Mahmud Qor: Avvalgilarning xatolarini takrorlamang

1093
0

Mahmud Qor: Avvalgilarning xatolarini takrorlamang

“Islah Haber” axborot agentligi 15 iyul kuni Turkiyada yuzaga kelgan davlat toʻntarishi tashabbusi haqida Hizb ut-Tahrir – Turkiya viloyati matbuot boʻlimining rahbari Mahmud Qor bilan suhbat oʻtkazdi. Mazkur suhbatni diqqatingizga havola qilamiz.

Islah Haber: “Turkiya davlat toʻntarish davrini ortda qoldirdi” deyilardi. Biroq, 15-iyul kuni avvalgilariga nisbatan qonliroq davlat toʻntarish tashabbusi amalga oshirildi. Turkiyadagi bu davlat toʻntarish anʼanasini qanday tushinish mumkin?

Mahmud Qor: Mustamlakachi davlatlar nufuz talashayotgan Turkiya kabi mamlakatlarda davlat toʻntarishi afsuski, har doim sodir etilishi mumkin. Yaqin Sharqqa, Afrika va Janubiy Amerika davlatlariga bir qarang, bu mamlakatlarda 20-asrda deyarli tongda ertaroq turgan odam davlat toʻntarishi qilib hokimiyatga kelishi mumkin. Xoʻsh, bu davlat toʻntarishlari ortida kim turibdi, deb soʻralsa, albatta mustamlakachi davlatlar deb, aytamiz. AQSh, Britaniya va Frantsiya kabi mustamlakachi davlatlar bu mamlakatlar ustidan hukmronlik qilish uchun har doim oʻz manfaatlari ustida bir-biri bilan talashib-tortishib keladi.

Shuning uchun bu davlatlardagi harbiy hokimiyatni qoʻlida tutib turgan mustamlakachi davlat u yerdagi siyosiy kuchga oʻz taʼsirini oʻtkazgan boshqa bir mustamlakachi davlatga qarshi davlat toʻntarishini amalga oshiradi. Turkiyada ham shu tarzda AQSh va Britaniyaning yarim asrdan buyon nufuz talashib kelayotganiga guvoh bulib turibmiz. Chunki Turkiya ham afsuslar boʻlsinki, bu mustamlakachilarniing kurash maydoniga aylanib qolgan. Har qancha “davlat toʻntarish davri oʻtdi”, deyilsa ham, mustamlakachilar oʻz manfaatlari uchun davlat toʻntarishi haqida fikr yuritaverishadi. Toki, AQSh va Britaniya kabi mustamlakachi davlatlar bilan aloqalarimizni uzmas ekanmiz, bu narsa davom etaveradi.

Turkiyadagi davlat toʻntarishlari haqida gap ketganda shuni aytib oʻtish lozimki, bu diyorlarda eng yirik davlat toʻntarishi 1924 yil 3 martda Xalifalikning bekor qilishi boʻldi.

Ha, bu faqat Turkiya uchun emas, balki butun islom olami uchun eng ogʻir davlat toʻntarishi boʻldi. Bu toʻntarish ortida inglizlar bor edi. Chunki Lozanna konferentsiyasidan keyin ular Xalifalikini qulatdi. 15 iyul kuni davlat toʻntarishiga kirishgan bir hovuch kamolist xuntachilar kabi, 1924 yilda ham kichik bir guruh qurol, bosim va aldov yoʻli bilan davlat toʻntarishi qilib Xalifalikni bekor qildi. Jumhuriyat olib kelgan inqiloblar musulmonlarning roziligi bilan emas, majburan amalga oshirildi. Demak oʻsha kundan bugungacha, davlat toʻntarishlarining orkasida mustamlakachilar turganligini koʻrishimiz lozim.

Islah Haber: Hizb ut-Tahrir sifatida Turkiyadagi davlat toʻntarish tashabbusi jarayonida qanday pozitsiyani egalladingiz?

