh prezidenti Obama ayni hujumlarni qoralab, tergov davomida Frantsiyaga kerakli barcha yordamlarni koʻrsatishga tayyorligini bildirdi. U jumladan bunday dedi: “Amerika xalqi nomidan, men oʻzimning gʻoyat kuchli soʻzlarim bilan, Frantsiyaning Nitstsa shahridagi terrorchilik, deya koʻrilayotgan va oʻnlab begunoh fuqarolar oʻlimiga olib kelgan dahshatli hujumni qoralayman”. Ayniqsa, AQSh prezidentligiga nomzod Xillari Klinton soʻzlari diqqatni koʻproq jalb qildi. U Amerika-Evropa razvedka agentliklari oʻrtasidagi kamchilikdan tashvishda ekanini bildirib, “Evropadagi muammolardan biri” ayni qitʼaning “etarlicha maʼlumot almashmaydigan” qari davlatlari ekanini bildirdi. Rossiya prezidenti Nitstsadagi terrorchilik hujumi qurbonlari xususida Putin frantsuz hamkasbiga taʼziya izhor etdi va bu borada saʼy-harakatlarni birlashtirishga chaqirdi.

Demak, Amerika bilan Rossiya Suriya masalasida oʻzaro kuchlarini birlashtirishni taʼkidlab, ikkalasining kuchiga Frantsiya kuchini ham qoʻshilishini talab qilishmoqda. Masalan, AQSh yetakchilarining Bryussel portlashlari ortida ham xuddi shunday bayonotlar berishganiga guvoh boʻlgan edik. Oʻshanda 2016 yil 24 mart kuni AQSh mudofaa vaziri Eshton Karter bunday degandi: “Men shunga aminmanki, Bryussel hujumlari, aksar yevropaliklarga Iroq va Suriyadagi Davlat tashkilotiga qarshi kurashda – xuddi bu xususda Qoʻshma Shtatlar qilgani kabi – saʼy-harakatlarni tezlashtirishlari zarurligini eslatish uchun sodir boʻldi… Bu saʼy-harakatlarni kuchaytirish zarurligi borasida shubha bildirayotgan Yevropadagi kimsalar uchun bir eslatmadir”.

Biroq Frantsiya oʻz rahbari tilidan boshqa alohida gala sifatida sayrab, Suriya va Iroqdagi mavjudligini kuchaytirish haqida gapirmoqda. Boshqacha ibora bilan aytganda, Amerika va Rossiya bilan emas, balki alohida harakat qilishni istamoqda. 2016 yil 9 iyunda Frantsiya mudofaa vazirligi Suriya shimoliga maxsus kuchlarini yuborganligini taʼkidladi va buni Suriyadagi demokratik malay kuchlarga maslahatlar taqdim etayotgani bilan oqladi. Bu davlat moʻʼtadillar deb bilgan qoʻzgʻolonchilarni qoʻllab-quvvatlab, ularning mahalliy boshqaruvlari uchun yordamlar koʻrsatmoqda. Oʻzida Frantsiyada yashayotgan moʻʼtadil muxolafatga, ayniqsa, Amerikaning oʻzlariga nisbatan munosabatidan noliyotgan muxolafatchilarga taʼsir oʻtkazish maqsadida ularning konferentsiyalarini oʻtkazib bermoqda. Zero, AQSh bu muxolafatga tahqiromuz munosabat koʻrsatib, togʻut Bashar Asadning rejimi bilan uning qudratdaligi holatida muzokara oʻtkazishga ularni majburlamoqchi boʻlyapti va uning taqdiri haqida gapirishlarini taqiqlayapti. Shu sababdan ham bu toifadagi muxolafat Frantsiyada erkin nafas olib, bu yurtda qandaydir qadrga egamiz, deb oʻylashmoqda!

Bunga oʻxshash terrorchilik deya baholanayotgan hujumlarda maʼlum davlatdagi josuslik xizmatining qoʻli borligi, bundan oʻz siyosiy maqsadlarini amalga oshirishni koʻzlayotgani ehtimoldan xoli emas, albatta. Misol uchun, Amerika Suriya qoʻzgʻolonini yoʻq qilishga harakat qilmoqda. Bu harakatlaridan biri, qoʻzgʻolonni – tinch fuqarolarga qarshi amaliyotlar sodir etuvchi terrorchilarni yetishtirib chiqaruvchi – xavfli qoʻzgʻolon qilib koʻrsatayotganidir. Bir vaqtning oʻzida, u yevropaliklardan oʻzi bilan birgalikda hamda Suriya va Iroqda uning soyasida harakat qilishlarini istamoqda. Xususan, hozirda AQSh boshi berk koʻchada qolgan. Ahmoq toʻnka ruslar boʻlsa, AQShga bekordan-bekorga, hatto ziyonga xizmat qilib berishdi va Suriya masalasida ular ham boshi berk koʻchaga kirib, na oʻzlarini qutqara olishdi va na AQShni.