Mahmud Qor: Hizb ut-Tahrir nafaqat Turkiyada, balki Islomiy oʻlkalarda amalga olshirilgan har qanday davlat toʻntarishlariga qarshi boʻlgan. Shuning uchun biz 15 Iyul kuni davlat toʻntarishi tashabbusi ortidan darhol bu tashabbus vahshiy terrorchilik harakati ekanligi haqida yozma ravishda matbuot bayonotimizni eʼlon qildik. Chunki xuntachilar TRT telekanali orqali bergan bayonotida ilmoniylikka urgʻu berib, musulmonlarga ochiq dushmanliklarini izhor qilishdi. Musulmon aholiga qurol koʻtarib, ularni qatl qilish bilan ginalarini oshkor qilishdi.

Eʼtibor bering, Misrda as-Sisiy davlat toʻntarishini amalga oshirganda biz bu yerda maydonlarga chiqib, Misrlik birodarlarimiz bilan birga ekanligimizni eʼlon qildik. As-Sisiyni ham, demokratiyani ham laʼnatladik. Hozir ham xuddi shunday davlat toʻntarilishiga ham, demokratiyaga ham qarshi ekanligimizni bildirdik va bildirishda davom etamiz. Koʻchalarga chiqib, davlat toʻntarish harakatiga qarshilik koʻrsatgan odamlarning his-tuygʻulari demokratik va ilmoniylik his-tuygʻular emas, balki Islomiy his-tuygʻular edi. Siz davlat toʻntarishiga qarshi turish uchun koʻchalarga chiqqan demokrat, Kamolist, ilmoniy yoki liberalistlardan birortasini koʻrdingizmi?! Yoʻq albatta.

Men demokratiya bayramiga aylantirib yuborilgan keyingi jarayonlar haqida gapirmayapman. Biz demokratiyaning gʻalabasi sifatida koʻrsatilgan va “demokratiya bayrami” nomi berilgan chiqishlarga ishtirok etmadik. Ammo davlat toʻntarishiga urinish boshlangan kechada Islomiy tuygʻuga ega boʻlgan musulmonlar koʻchalarga chiqib oʻnga qarshilik koʻrsatishdi. Hizb ut-Tahrirning yigitlari ham boshqa musulmonlar bilan birga bu davlat toʻntarish tashabbusiga qarshi chiqishdi. Oʻsha kechaning oʻzida “Akinji” bazasiga borib ularga qarshilik qilgan birodarlarimiz boʻldi. Shuningdek Istanbul va Anqarada birodarlarimizning oilalari va qarindoshlaridan hayotdan koʻz yumganlar va jarohat olganlar boʻldi.

Islah Haber: 15 Iyuldan soʻng davlat muassasalarida keng koʻlamli ishdan boʻshatishlar amalga oshirilmoqda, yaʼni hoʻlu-quruq barobar yonmoqda. Bu jarayon qanday amalga oshirilishi lozim?

Mahmud Qor: Davlat toʻntarishiga urinish ortidan davlat muassasalarida bunday tozalashlarning keng koʻlamli va tez surʼatda boshlanishi bularning roʻyxati avvaldan tuzib qoʻyilganligini koʻrsatadi. Aslida bu ishlarda davlat toʻntarishiga urinishdan “qulay fursat” sifatida foydalanilmoqda. Buni davlat rasmiylari ham tasdiqlashdi. Ammo hukumat bundan avval Gulan guruhi yoʻl qoʻygan xatoni takrorlamasliklari lozim. Zero Gulan guruhiga bogʻliq politsiyachilar va hakamlar oʻtmishda “Ergenekon” amaliyotida aybdorni ham, aybsizni ham elakdan oʻtkazishdi. Barcha Islomiy jamoalar va harakatlarni Ergenekonga bogʻlash uchun har xil tuhmatlar bilan musulmonlarga zulm qilishdi hamda noqonuniy mahkamalar bilan aybsiz insonlarni qamoq jazosiga hukm qilishdi.