Yevropaliklarga kelsak, ular Amerika rejasini ongli tarzda tushunib turishibdi. Ularning yoʻli AQShdan ajralgan holda boʻlishini yoki hech boʻlmaganda, u bilan bitta saviyada boʻlishini istashmoqda. Amerika ularni oʻzining ortidan ergashishga va soyasiga kirishga majbur qilmoqda, ular esa buni xohlamay, oʻz yoʻllarida qattiq turibdi. Hatto Liviya, Yaman va Sudan janubida AQShni tashvishga solib qoʻyishdi. Suriya va Iroq masalasida ham u bilan muvofiqlashishmayapti, oʻzlarini tiqishtirishib, xalqaro eʼtibordagi alohida tomon boʻlishga urinishyapti.

Endi, Nitstsada yuk mashinasi bilan odamlarni bostirdi, deya eʼlon qilingan shaxsga kelsak, aytishlaricha, u jinoyatkor oʻtmishga ega boʻlib, mashinani bir oy muqaddam ijaraga olgan, ilgari ham mast holda bir necha mashinalar bilan toʻqnashib ketgan. Demakki, bu kimsa Islom ahkomlariga amal qilgan kishi emas. “Islomiy Davlat” tashkilotiga kelsak, u gʻarbliklarga qarshi sodir boʻlgan barcha amaliyotlarni oʻz zimmasiga olish bilan – xususan, Iroqda katta talofatga duch kelganidan soʻng – goʻyo dushmanlariga qarshi oʻzini hamma yerda kuchli-qudratli tashkilot qilib koʻrsatishga urinyapti. Masalan, 2016 yil 7 fevralda sodir boʻlgan Bangladesh hujumlarini ham oʻz zimmasiga olgan edi. Biroq bengal hukumati “Islomiy Davlat”ning bu hodisaga aloqasi yoʻqligini bildirdi.

Garchi Gʻarb davlatlari Islom va musulmonlarga qarshi urush qilib, musulmonlarni bevosita yoki oʻz malaylari vositasida qirgʻin qilayotgan boʻlsa-da, lekin aksar Gʻarb xalqlari buni qoʻllab-quvvatlamayapti, oʻz davlatlarining boshqa davlatlarga harbiy aralashuvini istamayapti. Ularda oʻz oralarida yashayotgan musulmonlarga qarshi hissiyot yoʻq. Hukumatlari maʼlum siyosatlarni amalga oshirish uchun ularni musulmonlarga qarshi gijgijlayotgan boʻlsa-da, lekin ularda musulmonlarga nisbatan salbiy tuygʻu mavjud emas. Portlashlar, hujumlar va bosib ketish amaliyotlari kabi bu hodisalarning barchasi odamlarda musulmonlarga nisbatan nafrat paydo qilish kampaniyasini yanada avj oldirish sahnida sodir boʻldi. Yevropa davlatlari bundan foydalanishyapti. Masalan, Frantsiya prezidentining oʻzi Nitstsa hodisasini “islomiy terrorizm”, deb atash bilan hamma musulmonlarga ayblov toshini otdi. Bu Yevropa davlatlarining islomiy yurtlarga aralashuvini oqlashga, bu aralashuvga qonuniy tus berishga qaratilgan. Chunki bu davlatlar shu orqali odamlarni himoya qilayotganliklarini daʼvo qilib keladilar.

Islom musulmonlarga buyurgan haqiqiy toʻgʻri yoʻl shuki, ular kofirlar yurtlarida omonlikda yoki fuqaro sifatida yoxud muayyan shartnomalar asosida istiqomat qilayotgan ekan, ular bu shartnomalarni hurmat qilishlari va uni buzmasliklari kerak. Shuningdek, kofirlarga islomiy daʼvatni yetkazishlari, Islom buyurgandek xatti-harakatdagi va muomaladagi haqiqiy musulmon namunasini oʻzlarida gavdalantirishlari, yurt ahlidan oʻz masalalarida nusrat-yordam olish uchun ularning mehrini qozonishga harakat qilishlari hamda Rosululloh Aning

“الْمُؤْمِنُ مَنْ أمِنَهُ النَّاسُ عَلَى دِمَائِهِمْ وَأمْوَالِهِمْ”

“Odamlar oʻz jonlari va mollari borasida ishongan kishi moʻmindir”, degan soʻzlarini tatbiq qilishlari lozim.

Ammo islomiy yurtlarda esa, Islom ularga yurtlarini Islom diyoriga aylantirishni, Islom bilan hukm yuritishni, omon-xavfsizliklari oʻz qoʻllarida boʻlib, kofirlarni moʻminlar ustidan hukmron boʻlishlariga yoʻl qoʻymasliklarini buyuradi. Bu esa ularni Alloh nozil qilmagan qonunlar bilan boshqarayotgan va mustamlakachi kofir davlatlarni doʻst tutayotgan malay hukumatlarni agʻdarish hamda ularning xarobalari uzra Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini barpo etish bilan amalga oshiriladi. Qachon ushbu davlat barpo boʻlsa, Gʻarb davlatlari bizga qarshi til biriktirishga va yurtlarimizga daxl qilishga imkon qilolmaydi. Qolaversa, yurtlarimizdan bunday davlatlar nufuzlari yoʻq qilinadi.

Asʼad Mansur

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.