Hozirda davlat idoralarida xizmat qilayotgan xodimlar lavozimga erishish uchun yoki yoqtirmagan birortasini daf qilish uchun biri boshqasini Gulenchilikda ayblashi ehtimoldan holi emas. Balki, shu sababli bir qancha insonlar ishlaridan va maoshdaridan ajralib qolayotgandir. Bu odamlarning farzandlari va oilalari bor. Shuning uchun haq va adolatni mahkam tutish lozim. Zero Alloh Subhanahu Taolo bu haqda shunday deydi:

وَلَا يجرمنكم شنئان قوم على أَلا تعدلوا اعدلوا هُوَ أقرب للتقوى

“Bir qavmni yomon koʻrishingiz sizni ularga nisbatan adolat qilmaslikka olib bormasin. Adolat qiling. Bu taqvoga oid ishdir”.

Shuni ham aytib oʻtmoqchiman; “Paralelchilar” (Gulenchilar) zulmidan jabr koʻrganlar qarotida Hizb ut-Tahrir aʼzolari ham salmoqli oʻrinni egallaydi. Bu jarayonda bizning 500 dan ortiq aʼzolarimiz 2000 yildan ortiq qamoq jazosiga hukm qilindi. Ular hozirgi kunda qamoqqa olinayotgan politsiyachi va prokrorlarning tergovlari va bir necha kun avval qamoqqa olingan sudyalarning hukmi natidasida qamoq jazosiga hukm qilingan edilar. Ushbu guruh (Gulenchilar) ommaviy axborot vositalari, politsiya va sud qoʻli bilan Hizb ut-Tahrirni yomon otliq qilishga harakat qildi. Biroq shunday boʻlishiga qaramay, bugungi kunda hukumat ular kabi ish yuritmasligi lozim, deb bilamiz. Aybdor va aybsiz bir biridan ajratilishi kerak va beriladigan jazo minimal darajaga tushirilishi lozim.

Islah Haber: Ergenekondan soʻz ochildi, shu onda Turkiya qurolli kuchlaridan chiqarib yuborilayotgan kishilarning oʻrniga “Ergenekon” va “bolgʻa” daʼvosida ayblanganlar olib kelinyapti. Buni qanday baholaysiz?

Mahmud Qor: Hukumatning bu strategiyasi “dushmanimning dushmani mening doʻstimdir” strategiyasi boʻlib, bu juda xavfli va xato strotegiyadir. Zero bu vaqtinchalik qutilish qaroridir. Prezident va hukumat shuni bilishi lozimki, xalqning koʻmagida davlat toʻntarishining oldi olindi. Aslida bu davlat toʻntarishiga qoʻl urganlar ilmoniylar va kamolistlardir. Ayni paytda, bir vaqtlar “Ergenekon” va “bolgʻa” daʼvosida ayblanganlar ham ilmoniy va kamalist tushunchasiga egadirlar. Ular hozirda prezident va hukumatni qoʻllab-quvvatlayotgan boʻlsa, demak bu ishni albatta manfaati uchun qilishyapti. Chunki bu insonlarning dunyoqarashlari va Turkiya haqidagi tasavvurlari oʻzgargani yoʻq. “Choʻkayotgan odam xasga boʻlsa ham yopishadi” deganlaridek, hukumatning bunday paytda bu kimsalarga suyanishi kelajak uchun katta xato va tahlikalidir. Xuddi shunday, sud tizimida ham shu gaplarni aytish mumkin. Boʻriga qoʻzichoqni topshirish qanchalar xatarli oqibatlarga olib kelishini “parallel davlat tuzilishi”da ham koʻrdik. Shuning uchun Islomiy jamoatchilik bunday harakatga qarshi chiqishlari kerak, deb oʻylayman.

Islah Haber: Jamoatchilik 15 iyul kungi davlat toʻntarish tashabbusi AQSh tomonidan qoʻllab-quvvatlanganligini aytayotgan bir paytda Hizb ut-Tahrir davlat toʻntarish tashabbusi mahalliy inglizparast ilmoniy kamolistlar tarafidan amalga oshirilganigini aytmoqda. Nimaga asoslanib, bunday yechimga keldingiz?

Mahmud Qor: Sizning bu savolingizga javob berish uchun yaqin tarixdan sizga bir misol keltiraman. 2015 yil 24 noyabrda Turk havo kuslari tarafidan Rossiyaning harbiy samolyoti urib tushirilganda hamma bu voqea davlat koʻrsatmasi asosida amalga oshirilganligini aytishdi. Hatto oʻsha paytdagi Turkiya bosh vaziri Ahmet Davutogʻlu ham “Men buyruq berdim”, deb rasmiy bayonot berdi. Prezident Erdogʻan esa “Biz Rossiya uchogʻini havo maydonimizni buzganligi uchun urib tushirdik. Agar takror buzsa yana urib tushiramiz”, dedi. Hizb ut-Tahrir sifatida biz Oʻsha paytda nashr qilgan siyosiy tahlilimizda rus samolyoti siyosiy rahbarlarning buyrugʻi bilan emas, balki Turkiya armiyasi ichidagi Prezident Erdogʻandan oʻzgacha siyosiy maqsadlarni koʻzlovchi baʼzi qoʻmondonlar buyrugʻi bilan urib tushirilganligini aytgan edik. Bizning bu tahlilimizning toʻgʻriligi bugun yana oʻz tasdigʻini topdi. Rossiya samalyotini urib tushirgan uchuvchilar va bir qancha havo kuchlari qoʻmondonlari davlat toʻntarish tashabbusi ortidan hibsga olindi. Biz oʻsha kunda Rossiya Suriyadagi qirgʻinlarini Qoʻshma Shtatlar bilan hamkorlikda amalga oshirayotganini va Turkiyadagi mavjud hukumat esa Amerika bitimini buza olmasligini aytib fikrimizni quvvatlagan edik.

Hozir ham hamma 15 iyuldagi davlat toʻntarishi tashabbusining ortida Amerika turibdi, deyayotgan boʻlsa ham, biz Hizb ut-Tahrir sifatida bu davlat toʻntarish tashabbusi ortida inglizparast ilmoniy kamolistlar turganligini aytyapmiz. Chunki Biz Turkiyadagi siyosiy iqtidor Amerika bilan kuchli muvofiq harakat olib borayotganini, bu holatda Amerikaning Turkiyada davlat toʻntarishga kirishishi uchun biror asos yoʻqligini koʻrib turibmiz. Lekin mamlakatimizdagi nufuz talashish iziga tushgan inglizparast kamolistlar va qurolli kuchlarimiz safidagi bularga qarashli zobitlar Oliy Harbiy Kengash qarorlari oldidan betartib va vaxshiylarcha davlat toʻntarishini boshlashdi. Gulan guruhiga qarashli baʼzi harbiylar Erdoganga dushmanligi tufayli shaxsiy suratda bu harakatga ishtirok etishdi. Biz hozirgacha qilgan bir qancha siyosiy tahlillarimizning toʻgʻriligiga jamoatchilik qisqa vaqt ichida guvoh boʻladi.

Xususan shuni taʼkidlab oʻtmoqchiman, xuntachilarning ortida turganlar xoh Amerika Qoʻshma Shtatlari boʻlsin, xoh Britaniya boʻlsin, Musulmonlar uchun vaziyat oʻzgarmaydi. Chunki bular mustamlakachi kofirlardir. Lekin agar davlat toʻntarishi tashabbusi ortida qaysi davlat turganligini, davlat toʻntarishiga nima uchun qoʻl urganligini va kimlar bu ishga aloqador ekanligini koʻrmasangiz hamda koʻrsata olmasangiz mustamlakachilarning mamlakatimizdagi manfaatlarini faqat hisoblab oʻtiraverasiz. Haqiqiy dushman bir chetda qolib, oʻzingizga ularning “piyoda askar” (peshka)larini dushman qilib olasiz.

Islah Haber: Bu jarayondan siyosatchilar ham, musulmonlar ham olishi kerak boʻlgan eng muhim dars nima?

Mahmud Qor: Bundan hukumatdagilar oladigan dars ochiq koʻrinib turipti. Ayniqsa, Prezident bu tashabbusdan saboq olishi lozim. 15 Iyul davlat toʻntarishiga urinish shuni koʻrsatdiki, Turkiyadagi Musulmon xalq Islomni xohlamoqda va Islom boshqaruvini orzu qilib kutmoqda. Musulmonlar buning uchun tayyor ekanliklarini hammaga koʻrsatdi.

Davlat toʻntarishiga urinish jarayonida barcha mustamlakachi mamlakatlar vaziyatga qarab harakat qilishdi. Agar davlat toʻntarishi amalga oshganda edi, Britaniya ham, AQSh ham va barcha Yevropa davlatlari ham xuntachilar bilan aloqa oʻrnatib, hamkorlik qilish uchun harakatga tushardi. Afsuski, bugungi kunda, hukumat hali ham ular bilan munosabatlarini uzgan emas. Misol uchun, soʻnggi qarorlarga koʻra, Xuntachilarning bazasi boʻlgan “Akinji” bazasining yopilishi aytildi. Ammo (Suriyadagi) musulmonlarni qirgʻin qilayotgan va xuntachilarning yana bir bazasi sifatida qayd etilgan Injirlik havo bazasi yopilmayapti. Agar davlat toʻntarishining ortida AQSh turgan boʻlsa, AQShga qarashli bu baza ham yopilishi kerak emasmidi?! Yana shunday bir paytda AQSh bosh qoʻmondoni bizning tuproqlarimizga qanday qadam bosa olishi mumkin?! Shuni aslo unutmaslik lozim; AQSh va Gʻarb davlatlari aslo doʻst boʻlmaydi. Prezident Erdugʻon buni koʻra bilishi va shunga koʻra qadam tashlashi lozim.

Musulmonlar bu zarba tashabbusidan oladigan saboqqa keladigan boʻlsak, davlat toʻntarishiga urinish paytida xalq koʻchalarga Islom bayrogʻi bilan chiqar ekan, Gʻarb darhol harakatga kirishib, “demokratiyaga xavf tugʻdirmaslik va undan voz kechmaslik lozim”, deya oʻz munosabatini bildirdi. Bundan koʻrinib turibdiki, Gʻarb va mamlakatimizga koʻz tikib turganlar musulmonlarning Islomiy oyoqqa turishlaridan juda qoʻrqishadi. Shunday ekan, tanklarga va qoʻrollarga koʻksini tutgan bu xalq xuntachilarning orqasida mustamlakachilar borligini koʻrishi lozim.

Modomiki mustamlakachilarning nufuzi Turkiyada mavjud ekan, bunday davlat toʻntarishini yana amalga oshirishlari mumkinligini unutmasliklari kerak. U holda musulmonlar davlat toʻntarishiga qarshi boʻlganliklari kabi demokratiyaga ham qarshi turishlari lozim. Chunki davlat toʻntarishining markazi Gʻarb boʻlgani kabi demokratiyaning ham markazi Gʻarbdir. U Islom ummati va musulmonlar uchun xavfli hisoblanadi.

Yana musulmonlar davlat toʻntarishi tashabbusiga qarshi koʻchalarga chiqar ekan, oʻzlaridagi kuchga guvoh boʻlishdi. Agar ular bu kuchlarini Roshid Xalifalik uchun sarflasalar, mustamlakachilar Islomiy oʻlkalarda hech qachon davlat toʻntarishiga kirishishga jurʼat qila olmas edi. Zero Roshid xalifalik davlatida xalq, hukumat va harbiylar bir vujud sifatida harakat qiladi. Chunki Xalifalik davlati boshqaruvchilari bilan, armiyasi bilan va xalqi bilan birgalikda bitta ummatdir. Fikrlar va tuygʻular bittadir. Barcha narsalar ustidan hukmron boʻlgan yagona madaniyat Islomdir.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.